O‘zbekisтon respublikasi



Download 6,58 Mb.
bet143/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Dielektrik qo‘lqoplarni sinovdan o‘tkazish tartibi [35, 44]. Dielektrik qo‘lqoplarni sinovdan o‘tkazish AII-70 qurilmasida olib boriladi. Uning tuzilish sxemasi quyida keltirilgan (4.46 – rasm). Oldin qo‘lqop tashqi ko‘rikdan o‘tkaziladi, ya’ni unda teshiklar, darz ketgan joylar yoki boshqa mexanik kamchiliklar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Keyin qo‘lqopning yarmigacha suv quyib suvli vannaga joylashtiriladi. Suv qo‘lqopning ichida va tashqari tarafida yuqori qismidan ancha pastroq bo‘lishi va qo‘lqopning suvdan yuqori qismi quruq bo‘lishi lozim. Har bitta qo‘lqop ichiga bittadan elektrod o‘rnatiladi va milliampermetr yoki lampa va qarshiliklar orqali yer bilan ulanadi. S1, S2 – qayta qo‘shgichlarning chap tomonga ulangan holatlarida qo‘lqoplarda “teshilish” bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Agarda bu holatda chiroqlarning bittasi yoki ikkitasi ham yonsa qo‘lqoplar “teshilgan” bo‘ladi va ular yaroqsizga chiqariladi. Agarda chiroqlar yonmasa qo‘lqoplarni sinashning keyingi bosqichiga o‘tiladi.
Asbob tarmoqqa ulanadi va undagi kuchlanish berilgan sinov kuchlanishi darajasigacha oshiriladi. Qo‘lqoplarga kuchlanish berish texnik talablarda ko‘rsatilgan sinov vaqti davomida ushlab turiladi.



    1. – rasm. AII-70 qurilmasida dielektrik qo‘lqoplarni sinovdan o‘tkazish sxemasi: Т-kuchaytirish trasformatori; E1-bakelit trubka; E2-suyuqlik solingan idish; E3, E4-idish izolatorlari; S1, S2-qayta qo‘shgichlar; FV - neon chiroqi; PμA - milliampermetr.

Sinov vaqtida qo‘lqoplardan o‘tadigan “sizish toki” milliampermetr orqali nazorat qilinadi. Agar milliampermetr strelkasi qattiq tebranib ketsa va ko‘rsatkichi me’yor talabidan yuqori bo‘lsa, yoki sinov vaqtida “teshilish” sodir bo‘lsa, vosita vannadan olinadi va u yaroqsizga chiqariladi.
Himoya vositalari va moslamalarining tuzilishi va qo‘llanilishi. Izolatsiyalovchi shtangalar. Izolatsiyalovchi shtangalar tezkor ishlarda, izolatsiyani o‘lchash va tekshirishda, yerga ulash simlarini o‘tkazishda va hakozolarda foydalaniladi. Universal shtanga turli operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan almashinadigan kallakka ega.
Izolatsiyalovchi universal o‘lchash shtangasi asosiy uchta: ish va izolatsiyalovchi qismdan hamda dastadan iborat. Shtanganing ishchi qismi simlar yordamida o‘lchash asbobiga ulanadigan, ikki juft almashinadigan ilgaklari bo‘lgan, olinadigan kallakdan tashkil topgan. Olinadigan kallak uchlari metall qalpoqcha bilan berkitilgan va almashinadigan ilgaklari mahkamlash uchun xizmat qiladigan vinti bakelit quvurchadan iborat. Almashinadigan ilgaklar konstruksiyasi o‘tkaziladigan o‘lchov xarakteriga qarab turlicha bo‘ladi. Bakelit quvurcha ichida, o‘lchash asbobiga ketma-ket qilib, qo‘shimcha qarshilik ulangan bo‘lishi mumkin, bu qarshilik o‘lchash chegarasini kengaytirish imkonini beradi.
Shtanganing izolatsiyalovchi qismi po‘lat muftalar bilan ulanadigan uchta bakelit quvurdan iborat. Quvurlarning diametri bir-biriga kiradigan qilib tanlangan. Bundan maqsad ularni tashish va saqlashda izolatsiyalovchi qismini shikastlanishdan saqlashdir. Bakelit quvurlardan biriga shtanganing texnik ma’lumotlari va keyingi sinov sanasi yozilgan jadval yoki shtamp mahkamlab qo‘yiladi. Shtanganing izolatsiyalovchi qismi dastasi cheklash halqasi bilan ajratilgan. Izolatsiyalovchi qism va dastaning o‘lchamlari ishchi kuchlanishlarga qarab qoidalarda ko‘rsatilgandek olinadi.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish