O‘zbekisтon respublikasi


Elektr uskunalari ishlatiladigan xona va hududlarning yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha sinflanishi



Download 6,58 Mb.
bet149/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Elektr uskunalari ishlatiladigan xona va hududlarning yong‘in va portlash xavfi bo‘yicha sinflanishi

  1. Qurilish materiallari va moddalarining yonishga bo‘lgan xususiyatlari


Elektr uskunalarining buzuqligi va ularni noto‘g‘ri ishlatish mamlakatimizda sodir bo‘layotgan yong‘inlarning 20...25 % sababchi bo‘lmoqda.


Elektr uskunalarida yong‘in chiqish va portlash sodir bo‘lishining sabablari ustida qisqacha to‘xtab o‘tamiz. Bunda o‘chirgichlar va transformatorlardagi izolatsiyalovchi moylar, izolatsiyalovchi rezina, plastmassalar, loklar, kabellarning qog‘oz va polietilen izolatsiyalari, generator va sinxron kompensatorlarni sovitish uchun ishlatiladigan moylar yonuvchi hisoblanadi.
Elektr uskunalarida o‘t chiqish va portlashga quyidagilar asosiy sabab bo‘ladi: elektr tarmoqlardagi, mashinalar va uskunalardagi qisqa tutashuvlar; o‘ta yuklanish toklari; o‘tish qarshiliklari katta bo‘lganligi sababli tok o‘tkazuvchi qismlar ulangan joylarining qizishi; elektr yoy va uchqunlar; elektr qabul qilgichlar yonida qarovsiz qoldirilgan yonuvchi materiallarning alangalanishi va boshqalar.
Yong‘in xavfsizligi nuqtayi-nazaridan yonishga bo‘lgan xususiyatlari bo‘yicha barcha ishlatiladigan materiallar va moddalar 3 ta guruhga bo‘linadi: 1) yonmaydiganlar; 2) qiyin yonadiganlar; 3) yonadiganlar [34, 46, 47].
Yonmaydiganlar guruhiga normal sharoitda, 900 ºC gacha temperaturali ochiq alanga ta’sirida alangalanmaydigan, tutamaydigan va ko‘mirga aylanmaydigan modda va materiallar kiradi. Masalan, bu guruhga granit, qum, pishirilgan va silikat g‘isht, po‘lat, beton, temir-beton konstruksiyalar va boshqalar kiradi.
Qiyin yonadiganlar guruhiga ochiq alanga va yuqori temperatura ta’sirida alangalanadigan va tutaydigan modda va materiallar kiradi. Ular faqat alanga manbai bo‘lsagina yonishda davom etadilar, manba yo‘qolsa yonish ham to‘xtaydi. Bu guruhga quruq gips suvoq, asfaltbeton, voylok, penoplast va boshqalar kiradi.
Yonadiganlar guruhiga ochiq alanga yoki yuqori temperatura ta’siri ostida alangalandigan va yondiruvchi manba yo‘qolganda ham yonishda davom etadigan
modda va materiallar kiradi. Тurli yog‘ochlar, asfalt, bitum, qog‘oz va boshqa juda ko‘p modda va materiallar shu guruhga kiradi.
Bino va inshootlarning konstruktiv elementlari yong‘in vaqtida o‘zlarining ko‘tarib turuvchanlik, to‘sib turuvchanlik va boshqa xususiyatlarini saqlab turishi “olovga chidamlilik” deb aytiladi. Konstruktiv elementlarning “olovga chidamlilik chegarasi” degan kattalik mavjud bo‘lib, u soatda o‘lchanadi. Elementlarning olovga chidamlilik chegarasi ular ustida olov bilan sinov o‘tkazilib aniqlanadi. Masalan, g‘isht devorniki 5,5 soatga, temirbeton ustunniki 3,5 soatga, himoyalanmagan metall konstruksiyaniki 0,25 soatga va suvalgan yog‘och devorniki esa 1 soatga tengligi aniqlangan.
Suv va qishloq xo‘jaligida quriladigan bino va inshootlar konstruktiv elementlarining yonuvchanlik va olovga chidamlilik chegarasi bo‘yicha 5 ta darajaga bo‘lingan:

  1. daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning hamma konstruktiv elementlari yonmaydigan va juda katta olovga chidamlilik chegarasiga (0,5...2,5 soat) ega materiallardan qilingan bo‘ladi.

  2. daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning hamma konstruktiv elementlari yonmaydigan, lekin olovga chidamlilik chegarasiga kichikroq (0,25...2,0 soat) bo‘lgan materiallardan qilingan bo‘ladi.

  3. daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning konstruktiv elementlari yonmaydigan va qiyin yonadigan materiallardan qilingan bo‘ladi.

  4. daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning konstruktiv elementlari qiyin yonadigan materiallardan qilingan bo‘ladi.

  5. daraja. Bu darajaga kiruvchi bino va inshootlarning konstruktiv elementlari yonadigan materiallardan qilingan bo‘ladi.




      1. Download 6,58 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish