V kategoriya. Bu kategoriyaga APKCHsi 65 g/m3 dan yuqori bo‘lgan chang yoki tola hosil bo‘ladigan; suv, kislorod yoki o‘zaro ta’sir natijasida faqat yonib ketadigan moddalar; qattiq yonuvchi modda va materiallar; hamda chaqnash temperaturasi 61 ºC dan yuqori bo‘lgan suyuqliklar ishlatiladigan ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.
Ishlab chiqarishda bu kategoriyaga duradgorlik va yog‘och tilish sexlari, don elevatorlari, don quritqichlar, don va paxtani dastlabki tozalash sexlari, benzinsiz yonilg‘i-moylash materiallari saqlanadigan omborlar, yopiq ko‘mir omborlari, garajlar va boshqalar kiradi.
G kategoriya. Bu kategoriyaga yonmaydigan moddalar va materiallar issiq, cho‘g‘ va eritilgan holatda ishlanadigan, texnologik jarayonlar esa issiqlik energiyasi, uchqunlar va olov paydo bo‘lishi bilan kechadigan, qattiq, suyuq va gaz yoqilg‘ilar yoqiladigan ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.
Ishlab chiqarishda bu kategoriyaga temirchilik-payvandchilik sexlari, qozonxonalar, issiqlik generatorlari xonalari va boshqalar kiradi.
D kategoriya. Bu kategoriyaga yonmaydigan materiallar sovuq holda ishlov beriladigan ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.
Ishlab chiqarishda bu kategoriyaga tokarlik, detallarni yechish-yuvish xonalari, silosxonalar, meva-sabzavot, g‘o‘sht, baliq mahsulotlariga ishlov berish sexlari va omborxonalari, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxonalar va boshqalar kiradi.
E kategoriya. Bu kategoriyaga suv, kislorod yoki o‘zaro ta’sir natijasida keyingi yonishsiz faqat portlab ketadigan moddalar ishlatiladigan, hamda suyuq fazasiz yonuvchi gazlar va portlaydigan chang (ular xona hajmining 5 % katta hajmida portlaydigan aralashma hosil qiladigan va texnologik jarayon sharoitlari bo‘yicha aralashma keyingi yonishsiz faqat portlab ketadigan bo‘lsa) hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.
Ishlab chiqarishda bu kategoriyaga akkumulatorlarni va elektr karalarni zaryadlash bo‘limlari, vodorodli yoki atsetilenli ballonlar ombori va boshqalar kiradi.
A, B, va E kategoriyalarga kiruvchilarga portlash va yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari deyiladi. V kategoriyaga kiruvchilarga yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari deyiladi. G va D kategoriyalarga kiruvchilarga yong‘in chiqish xavfi bo‘lmagan ishlab chiqarish jarayonlari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |