O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet46/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Jamoa shartnomasining mazmuni. Jamoa shartnomasi o‘z mazmuniga ko‘ra huquqiy hujjatdir. Jamoa shartnomasining mazmuni deganda, uni tuzish vaqtida taraflar kelishgan barcha shartlarning aks etishi tushuniladi. Qoidaga ko‘ra, jamoa shartnomasining mazmuni taraflar tomonidan belgilanadi. Bu shartlar taraflarning huquq va majburiyatlari hamda ularni bajarmaganlik uchun javobgarliklardan iboratdir.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalarga doir o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:

  • mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqa, kompensatsiya hamda qo‘shimcha to‘lovlar;

  • xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatish shartlari, ish va dam olish vaqtlari, mehnat ta’tilining muddati, xodimlar, jumladan ayollar va 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

  • korxonaga qarashli turar joylarni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning manfaatlarini inobatga olish;

  • ishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar uchun imtiyozlar;

  • ixtiyoriy yoki majburiy tarzda tibbiy va ijtimoiy sug‘urta qilish;

  • jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi, ijtimoiy sherikchilik, kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi faoliyatiga tegishli sharoit yaratib berish va boshqa.

Jamoa shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, boshqa shartlar ham ko‘zda tutilishi mumkin. Davlat qonunlarida va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan me’yor hamda qoidalarga qaraganda imtiyozliroq mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar ham kiritilishi mumkin (masalan, qo‘shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatidan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safaridagi xarajatlar uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda, shuningdek ularning maktabdagi va maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarini tekin yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish singari qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar).
Agarda amaldagi qonunlardagi ayrim qoidalar jamoa shartnomalarida mustahkamlab qo‘yilishi shart deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday me’yoriy qoidalar jamoa shartnomasiga albatta kiritiladi. Masalan, mehnat muhofazasi tadbirlari uchun belgilangan mablag‘lardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi. Bu qoida Mehnat kodeksining 216-moddasida aks etgan [6].

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish