18-mavzu: X1-XV asrlarda Vengriya.
(Ma’ruza 2 soat)
Asosiy savollar:
Vengriya davlatining tashkil topishi va feodallashish jarayeni
1222 yilgi Oltin bulla xamda mugul-tatarlar boskini okibatlari
XIV-XV asrlarda Vengriya ijtimoiy-siyesiy axvoli.
Tayanch iboralar:
Mojorlar, Arpadlar urugi, feodallashish jarayeni, Vengriya mulklari, Oltin bulla, mugul-tatarlar xujumi, Anjuy sulolasi, «Ulug Vengriya», Yagellolar sulolasi, Kuruslar kuzgoloni.
1-asosiy savol: Vengriya davlatining tashkil topishi va feodallashish jarayeni.
Ukituvchining maksadi:
Vengriya davlati tashkil topishini sharxlab berish, vengrlar xakida ma’lumotlar berish, vengrlar xujalik xayet tarzini ochib berish, Vengriya xukmdorlarini ta’riflab berish, XII - XIII Vengriyada feodallashish jarayenini sharxlab berish.
Identiv ukuv maksadlari:
Vengriya davlati axolisining ijtmoiy va iktisodiy xayetini ta’riflaydi.
Vengriyada xukmron sulolalarni biladi.
Vengriya feodallashish jarayenini tavsiflaydi.
1-asosiy savol bayeni:
Vengriya davlati IX asr oxirida Janubi-Sharkiy Yevropada tashkil topdi. Vengrlar yoki mojorlar, fin-ugor til guruxiga mansub xalk bulib, ular Sharkdan, Azov dengizi buyi – Don dashtlaridan Dunay daryosi buyiga kelganlar (ilgari ular undan xam narirokda, janubiy ural tog etaklarida yashaganlar). Una vaktda Vengrlar xali kuchmanchi chorvadorlar bulib, urug-kabilachilik xayotining xususiyatlarini juda ravshan saklab kolganlar. Vengrlar yetti kabilaga (yoki urdaga) bulinganlar, kabilalari esa uruglarga taksimlangan (jami bulib 108 urug mavjud bulgan). Vengrlarning xayot obrozi kuprok Osiyolik kuchmanchilarning xayotini eslatib turadi. Gusht bilan sut ularning asosiy ovkati bulgan. Erkaklar kupchilik uz urnini chavondozlikda utkazgan. Turli kabilalarning boshliklari orasida Almosh va Arpad ayniksa ajralib turganlar, ular raxbarligida vengrlar Urta Dunay teritoriyasini, ya’ni kadimiy Pannoniya bilan Tissa daryosi rayonini istilo kilganlar. Vengrlar turli kabilalardan tashkil topgan maxaliy axvolini sikib chikarganlar yoki uzlariga karam kilib olganlar, bu axoli esa germanlashgan keltlar, romanlashgan daklar, turli slavyan kabilalari va boshkalardan iborat bulgan.
Vengrlar X asr mobaynida garchi dexkonchilik kilishga kuchgan bulsalar-da, lekin chorvachilik bilan xam keng mikyosda shugullanganlar. Ularning xarbiy tuzumi xamon rivojlanib borgan. Vengr otliklari uzlarining xujumlari bilan Garbiy Yevropada barchaga daxshat solganlar. Vengrlar Shimoliy Italiyani, Provansni, Sharkiy Fransiyani, Janubiy va Garbiy Germaniyani payxon kilganlar va talaganlar. Saksoniya dinastiyasiga mansub nemis kirollari – Genrix I Kushvoz va Otton I gina vengrlarni yanchishga muyassar bulganlar ( bu janglar 933- 955 yillarda Merzuburg shaxri yonida va lex daryosi buyida bulgan). Shundan sung vengrlar Garbda xujumlar kilishni tuxtatib, utroklikka utganlar va ular orasiga xristianlik kira boshlagan. Vengrlar maxalliy slavyanlardan dexkonchilik texnikasini, uy xayvonlari urchitishni, dexkon kuralari kurishni va donli ekinlar ekishni urganib olib, zur berib dexkonchilik kiladigan bulganlar. Slavyanlarlarning uy xayotiga, dexkonchilikka, bogdorchilikka, polizchilikka, xunarmandchilikka, oilaviy xayotga va jamoat tartiblariga oid kupgina suzlari vengr tiliga kelib kirgan. XI-XII asrlarda vengrlar feodal munosabatlar rivojlangan, kisman bunga sabab vengrlar bilan asta-sekin kushilishib ketgan maxalliy slavyanlar ijtimoiy tuzumining bevosita ta’siri bulsa, ikkinchi tomondan, Garbiy Yevropa feodalazimnning, xususan german feodallarining xam kisman ta’sir kursatilganligidir.
Vengraning Arpadlar urugidan chikkan bosh knyazi Ctefan I (vengrcha Ishtvan 997-1038) kariyb 1000-yilda papdan kirollik titulini oldi. Stefan davrida xristianlik uzil-kesil davlat dini deb e’lon kilindi. Mamlakat ma’muriy okruglarga (komitetlarga, ya’ni grafliklarga) bulinib, bu okruglar tepasida ishpanlar (slavyancha «jupan» suzining uzgargani) turardilar. Ishpan lashkar chakirar, kirollik foydasiga soliklar tular va sud ishlarini bajarardi. Butun Vengriya buylab kupdan-kup kasrlar kurildi; odatda eng yirik kasrlar ishpanining rezindensiyasi bulib xam xizmat kilardi. Bunday kasrlarning bir kismi tez orada shaxarlarga aylandi.
XII-XIII asrlarda Vengriya batamom feodal davlatga aylandi. Shunisi xarakterliki, fakat kuyi xalk ommasigina emas, balki eski patriarxal-urugchilik an’analaridan xali kutilib yetmay, ular bilan darxol alokasini uzmagan vengr aristokratiyasining bir kismi xam feodalizmga nisbatan uzok vaktgacha keskin oppozisiyada buldi. Feodalizmga karshi bulgan norozilik bir kancha kuzgolonlar va uzaro urushlarda yakkol ifodalandi, XI asr mobaynida vengriyada yangi, xristian diniga karshi eski, majusiylik dinini kuvvatlash uchun kurash bayrogi utgan edi. Fakat XI asr oxiriga kelib katolik cherkovi, Garbiy Yevropaga nisbatan chekka ulka xisoblangan va etnik sostavi jixatidan unga yot bulgan bu kirollikda nixoyat, uz mavkeini mustaxkamlab oldi.
Yevropa feodallarining siyosiy kumagi muxtoj bulgan vengr kirollari fakat nemis ruxoniylarigina emas, balki nemis risarlarini xam xizmatga tortib, ularning xar ikkalasiga katta-katta yerlar in’om kildi. XII-XIII asrlarda Dunay va Tissa daryolarining eng numdor tekisliklarida vengr zodagonlari, ya’ni vengr baronlari va yepiskoplarining kupdan-kup irik pomestyelari, shuningdek, mayda risarlarning juda kup mulklari vujudga keltirildi. Franklarda bir vaktlar graf mansabi bulganidek, vengrlarda ishpan mansabi xam feodallasha ordi. Bu mansab vorisdan – vorisga utadigan buldi. Bu mansab bilan alokador yerlar feodal-magnatdlarning meros yerlariga aylandi. Vengrlarning kup sonli urushlari maxalida boshka yurtlardan xaydab olib kelingan deyarli kullardan tashkil topgan krepostnoy dexkonlar safi, endilikda, xonavayron bulgan erkin vengr jamoatchi dexkonlar xisobidan tobora kuprok tuldirila bordi. Feodallar uzlariga karashli unumdor yerlardan mumkin kadar kulayrok foydalanishga intilishlari munosabatlari bilan Vengriya krepostnoy xukuk ayniksa shavkatsizlik bilan ekspluatasiya kiladigan bir mamlakatga aylandi.
Yevropadagi juda kup salib yurishlarida katnashgan, Sharkka Vengriya orkali utgan salibchilar uz tomonlaridan Vengriyaning iktisodiy jixatdan jonlanishiga yordam kildilar. Vengriyada shaxarlar va xunarmandlik rivojlandi. Vengr bugdoyi, chorvasi, gushti va boshka kishlok xujalik maxsulotlari kuplab va foydali narxlarda sotiladigan buldi.. Bularning xammasi krepostnoy zulmini kuchaytirishga va krepostnoylarning sonini kupaytirishga olib keldi. Bu davr ichida Vengriya uz mulklarini ancha kengaytirdi. Vengriyaning uziga karashli asosiy mulklar yonida sharkda -–Transilvaniya va Zakarpatiya Rusi, janubda – Xorvatiya va Dalmasiya, sungra Bosniya xam kushib olindi. Vengriya Adriatika dengiziga chikish imkoniyatiga ega buldi. Vengriya kirollari Bolkon yarim oroli ishlariga aralashadigan bulib koldilar. Venesiya va Vizantiya bilan olib borilgan davomli urushlar Vengriyaning deyarli butun ana shu davrdagi tashki siyosatini xarakterlab beradi. XIII asrda Vengriya Sharkka kilingan salib yurishlarida (beshinchi salib yurishida) aktiv katnashdi.
Ayni zamonda vengr kirollari kushni Galich-Volin knyazligini egallashga xarakat kildilar (vengr yilnomalarida – Lodomeriya deyiladi, bu rus shaxari Vladimir Volinskiy degan nomdan kelib chikkan).
Do'stlaringiz bilan baham: |