O‘zbekisтon respublikasi


Qo‘shaloq izolatsiya, ajratuvchi transformatorlar va kichik kuchlanishlardan foydalanish



Download 6,58 Mb.
bet138/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Qo‘shaloq izolatsiya, ajratuvchi transformatorlar va kichik kuchlanishlardan foydalanish




Izolatsiyalash. O‘tkazgichlarni va kuchlanish ostida bo‘ladigan elektr texnik qurilmalarning qismlarini ishonchli izolatsiyalash elektr xavfsizligini ta’minlashning asosini tashkil qiladi. Izolatsiyalovchi material sifatida turli moddalar qo‘llaniladi (4.7 – jadval).
Nazariy jihatdan olganda sifatli izolatsiya 100 % elektr xavfsizligini
ta’minlaydi. Lekin amalda izolatsiya har xil ta’sirlar, masalan, mexanik, kimyoviy, biologik, yuqori temperatura va boshqalar ostida buzilishi, teshilishi va xususiyatini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun elektr qurilmasining normal ishini ta’minlashga xizmat qiluvchi ishchi izolatsiyadan tashqari qo‘shimcha, qo‘shaloq va kuchaytirilgan izolatsiya turlari mavjud. Ishchi izolatsiya oldindan ko‘rsatilgan shart-sharoitlarda elektr qurilmasining normal ishlashini ta’minlaydi. Qo‘shimcha izolatsiya ishchi izolatsiya buzilganda himoya qilishga mo‘ljallangan. Qo‘shaloq izolatsiya – ishchi va qo‘shimcha izolatsiyalarning yig‘indisidan iborat. Kuchaytirilgan izolatsiya esa – himoyalash xususiyati juft izolatsiyaga teng bo‘lgan ishchi izolatsiyadir.
4.7 – jadval

Ba’zibir elektr izolatsiyalovchi materiallarning texnik tavsiflari






Material nomi

Zichligi, g/sm3

Solishtirma
qarshiligi, Om·sm, (temperatura 20 °С)

Yo‘l qo‘yiladigan temperatura, °С.

1

Asbest

2,3 … 2,6

1010 … 1011

500 … 600

2

Asbotekstolit

1,4 … 1,9

107 … 1013

100 …320

3

Asbotsement

1,4 … 1,8

108 … 109

250

4

Bitum

1,0

1013 … 1015

30 … 130

5

Qog‘oz

0,7 … 0,87

1012 … 1014

110

6

Yog‘och

0,6 … 0,82

2·108 … 4·1011

80 … 110

7

Polistirol

1.04 … 1,06

1015 … 1017

75 … 80

8

Polixlorvinil

1,2 … 1,6

1012… 1014

80 … 100

9

Polietilen

0,92 … 0,96

1014 … 1017

50 … 115

10

Rezina

1,2 … 1,8

1014 … 1015

100 … 120

11

Steklotkan

1,25 … 1,35

1012 … 1014

180

Demak, elektr iste’molchisining ishchi va qo‘shimcha (himoya) izolatsiyalari majmui qo‘shaloq izolatsiya deb ataladi. Bunday izolatsiyada elektr iste’molchisining tegib ketishi mumkin bo‘lgan qismlarida ishchi yoki himoya


izolatsiyasi shikastlanganida xavfli potensial hosil bo‘lmaydi. Masalan, ko‘chirib yuriladigan dastakli yoritkichning dastasi dielektrik materiallardan shunday hisob bilan tayyorlanganki, bunda dasta ichidagi simlarning ishchi izolatsiyasi shikastlanganida ishonchli izolatsiya ta’minlanadi. Bu dasta qo‘shimcha (himoya) izolatsiya hisoblanadi. Elektr parmalarning ba’zi toifalari ham qo‘shaloq izolatsiyali qilib tayyorlanadi. Shuning uchun ularning qobig`i metall bo‘lishiga qaramasdan uni yerga ulash yoki nolinchi simga ulash talab qilinmaydi [34, 35, 44]. Ammo GOSТ 12.2.013-75 (1991) ga muvofiq 500 V ga mo‘ljallangan megaommetr bilan bunday asboblarning qarshiligini 6 oyda bir marta tekshirib turish kerak. Izolatsiyasining qarshiligi 0,5 MOm dan kam bo‘lganida parmalagich ta’mirlashga topshiriladi.
Himoya (qo‘shimcha) izolatsiyadan qishloq elektr qurilmalarida, shuningdek, avtosug‘orgichlarning quvurlarida izolatsiyalovchi qo‘yma ko‘rinishida va vakuum-o‘tkazgichlarda foydalaniladi.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish