O‘zbekisтon respublikasi


Nazoratning uchinchi bosqichi



Download 6,58 Mb.
bet36/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Nazoratning uchinchi bosqichi: korxonaning rahbari yoki bosh muhandisi va kasaba uyushmasining vakili rahbarligidagi komissiya yordamida har kvartalda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari, kasaba uyushmasidagi mehnat muhofazasi bo‘yicha
komissiyaning raisi, texnik xizmat ko‘rsatish rahbarlari, texnik nazorat rahbarlari va korxonaning gazdan saqlanish xizmatining boshlig‘i kiradi.
Nazoratga mehnat muhofazasi bo‘yicha vakilni jalb qilish tavsiya qilinadi. Тekshirish natijalari bo‘yicha “Dalolatnoma” tuziladi va bir hafta ichida kasaba uyushmasining faol ishtirokidagi yig‘ilishda muhokama qilinadi. Yig‘ilishni bayonnoma yozish bilan olib borish va unda kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha chora-tadbirlarni kim tomonidan bajarilishi va sanasi belgilanishi lozim. Ko‘zda tutilishi zarur hollarda korxona rahbari tekshirish natijalari bo‘yicha buyruq chiqaradi. Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan nazorat qilish va tekshiruv o‘tkazish Mehnat kodeksining 223-moddasida, hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning IV-bo‘limida keltirilgan.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari korxonalarda mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalari rioya etilishi ustidan jamoat tekshiruvini o‘tqazadilar.
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Korxonada nazoratning natijalari mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini va ularning darajasini mumkin qadar kamaytirishni tashkil etish to‘g‘risida mehnat jamoalarini xabardor qilish ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o‘zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida ko‘zda tutiladi.
Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va vazifalari. Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining
yig‘ilishi belgilaydi. Хodimlar vakillik qilishni hamda o‘z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o‘zlari belgilaydilar. Korxonada vakillik organlari korxonadagi kasaba uyushmalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi lozim.
Kasaba uyushmalarining va ulardagi saylab qo‘yiladigan organlarning davlat, ishlab chiqarish organlari, korxona bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquqlari qonuniy hujjatlar asosida shartnomalarda ko‘rsatiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlari himoya qilinadi.
Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi, o‘zlarini vakil qilgan xodimlar nomidan muzokaralar olib borish, jamoa shartnomasiga, jamoa kelishuviga o‘zlarini vakil qilgan xodimlarning manfaatlarini himoya qiluvchi hujjatlarni imzolash huquqiga haqlidir.
Jamoa shartnomasi kelishuvini tuzish, o‘zgartirish va to‘ldirish uchun ish beruvchi, ish beruvchilar birlashmasi (ularning vakillari) bilan kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o‘rtasida muzokaralar olib boriladi. Korxona, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatga oid takliflar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishlari ko‘zda tutiladi.
Kasaba uyushmalari “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga binoan, korxonadagi xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirishlari belgilab qo‘yilgan:

  • kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar;

  • kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar;

  • kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (ТMEK) majlislarida ishtirok etadilar;

  • xodimlarning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o‘z tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.

Korxonada mehnat muhofazasining me’yoriy hujjatlari qoidalari talablari buzilish holatlari nazorat organlari tomonidan aniqlansa, aybdor ishchi xodimlar turli javobgarlikka tortiladilar.



    1. Download 6,58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish