Yo‘l harakat xavfsizligi xizmati – o‘zining viloyat, tuman inspektorlari orqali avtomobillarning, yuk tashuvchi traktorlarning texnik holatini, haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib turadi, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga doir katta profilaktik ishlarni olib boradi.
Davsuvxo‘jaliknazorat – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi inspeksiya, u o‘ta muhim va katta suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlatilishini nazorat qiladi.
Jamoat nazorati. Markaziy kasaba uyushmalari inspeksiyalari tomonidan mehnatni muhofaza qilishning qoida, me’yor, qonuniyatlari bajarilishi ustidan jamoat nazorati olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi markaziy kasaba uyushmasining qo‘mitasi qoshidagi mehnatning texnikaviy va huquqiy
inspeksiyalari korxonada nazorat va tekshirishni amalga oshiradi. Mehnat texnik inspeksiyasi qoidalarga amal qilib, mehnat haqidagi qonunlarning va mehnat muhofazasi haqidagi qoidalarga rioya qilishini nazorat qiladi va tekshirib turadi. Mehnat texnik inspektorlari tekshirganda, agarda mehnat muhofazasi qoidalari buzilganligi va natijada ishlovchilar sog‘lig‘iga zarar yetishi mumkinligi aniqlangan bo‘lsa, buyruq berish yoki ta’qiqlash (muhrlash) yo‘li bilan ayrim bo‘lim, dastgoh yoki uskunalarda ishlashni taqiqlab qo‘yishga haqlidirlar.
Korxona nazorati. Korxona nazorat tashkilotlari, komissiyalari, ishlab chiqarish korxonalarida nazorat o‘tkazadilar. Korxona nazorati – korxonada, shuningdek, mehnat muhofazasiga doir ishlarni tashkil qilish va unga umumiy rahbarlik qilish korxona rahbari zimmasiga (amalda o‘rinbosarlardan bittasiga) yuklatiladi.
Jamoat nazorati – bu ish mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakil tomonidan olib boriladi. Saylangan vakil maxsus tayyorgarliqdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil, ish joylarida, mehnat xavfsizligi holatini qarshilik ko‘rsatilmagan holda tekshirish, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzishlari bo‘yicha, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil o‘z vazifalarini bajarishligi uchun har hafta mobaynida, ish vaqtida, ikki soatdan kam bo‘lmagan vaqt beriladi. Bu davrda unga o‘zining o‘rtacha ish haqi hajmida haq to‘lash belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |