Тibbiyko‘rik. Ishchi xodimlarning ayrimlarini davriy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mehnat muhofazasini tashkil qiluvchi me’yoriy hujjatlarda keltirilgan. Unga muvofiq ishlovchilar mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan korxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib turiladi.
Quyidagi xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tib turadilar:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
nogironlar;
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlar.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarning ro‘yxati va ularni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Хodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortsalar va tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarni bajarmasalar korxona ma’muriyati ularni ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
Korxonada ishchi xodimlarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanish mumkin emas. Ishchi-xodimning mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda sog‘lig‘i yomonlashsa ishchi navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega.
Тibbiy ko‘rikdan o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Davriy tibbiy ko‘riklar muddati ishlarning xususiyatiga qarab belgilanadi (uch oydan, yarim yilda, bir yilda va ikki yilda). Bu ko‘rsatilgan ko‘riklardan tashqari transport vositalari haydovchilari har kuni ishdan oldin va keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Тurli zaharli moddalar bilan ishlaganda bepul sut va himoyalovchi malham dorilar Davlat sanitariya Bosh vrachi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tibbiy ko‘rsatmalarga asosan (19.03.1996 yil) beriladi.
Ishlab chiqarishda mehnat og‘irligini hisobga olgan holda korxonalarda sog‘liqni tiklash punktlari tashkil qilinadi, ularga dam olish xonalari, davolovchi, badan tarbiya va fizioterapiya bo‘limlari kiradi. Ishlab chiqarish gimnastikasiga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek kasb kasalliklari profilaktikasida davolovchi- profilaktik ovqatlanishga keng o‘rin berilgan, bu esa o‘z yo‘lida zararlar ta’sirini yo‘qotish maqsadida olib boriladi. Тibbiy ko‘rik natijasi bo‘yicha xodimlarni sog‘lig‘ini tiklash va boshqa tibbiy profilaktika chora-tadbirlari amalga oshiriladi.