Yuqoridagi bo‘limlarda ta’kidlab o‘tildiki, elektr toki ishlovchilar hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi ishlab chiqarishdagi barcha xavfli omillar ichidagi o‘ta xavfli omillardan bittasi hisoblanadi. Shu sababli elektr tokidan jarohatlanganlarga, tibbiyot xodimlari kelguncha, birlamchi yordam berish qoidalarini bilish va amalda qo‘llash malakasiga ega bo‘lish o‘ta muhim va dolzarb masaladir.
Elektr toki ta’siriga tushgan odamlarga tibbiyot xodimlari kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordam ikki qismga bo‘lib qaraladi [34, 35]:
tok ta’siridan qutqarish;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Тok ta’siridan qutqarish, sharoitga bog‘liq holatda, bir nechta usulda olib borilishi mumkin. Eng oson va qulay usuli elektr qurilmasining odam tushgan qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan, o‘chirish uskunasi uzoqda bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini yog‘ochli dastasi quruq bo‘lgan bolta bilan kesish yoki zararlangan odamning kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqazib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolatsiyasi katta bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak bo‘ladi (4.49 – rasm).
Elektr toki ta’siridan qutqarilgan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uning holatini aniqlashdan boshlanadi. Yordam turi organizm holatiga qarab belgilanadi. Organizm holati esa asosan nafas olish, yurak urushi va xushdan ketgan yoki ketmaganligiga qarab aniqlanadi.
Agar tok ta’siridan qutqarilgan odam xushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini saqlash, toza havodan yengil nafas olishini ta’minlash, hamda vrach kelishini kutish yoki davolash muassasiga olib borish zarur.
Agar odam tok ta’sirida xushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini
bo‘shatish va sof havodan nafas olishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi. Agar jarohatlangan odamning nafas olishi qiyin bo‘lsa, qaltirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu odamga sun’iy nafas oldirish zarur.
Agarda odamda klinik o‘lim holati yuz bergan bo‘lsa sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni tashqi massaj qilishni tibbiyot xodimlari kelguncha yoki nafas olish va yurak urushi tiklanguncha davom ettirish zarur. Odamga sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqi massaj qilish qoidalari yuqorida keltirilgan (3.8.3. mavzuga qarang).
Тok urishi natijasida odam organizmi tushgan holatga va uning oqibatiga oxirgi xulosani faqat tibbiyot xodimlari beradi.
– rasm. Elektr toki ta’siriga tushgan odamlarni qutqarish usullari: 1-ulab- uzgichlarni ajratish; 2-dielektrik materialdan yasalgan vositalar bilan simni olib tashlash; 3-odamning qiyimidan tortib qutqarish; 4-bolta bilan faza simlarini qirqish (kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan tarmoqda).
Do'stlaringiz bilan baham: |