O‘zbekisтon respublikasi


Ko‘chma uskunalarda, mashina va mexanizmlarda elektr xavfsizligini ta’minlash masalalari



Download 6,58 Mb.
bet140/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Ko‘chma uskunalarda, mashina va mexanizmlarda elektr xavfsizligini ta’minlash masalalari

      1. Ko‘chma mashina va mexanizmlarda elektr xavfsizligini ta’minlash Elektrlashtirilgan ko‘chma dastagi asboblardan foydalanishda


xavfsizlik. Parmalagichlar va unga o‘xshagan dastagi elektr mashinalarining konstruksiyalariga, ularni sinash va foydalanishga nisbatan qo‘yiladigan xavfsizlik talablari GOSТ 12.1.013.0 – 91, GOSТ 12.1.013.1 – 91(1998), GOSТ 12.1.013.3 –
2002(2006), GOSТ 12.1.013.4 – 2002(2006), GOSТ 12.1.013.6 – 91(1998),
GOSТ 12.1.013.8 – 91(1998), GOSТ 12.1.013.14 – 90 keltirilgan.
Elektrlashtirilgan dastagi mashinalar elektr xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha I, II, III sinflarga bo‘linadi (4.41 – rasm).





    1. – rasm. Elektrlashtirilgan asboblarda elektr xavfsizligining ta’minlanishi bo‘yicha sinflanish: a - I sinf; b - II sinf; v - III sinf.

Bunda I sinf mashinalarida faqat ishchi izolatsiya mavjud. Bu mashinalarni faqat ishlab chiqarishda ishlovchilar ishlatishi mumkin, ularni aholiga sotish mumkin emas. Ularning ta’minlash kabelidagi yerga ulovchi (nolinchi simga ulovchi) simi yashil-sarig‘ rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Rozetka va shtepsel vilkasi shunday konstruksiyada bo‘lishi kerakki, vilkaning nolinchi simga ulovchi


oyoqchasini kuchlanishi bor uyachaga yanglishib tiqib qo‘yish ehtimoli bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, ishchi simlari ulanishidan oldin nolinchi simga ulanish bo‘lishi uchun, bu oyoqcha uzunroq bo‘lishi kerak. Agar rozetka himoyalangan o‘tkazgichdan ta’minlanadigan bo‘lsa, EUТQ ga muvofiq, shtepsel rozetkasining yerga ulovchi (nolinchi simga ulovchi) uyasini bevosita rozetkada ishchi nolinchi simiga ulash mumkin. Aks holda nolinchi simga ulovchi uyaga tarmoqlantiruvchi qutidan yoki shchitchadan alohida nolinchi himoyalash o‘tkazgichini tortish kerak.

  1. sinf mashinalarida hamma detallar qo‘shaloq yoki kuchaytirilgan izolatsiyaga ega. Ular qobig`ida, farqlash uchun, kvadrat shakl ichiga kvadrat shakli chizilgan belgi bo‘lishi kerak. Ishlatiladigan I va II sinf mashinalarining nominal kuchlanishi 380 V dan oshmasligi lozim.

  2. sinf mashinalari 42 V dan oshmaydigan kuchlanishga mo‘ljallangan. Shtepsel vilkalarining konstruksiyalari ularni kuchlanishi 42 (50) V dan ortiq bo‘lgan rozetkaga yoki boshqa chastotaga ulashga imkon bermaydigan bo‘lishi kerak. Amalda, II va III sinf mashinalarini yerga ulash ta’qiqlanadi.

Hamma mashinalar asbobni ishlatmasdan, olinishi mumkin bo‘lgan detallari chiqarib olingach, kuchlanish ta’sirida turgan detallarga tegib ketishdan saqlaydigan himoya bilan jihozlanishi kerak. Mashina ichiga o‘rnatilgan kondensatorlarning razryadlanishidan hosil bo‘lgan kuchlanish shtepsel vilkasining oyoqchalarida 34 V dan oshmasligi lozim.
Ko‘chma dastagi yoritgichlardan foydalanishda ham ma’lum bir elektr xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Simlarning elektr asbob qobig`iga kiritilgan joyida yoki ko‘chma lampalarda simlarga egiluvchan quvurchalar kiygiziladi, ular simning faqat katta radius bilan egilishiga yo‘l qo‘yadi va sim izolatsiyasining qobiq chetiga tegib, ishqalanib yeyilishidan saqlaydi. Shlangli simlardan foydalaniladi, ammo 500 V dan kam bo‘lmagan kuchlanishga mo‘ljallangan, rezina shlang joylashgan ko‘p simli egiluvchan simlar (PRG) ni ham ishlatish mumkin.
Ko‘chma dastagi yoritkichlar izolatsiyalovchi materialdan yasalgan dasta
hamda yo‘g‘on simdan to‘qilgan va lampani zarbdan saqlaydigan panjara bilan jihozlangan. Lampaning bir tomonida shafaqlantiruvchi nurlardan himoyalaydigan ekran va lampani osib qo‘yish uchun ilmoq mahkamlangan (4.43 – rasmga qarang). Ko‘chma lampalar uchun yuqori xavfli xonalarda 36 V dan oshmaydigan kuchlanishdan, o‘ta xavfli xonalar va xonadan tashqarida esa 12 V dan past kuchlanishdan foydalaniladi. 36 va 12 V kuchlanishga mo‘ljallangan shtepsel vilkasining konstruksiyasi ularni kuchlanishi ancha yuqori bo‘lgan boshqa rozetkaga ulashga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 220 V kuchlanish bilan vaqtincha yoritish uchun mo‘ljallangan RVO-220 (60 Vt quvvatli) toifadagi dastagi ko‘chma yoritkichdan tashqari 28 V (20 Vt) ga mo‘ljallangan PL-64 toifadagi dastagi yoritkichdan va portlashdan himoyalangan BP-62-V toifadagi ko‘chma yoritkichdan (kuchlanishi 26 V gacha, quvvati 15 Vt) foydalanish mumkin.
Qoidalarga muvofiq [35, 44], kuchlanish 220 V gacha bo‘lganda yerga ulamasdan va himoya vositalarisiz elektr tokidan shikastlanish xavfi katta bo‘lmagan xonalarda, kuchlanishi 36 V gacha bo‘lganda esa yuqori xavfli xonalarda ham elektrlashtirilgan asbobdan (dastagi elektr mashinalaridan) foydalanish mumkin.
Faqat o‘ta xavfli xonalarda va xonalardan tashqarida har qanday kuchlanishda izolatsiyalovchi himoyalash vositalaridan (qo‘lqop, kalish, gilamcha) foydalanish, kuchlanish 36 V dan ortiq bo‘lganda esa qobiqni yerga ulashdan (nolinchi simga ulashdan) ham foydalanish zarur, yerga ulash aynan shu kuchlanishda yuqori xavfli xonalarda ham zarur bo‘ladi.
Qo‘shaloq izolatsiyada (II sinf himoya) har qanday sharoitlarda yerga ulash ham, himoyalash vositalari ham talab qilinmaydi. GOSТ 12.1.013 – 78 ga muvofik qo‘shaloq izolatsiyali mashinalarni yuqori xavfli sharoitlarda himoyalash vositalaridan foydalanib ishlatish, o‘ta xavfli sharoitlarda esa faqat III sinf mashinalarini himoyalash vositalarini qo‘llab ishlatish talab qilinadi.
Qoidalarga muvofiq [44], xonadan tashqaridagi ishlarni yuqori xavfli sharoitlar bo‘lmaganda va bo‘lganda ham (yomg‘irda, zah yerda, metall konstruksiyalarda ishlaganda) bajarish mumkin, bunda hamma vaqt himoyalash
vositalari zarur bo‘ladi. Faqat kuchlanish ajratuvchi transformator orqali berilgan, shuningdek, qo‘shaloq izolatsiyali mashinalar ishlatilgan holatlar bundan mustasnodir (lekin yuqori xavfli sharoit bo‘lganida xonadan tashqarida qo‘shaloq izolatsiyali asboblardan foydalanishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi).
GOSТ 12.2.013–91 ga muvofiq, I sinf mashinalari uchun izolatsiyalovchi himoyalash vositalari hamma sharoitlarda talab qilinadi, lekin, bu mashinalar ajratuvchi transformator orqali yoki chulg‘amlari ajratilgan chastota o‘zgartirgich orqali, avtonom dvigatel-generator orqali ta’minlangan hollar bundan mustasno bo‘ladi.
II va III sinf mashinalarini izolatsiyalovchi himoya vositalarisiz ishlatishga ruxsat beriladi. Qozonlar, rezervuarlar va shu kabilar ichida ishlaganda ajratuvchi transformatorlar, o‘zgartirgichlar va dvigatel-generatorlar qozondan tashqarida turishi va ikkilamchi zanjirlari yerga ulanmagan bo‘lishi kerak. Agar ish vaqtida elektr mashinasining (masalan, parmaning) ish organiga suv yoki boshqa suyuqlik quyish kerak bo‘lsa, u holda sachratmalardan himoyalangan turda tayyorlangan (pasport yorlig‘idagi shartli belgisi - ikki tomchi) III sinf mashinalarni ishlatish yoki qozonlarda ishlashdagidek ta’minlanadigan I va II sinf mashinalarini ishlatish zarur.
Agar dastakli elektr mashinalari tomchi va sachratmalarning ta’siridan himoyalanmagan bo‘lsa (uchburchak ichida tomchi yoki ikki tomchi tasvirlangan belgisi bo‘lmaydi), tomchi va sachratmalar ta’sir etadigan sharoitlarda ularni ishlatish ta’qiqlanadi.
Portlash xavfi bor xonalarda va kimyoviy faol muhitli xonalarda har qanday dastagi elektr mashinalaridan foydalanish mumkin emas.
Har bir dastagi elektr mashinasida inventar nomeri bo‘lishi kerak. U III sinf malaka guruhi berilib, maxsus tayyorlangan, mashinaning saqlanishiga va tuzukligiga javobgar bo‘lgan, inventar hisob jurnalini yuritish vazifasi yuklatilgan, mashinani davriy ravishda tekshirib, ta’mirlab turadigan shaxsga birkitilib qo‘yilishi kerak. Bu shaxs 500 V kuchlanishga mo‘ljallangan megaommetr bilan kamida oyiga bir marta dastakli elektr mashinalarining, pasaytiruvchi
transformatorlar va chastota o‘zgartgichlarning izolatsiyasini tekshirishi zarur. GOSТ 12.2.013–91 ga muvofiq izolatsiya qarshiligi kamida 0,5 MOm bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, dastagi elektr mashinasi har safar ishchining qo‘liga berilganda detallarining puxta mahkamlanganligi, salt yurishda ulash- o‘chirgichning va mashinaning aniq ishlashi tekshirilishi, ta’minlash kabeli, undagi himoyalash quvurchasi va shtepsel vilkasining tuzukligiga ko‘zdan kechirish yo‘li bilan ishonch hosil qilish zarur.
I sinf mashinasida, shuningdek, qobiq va shtepsel vilkasining yerga ulovchi kontakti orasidagi zanjirning butunligi tekshiriladi. Bu ishni maxsus stendda bajarish qulay hisoblanadi, bu stend qobiqqa tutashuv yo‘qligini tekshirishga ham imkon beradi.
Elektr asbob-uskunalarini I malaka guruhi darajasiga ega bo‘lgan, uni xavfsiz ishlatishga o‘rgatilgan va yoshi 18 dan kichik bo‘lmagan shaxslar ishlatishi mumkin. Ammo transformatorlarni, himoya-uzish qurilmalarini yoki o‘zgartkichlarni III malaka guruhiga ega elektr texnik xodimlar tarmoqqa ulashiga va ajratishiga ruxsat etiladi.
Agar elektr asbob-uskunasi bilan ishlash vaqtida ishchi loaqal tokning kuchsiz ta’sirini sezsa yoki har qanday buzuqlikni bilib qolsa, ishlashni to‘xtatib, elektr asbobni darhol ta’mirlashga topshirishi kerak. Ish o‘rnida elektrlashtirilgan asbobni yoki uning simini va shtepsel birikmasini ta’mirlash ta’qiqlanadi, Chunki, bunday ta’mirlash odatda sifatsiz bo‘ladi va oxir-oqibat shikastlanishlarga olib keladi. Elektr asbobini simidan ushlab qo‘tarish yaramaydi. Simni iloji boricha osib qo‘yish kerak. Simning issiq yoki moyli yuzalarga tegib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, uni o‘tadigan yo‘llarga ko‘ndalang qilib tashlab qo‘ymaslik kerak.
Mashina to‘satdan to‘xtab qolganida, u albatta ulab-uzgich bilan uzib qo‘yilishi kerak, asbobni almashtirish, rostlash, mashinani boshqa joyga ko‘chirish va ishdagi har qanday tanaffusda yoki ish tugagach, shtepsel vilkasini rozetkadan chiqarib olish yo‘li bilan uzib qo‘yilishi ham mumkin. Elektr asboblarini tarmoqqa ulangan holda qoldirish nafaqat ularning buzilishiga, balki xodimlar jarohatlanishiga, yong‘in va portlash sodir bo‘lish holatlariga olib kelishi mumkin.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan ko‘chma elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi tezkor xizmatchiga ko‘zdan kechirish uchun shchitlar, yurgizib yuborish qurilmalari, boshqarish pultlari, yig‘malarning eshiklarini bir o‘zi ochishga ruxsat etiladi. Bunda ehtiyot bo‘lish, tok o‘tuvchi qismlarga, ochiq jihozlarga tegmaslik, ro‘yxati bosh energetik tomonidan tasdiqlangan va kasaba uyushmasi inspeksiyasi bilan kelishilgan ishlardan tashqari hech qanday boshqa ishlarga jalb qilinmasligi kerak.
Elektr energiyasi bilan ishlovchi ko‘chma qurilishlarda, kar’erlarda va kotlovanlarda ishlovchi mashinalarni, hamda suvda suzuvchi vositalarni kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan 3 fazali, 4 ta simli, manba neytral nuqtasi yerga ulangan tarmoqlarga ulanganda, elektr xavfsizligini ta’minlash asosan nollash usulini bajarish bilan amalga oshiriladi. Qo‘shimcha himoya vositasi sifatida esa yerga ulash qilinadi, nolinchi simning takroriy yerga ulagichlari mexanizmning ishlash zonasida va havodan tortilgan tarmog`ining oxirida qilinadi (4.42, 4.43 va
4.44 – rasmlar).





    1. – rasm. Relsda harakatlanuvchi mexanizmlarni yerga ulash (nollash) sxemasi: 1-kabel, 2-ulash qutisi, 3-kirish qutisi, 4-yerga ulash bolti, 5-takroriy yerga ulagich, 6-yerga ulash simi, 7-rels, 8-yerga ulash bolti, 9-bog‘lagichlar, 10- bog‘lagichlar, 11-tabiiy yerga ulagich, 12-yerga ulash simi, 13-nolinchi sim, 14-





    1. – rasm. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan, uch fazali, 4 ta simli, manba neytral nuqtasi yerga ulangan tarmoqga ulangan, zanjirli qurilish mexanizmlarini yerga ulash (nollash) sxemasi: 1-ulash qutisi, 2-yerga ulash bolti, 3-nolinchi sim, 4-yerga ulagich, 5-ta’minlash kabeli, 6-yerga ulash simi, 7-kirish qutisi, 8-kirish qutisining yerga ulash bolti, 9-nollash simi.




    1. – rasm. Elektr qurilmasi kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan va neytral nuqtasi yerga ulangan uch fazali to‘rtta simli tarmoqga ulangan suzuvchi qurilish mexanizmlarini yerga ulash (nollash) sxemasi: 1-ulash qutisi, 2-yerga ulagich, 3- kabel, 4-kirish qutisi, 5-suzuvchi mexanizm, 6-yerga ulash simi 7-yerga ulash bolti, 8-kirish qutisining yerga ulash bolti, 9-qurilish mexanizmi, 10, 12-yerga ulash simi, 11-yerga ulash magistrali, 13-suzgichlar (qalqilar), 14-nolinchi sim, 15-

Suzuvchi vositalarni tok bilan ta’minlashda tarmoqqa ulanish qutisi (1) va yerga ulagich (2) qirg‘oqda qoladi. 4 ta simli kabel (3) ulanish qutisidan suzish vositasidagi (5) kirish qutisigacha (4) suzgichlar (13) yordamida yoki tros bilan tortiladi. Kabelning nolinchi simini (6) tarmoqqa ulanish qutisidagi va kirish qutisidagi yerga ulash boltlariga (7) va (8) ulab qo‘yiladi [35].



      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish