ish beruvchilar va bo‘linmalar rahbarlari tomonidan mehnatni muhofaza qilishga oid qonun va boshqa hujjatlar talablarini bajarilishini nazorat qilish;
o‘zi mustaqil yoki nazorat idoralari xodimlari bilan birgalikda mehnat sharoitlari holatini tekshirish, bo‘linmalar rahbarlariga va ish beruvchiga mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berish;
xodimlarning maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy hamda jamoaviy himoya vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan o‘z vaqtida ta’minlanishini tekshirish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarni tekshirishda ishtirok qilish;
korxona rahbari va boshqa mansabdor shaxslardan ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar to‘g‘risida axborot olish;
xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf borligi aniqlangan hollarda bo‘linmalar rahbarlariga va ish beruvchiga ishni to‘xtatish to‘g‘risida talab qo‘yish;
kasaba qo‘mitasi topshirig`iga binoan ishlab chiqarish obyektlari va vositalarini ishlatishga qabul qilish komissiyasi ishida, yangi texnika va jihozlarni sinovdan o‘tkazishda qatnashish;
xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanganda tomonlarning aralash javobgarligini hal qilish uchun, jabrlanuvchi manfaatini himoya qilgan holda, korxona ma’muriyatining aybi darajasi to‘g‘risida kasaba qo‘mitasiga taklif kiritish;
mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarini buzgan yoki o‘zining xatti- harakati, loqaydligi bilan o‘ziga va boshqalarga xavf tug‘dirgan xodimlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ish beruvchiga va bo‘linma rahbariga murojaat qilish.
Vakil huquqlarining kafolatlari quyidagilardan iborat:
Vakilning o‘qishi va o‘z vazifalarini ish vaqtida bajarilishi uchun haftada ikki soatdan kam bo‘lmagan vaqt ajratiladi va o‘rtacha maoshi saqlanadi va bu shart jamoa shartnomasida belgilanishi kerak;
Vakilga, korxona jamoa shartnomasiga kiritgan holda, o‘z vazifasidan ozod qilinmagan kasaba qo‘mitasi a’zolariga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar belgilanishi mumkin;
Vakilning huquqlarini buzgan yoki uning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan ish beruvchilar, ma’muriyatning mansabdor shaxslari qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi;
Vakilning ish joylariga moneliksiz kirishi ta’min etiladi;
Vakil mehnat sharoitini yaxshilash va xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi sidqidildan qilgan mehnati uchun ma’naviy va moddiy (korxonada mehnat muhofazasiga ajratilgan mablag‘ hisobidan) rag‘batlantiriladi va bu masala korxona jamoa shartnomasiga kiritilishi kerak;
Vakil o‘z ish faoliyati bo‘yicha kasaba qo‘mitasi va mehnat jamoasiga hisob beradi;
Mehnat jamoasi va kasaba uyushma tashkilotining umumiy yig‘ilishi
vakilning ish faoliyatini qoniqarsiz deb topganda, unga berilgan vakolatni muddatidan ilgari olishi va yangi saylov o‘tkazishi mumkin.