O‘zbekisтon respublikasi


Jamoa shartnomasini qabul qilish va uning amal qilish muddati



Download 6,58 Mb.
bet47/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Jamoa shartnomasini qabul qilish va uning amal qilish muddati. Jamoa shartnomasining loyihasi korxona bo‘linmalarida muhokama qilinib, bildirilgan fikr va takliflar asosida qayta ishlanadi va takomillashtiriladi. Jamoa shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan qoidaga ko‘ra, shartnoma jamoa umumiy yig‘ilishida (konferensiyasida) ishtirok etayotganlarning 50 foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergandagina ma’qullangan hisoblanadi. Agarda jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, umumiy yig‘ilishda bildirilgan taklif va istaklarni e’tiborga olib, loyiha taraflarning vakillari tomonidan qayta ishlab chiqiladi va 15 kun muddat ichida umumiy yig‘ilish muhokamasiga taqdim etiladi. Shartnoma umumiy yig‘ilishda ma’qullanganidan keyin, taraflarning vakillari tomonidan, 3 kun ichida imzolanishi lozim.
Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan kuchga kiradi. Jamoa shartnomasining o‘zida uning amal qilish vaqti ko‘rsatilishi mumkin. Shunday ekan, u taraflar belgilagan muddat mobaynida amal qiladi. Bu muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar tomonidan yangi shartnoma tuzilguncha, amaldagi shartnoma o‘zgartirilguncha yoki to‘ldirilgunga qadar o‘z kuchida qoladi. Jamoa shartnomasining amal qilish doirasi muayyan korxona bilan cheklanadi.
Qonun talabiga ko‘ra jamoa shartnomasining bajarilishi muntazam ravishda tekshirib borilishi kerak. Undagi belgilangan majburiyatlarning bajarilishini tekshirish va nazorat qilish taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunga muvofiq, jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat jamoasining umumiy majlisida hisobot berib turishlari lozim.
Jamoa shartnomasiga ilova sifatida quyidagi hujjatlar berilishi tavsiya etiladi:

  1. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Bitim.

  2. Хodimlarning kasbiy tayyorgarligi, ularni boshqa kasbga o‘rgatish, malakasini oshirish, ikkinchi kasbga o‘rgatish ishlari to‘g‘risida Nizom.

  3. Ish vaqtini jamlab hisobga olish tartibi qo‘llaniladigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati.

  4. Yilning sovuq fasllarida ochiq joylarda yoki isitilmaydigan yopiq xonalarda ishlagani uchun xodimlarga ish vaqtida maxsus tanaffuslar beriladigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati.

  5. Хodimlarga noqulay mehnat sharoitida ishlaganliklari uchun yillik qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati.

  6. Хodimlarga alohida tusdagi ishlarda, shuningdek o‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitlarida ishlaganliklari uchun yillik qo‘shimcha ta’til beriladigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati.

  7. Хodimlarga korxonada(tarmoqda)gi ish staji uchun yillik qo‘shimcha ta’til beriladigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati.

  8. Yillik qo‘shimcha ta’til beriladigan rahbar va mutaxassis kadrlar lavozimlari ro‘yxati.

  1. Mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi Nizom.

  2. Mukofotlash to‘g‘risidagi Nizom.

  3. Хodimga tegishli mol-mulkdan (avtotransport vositalaridan tashqari) foydalanganlik uchun xarajatlarni qoplash me’yorlari.

  4. Хodimlarga ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlar uchun ustamalar to‘lanadigan kasblar, lavozimlar va xodimlar toifalari ro‘yxati.

  5. Doimiy ishi qatnab bajariladigan xarakterga ega bo‘lgan, shuningdek, biriktirilgan uchastkalar doirasida xizmat qatnovlarida xodimlar sarf-xarajatlarini qoplash uchun ustamalar to‘lanadigan xodimlar kasblari, lavozimlari va toifalari ro‘yxati.

  6. Noqulay, og‘ir va zararli mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha to‘lovlar o‘rnatiladigan xodimlar kasblari, lavozimlari va toifalari ro‘yxati.

  7. Ishlar, ishlab chiqarishlar va tarmoqlarning texnologik turlariga binoan ishchilar tarif stavkalariga oshiruvchi tarmoq koeffitsientlari o‘rnatiladigan xodimlar kasblari ro‘yxati.

  8. Ishdagi iqlim sharoitlari uchun yoz va qish fasllarida qo‘shimcha to‘lovlar o‘rnatiladigan xodimlar kasblari, lavozimlari va toifalari ro‘yxati.

  9. Хodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ular malakasini oshirishga, shuningdek, o‘quvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga (asosiy ishidan ozod etilib yoki etilmasdan) jalb qilingan yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida Nizom.

  10. Korxonada amaliyot o‘tuvchi oliy o‘quv yurtlari talabalarining va o‘rta- maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida Nizom.

  11. Yil yakunlari bo‘yicha mukofotlash to‘g‘risida Nizom.

  12. Тo‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo‘lgan

xodimlarning toifalari ro‘yxati.

  1. Mehnat sharoiti noqulay ishlarning ro‘yxati va ularni bajarishda ish vaqtining muayyan muddati.

  2. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga bepul beriladigan sut (yoki shunga teng oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv bilan ta’minlash normalari va tartibi.

  3. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga bepul beriladigan yuvish vositalari (sovun) bilan ta’minlash normalari va tartibi.

  4. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlarga bepul beriladigan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash normalari va tartibi.

  5. Dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil qilinadigan kasblar, lavozimlar va xodimlar toifalari ro‘yxati.

  6. Тa’til uchun moddiy yordam to‘lash to‘g‘risidagi Nizom.

  7. Mehnat nizolari komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom.

  8. Mehnat nizolari komissiyasiga uning faoliyatini amalga oshirish uchun ish beruvchi tomonidan beriladigan xonalar, jihozlar, tashkiliy texnika va boshqa moddiy-texnik vositalar ro‘yxati.

  9. Moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Nizom.

  10. Korxona xodimlariga uy-joy olish uchun foizsiz ssudalar berish tartibi to‘g‘risida Nizom.

  11. Madaniy-ommaviy va sport tadbirlarini o‘tkazish smetasi.

  12. Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga kasaba uyushmasi faoliyatini amalga oshirish uchun ish beruvchi tomonidan beriladigan xonalar, jihozlar, transport va aloqa vositalari ro‘yxati va boshqa.




      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish