Nazorat topshiriklari:
Rim legionlari Britaniyadan nechanchi asrlarda chikib ketdi?
A) V asrda
V) VI asrda
S) VII asrda
D) VIII asrda
Ye) IV asrda
Ekbert nechanchi yillar xukmronlik kildi?
A) 802-839 yillar.
V) 823-843 yillar.
S) 804-842 yillar.
D) 806-844 yillar.
Ye) 804-842 yillar
Angliyada kanday xristian cherkovlari mavjud?
A) papa va grek cherkovlari.
V) Rim va papa cherkovlari.
S) irlandiya va missionerlar cherkovi
D) missionerlar va grek cherkovlari.
Ye) angl-saks va irlandiya cherkovlari.
Asosan mamlakatni birlashtirish nechanchi asrlarga tugri keladi?
A) 827 yillar
A) 820 yillar
S) 829.yillar
D) 832 yillar
Ye) 829 yillar
2-asosiy savol:
Daniyaliklarga karshi olib borilgan kurash va Alfred Buyukning idora kilishi.
Ukituvchining maksadi: Daniyaliklarga karshi olib borilgan kurashning sabab va moxiyatini tushuntirib berish, olib borilgan istilochilik xarakatlarining okiblarini ochib berish va Alfred Buyukning idora kilish davrida Angliyada risarlarning vujudga kelish shart-sharoitlariga baxo berish.
Identiv maksadlari:
Daniyaliklarning ijtimoiy xayotini biladi.
Daniyaliklarga karshi olib borilgan kurashning asl moxiyatini aniklab beradi.
Alfred buyukning idora kilishida uning yurgizgan isloxatlarining axamiyatini tushunib yetadi.
Alfredning konunlar tuplamidagi asosiy goyalarga baxo beradi.
2-asosiy savolning bayoni:
Birlashgan angl-saks kirolligining tashkil topishi bilanok Daniyaliklarga karshi kattik kurash boshlashga majbur buldi. Daniyaliklar deganda Angliyada fakat Skandinaviyadan Yutlandiya yarim oroliga kuchi kelib, urnashib, bu yerda IX asrda kuchli korollik tuzgan Daniyaliklarning uzinigina emas, balki yana Skandinav-norvejlar xam nazarda tutilar edi. Skandinavlar normanlarning Yevropa kit’asiga – Fransiyaga va janubiy Italiyaga kilgan xujumlari tugrisida yukorida gapirilib utgan edi. Skandinavlarning Britaniya orollariga kilgan xujumlari undan xam daxshatlirok buldi. Ular Irlandiyaga, Shotlandiyaga va Angliyaga bir necha asr davomida juda kup va daxshatli xujumlar kilib turdilar. Umuman olganda Daniyaliklar – Skandinavlarning Angliyaga kilgan xujumlari kamida 300 yil (VIII asrning ikkinchi yarmidan to XI asr urtalarigacha) davom etdi. Juda kup Skandinavlar Shimoliy-sharkiy Angliyaga urnashib olib, bu ulkaning tarakkiysiga ta’sir etdi. 838 yilda Ekbert Daniyaliklarning Angliyaga kilgan xujumlaridan birini kaytara oldi, ammo 842 yilda ular orol ichkarisiga yana bostirib kirib, Londonga ut kuydilar, 866 yilda esa, Shimoliy-Sharkiy kirgokning xammasini bosib oldilar.
Daniyaliklar ancha zich joylashgan bu territoriya butun Urta asr davomida Daniyaga karashli mintaka degan nom bilan yuritilar edi. Kirol Alfred Buyuk kirollik kilgan davr (871-900) angl-sakslarning Daniyaliklarga karshi eng kattik kurash olib borgan mamentlaridan biri buldi. Alfred buyukdan oldingi kirol Etilred I daniyaliklarga karshi kurashda xalok buldi. Alfred bir muncha vaktgacha daniyaliklarga karshi partizan otryadlari, tarkok otryadlar vositasi bilan kurash olib bordi. Fakat keyinrok borib, u muntazam urushga utib, Daniyaliklarni Temzaning narigi tomoniga uloktirib tashlashga muvaffak buldi. 879 yilda Daniyaliklar bilan sulx tuzildi, bu sulxga binoan mamlakat ikki kismga bulindi: Angliyaning janubiy-garbiy kismi angl-sakslarga, Shimoliy-Sharkiy kismi Daniyaliklarga bulib berilgan edi. Daniyaliklarga karshi kurashda Alfred kisman eski umumiy xalk lashkarlariga tayandi, kisman feodal xarbiy tipidagi katta, urtacha va mayda yer egalaridan iborat yangi feodal kushinini kuchaytirilishini kuvvatladi. Angliyada birinchi marta axolidan doimiy solik olishni joriy kildi. Bu solik «Daniyaliklar puli», ya’ni daniyaliklarga karshi kurashish uchun yigiladigan solik deb ataldi. Alfred zamonida ba’zi latin avtorlarining asarlari angl-saks tiliga tarjima kilindi. Kirolning buyrugiga binoan davlat axamiyatiga ega bulgan eng muxim vokealarning muntazam yilnomasi tuzilib borildi. Savodli kliriklar tayyorlash uchun yepiskoplik kafedralari koshida yangi maktablar tashkil etildi.
Alfred Kent, Uesseks va Mersiyaning kadimgi konunlarini – xakikatlarini – tuplashni, unga ancha keyin «Alfred xakikati» nomi ostida chikarilgan konunlarni kushib bitta tuplam kilib chikarishni buyurdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |