Nazorat topshiriklari:
Bolkon yarim oroli xalklarining istilochi Usmoniylarga karshi olib borgan kurashning axamiyati nimada.
Partizanlar kanday nomga ega edilar.
A) Gresiyada
V) Bolgariya va Sibirda
S) Doimasiyada
D) Bolkonde
Ye) A.V.S. tugri.
Tirmovoda Turklarga karshi katta kuzgolon kachon bulib utdi.
A)1597 yil.
V) 1598 yil.
S) 1599 yil.
D) 1593 yil.
Ye) 1594 yil.
Turklar tomonidan buysunilgan Bolkon xalklari turklar xulkiga kanday karadi.
Turklar kulmiga karshi mazlum xalklarning ijtimoiy axvolini aytib bering.
Turklarga karshi kurashda slavyanlarning tutgan urnini ayting.
3.Asosiy savol:
Turkiya imperiyasining tushkunlikka yuz tutishi.
Ukituvchining maksadi. Milliy zulmning keskinlashish sabablarini aniklash, turk maglubiyatining sabab va okibatlarini aytib berish, Turklarning sharkdagi talofatlari va Rus-Turk munosabatlariga baxo berish.
Indentiv ukuv maksadlari:
3.1.Turkiya imperiyasining zaiflashuvining asosiy sabablarini biladi.
Lepanto Turk xalkining maglubiyatini tushuntirib beradi.
Turklarning sharkdagi talofatlarining taxlil kiladi.
Rus-Turk munosabatlaridagi ziddiyatlar.
3-Asosiy savolning bayoni:
Milliy zulm, mazlum millatlarni doimo bostirib turish rejimi juda katta Turkiya imperiyasining aslida zaif ekanini va bekarorligini kursatardi. Turkiya imperiyasining siyosiy tuzumi, idora kilish sistemasining uzi xam uning ziddiyatlar va ichidan zaifligini XVI asrdayok namoyon etgan edi. Fukarolarning butun xayot-momotini uz kulida tutib turgan sulton mustabid xokimiyati Sulaymon 1 ning taxt vorislari vaktida saroydagi xar xil feodal partiya va guruxlarning fitnachilik kuroliga aylandi. Yangi sulton taxtga utirar ekan, toji-taxtga davo kiluvchi rakiblari kolmasin uchun uzining barcha aka-ukalarini kirib tashlardi. Saroy xayotida fitna ustiga fitna avjiga chikib ketar va odatda bu finalarda yanicharlar xam ishtirok kilardi.
Tinmay davom etgan urushlar juda katta xarajatlarni talab etardi. Juda kup xaramxonalari, maxramlari, bexisob xizmatkorlari, juda katta sokchi otryadlari va boshkalari bulgan sulton saroyiga xam ozmuncha mablag soliklar xamisha oshib borar, ammo axolining ishlab chikaruvchi kuchlari esa juda sekin tarakkiy etar edi. Shu narsa xarakterlidirki, Turkiyadagi savdo va sanoat ishlari bilan turklarning uzlari emas, balki sultondan imtiyozli yorliklar olgan garbiy ajnabiylar (asosan fransuz savdogarlari, XVI asr oxirlaridan boshlab ingliz savdogarlari xam) mashgul bular, yoki turklar istilosigacha sanoat tarakkiy etgan va xalkaro savdo-sotik ishlarida katnashagan, savdo ishlariga moxir bulgan Yakin Osiyo xalklari-greklar, armanlar va Suriyaliklar mashgul bulardi.
Kuprok urushlar bilan, axolini sikib, undan solik tulatish bilan band bulgan turk xukumati savdo va sanoatning rivojlanishiga xamda kishlok xujaligining yuksalishiga mutlako yordam bermas edi.. Turklarning xukmron sinfi urushni yuz bergan mushkul axvoldan kutilishning birdan-bir yuli deb bilardi. Bu sinf fikricha, yangi urushlar yangi xiroj va yangi soliklar olinadigan yangi territoriyalarni kupaytirib berishi lozim edi. ammo Turkiyaning iktisodiy kolokligi, uning sosial va siyosiy tuzumidagi ziddiyatlar zamon utishi bilan urushlarni uning uzi uchun xavfli va natijasiz bir narsa kilib kuydi. Turklar XV asrda va XVI asrning birinchi yarmida bir kancha galabalarga erishgandan keyin, XVI asrning oxirida boshlab, ayniksa XVII asrda uzlari katta-katta maglubiyatlarga uchray boshladilar va bu maglubiyatlar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Turkiya imperiyasi territoriyasining anchagina torayib kolishiga sabab buldi.
Yevropaliklar bilan bulgan urushlarda turklar birinchi marta 1571 yilda Lepanto yonida katta maglubiyatga uchradilar. Bu yerga turklarning juda katta flotini Ispaniya, Venesiya va Rim papasining birlashgan floti tor-mor kilgan edi (birlashgan flotning boshligi Filipp II ning ukasi shaxzoda Don-Xuan Avstriyskiy edi). Durust, bundan keyin Turkiya Venesiyaliklardan Kipr orolini tortib olgan edi. Ammo shunday bulsa xam, bu maglubiyat malakatning ichki axvoliga kattik ta’sir kildi. XVI asrning 70, 80 va 90 yillarida Turkiya keskin ijtimoiy-siyosiy inkirozni boshidan kechirdi. Mamlakatda davlat soliklarining ortishi va feodal tulovlarining kupaytirilishi munosabati bilan dexkonlarning bir necha kuzgoloni bulib utdi. 1591 yil ayniksa «olagovur» yil buldi, bu yili kupchilik viloyatlar sulton Murod III ga (1574-1595) karshi bosh kutardilar. Muxammad III podsholik kilgan davrda (1595-1603) doim xalk kuzgolonlari, sipoxiylar va yanicharlarning galyonlari bulib turdi. Pirovard natijada saroyda bulib utgan tuntarish okibatida sultonning uzi xam uldirildi.
Turkiya Eronga karshi kurashda bir kator talofatlar kurdi. Eron shoxi Abbos I Ozarboyjonni, Armanistonni, Sharkiy Gruziyani, Kurdistonni, shuningdek, Mosul va Bogdon shaxarlari bilan Mesopatamiyani bosib oldi. 1619 yilda Istambul sulxiga binoan, turk sultoni Zakavkazye va Mesopatamiyadagi deyarli xamma yerlarining bir kismi 1639 yilda kaytarib olindi. Ammo bunga Turkiyaning uzi kuchayganligi bilan emas, balki kuprok Eronnning zaiflashganligi sabab buldi.
Rossiya bilan Turkiya urtasida birinchi marta tuknashuv XVI asrning ikkinchi yarmidayok bulgan edi. Sulton xukumati Tanu (Azov)ni bosib olganidan keyin Astraxanni xam bosib olmokchi edi. Sulton xukmati bu yerdan Kaspiy dengizi buylab Eronga karshi kushin tortib borishni muljallagan edi. Ammo xujum kilib kelgan turklarning kamaliga Astraxan bardosh berdi (1568). Turklar katta talofatlar berib chekinishga majbur buldi.
Turklar bilan ruslar urtasida ikkinchi marta jiddiy tuknashuv XVII asrning 30-yillarida oxiri va 40 yillari boshida bulgan edi. Bu vaktda Zaporojye kazaklari Azovni (1637 yil) olib, uni bir necha yilgacha uz kullarida tutib turdilar. XVII asrning ikkinchi yarmida Turkiyaning Avstriyaga, Venesiyaga va Rossiyaga karshi olib borgan urushlarida maglubiyatga uchrashi Usmon imperiyasining ichidan zaifligi va xarbiy jixatdan kolokligini butun Yevropaga nomoyon kildi. Yevropa davlatlari orsidagi rakobat, ularning sulton bilan separat bitim tuzishga intilishlari tufayligina Turkiya uzining xakikiy siyosiy kudratiga mutlako mos kelmaydigan keng territoriyada uzok vaktlargacha yashab turish imkoniyatiga ega buldi. Yevropaning «buyuk davlatlari» (birinchi navbatda Angliya bilan Fransiya) Turkiya imperiyasining chirib ketgan rejimini tugatish va turklar zulmi ostida ezilib yotgan slavyan xalklarini ozod kilish urniga, Turkiyani asoratga solishni, uzlarining yarim mustamlakalariga va siyosatlarining kuroliga aylantirishni nazarda tutib, iktisodiy jixatdan kolok, siyosiy jixatdan zaif Turkiya imperiyasini saklab kolishni afzal kurdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |