O‘zbekisтon respublikasi


Statik elektrlanish va atmosfera elektridan himoyalanish uslublari, vositalari va tadbirlari



Download 6,58 Mb.
bet154/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Statik elektrlanish va atmosfera elektridan himoyalanish uslublari, vositalari va tadbirlari

  1. Statik elektrlanish, uning yuzaga kelish sabablari, himoyalanish uslublari va tadbirlari


Eramizdan oldingi 640-650 yillarda yashab o‘tgan grek filosofi Falet Miletskiy dunyoda birinchi bo‘lib junga ishqalangan qahrobo(yantar)ning turli xil yengil narsalarni (par, soch va boshqa) o‘ziga tortish xususiyatiga ega bo‘lib qolishini aniqlagan. Lekin qadimgi greklar bu hodisaning mohiyatini tushunishmagan va odamiyat deyarli 2000 yil davomida shu jarayondan amalda foydalanish yo‘lini topolmagan.


Bizning eramizning XV-XVII asrlarida, ya’ni uyg‘onish davrida, olimlar yuqoridagi hodisa bilan chuqur shug‘ullana boshlashdi. Ular ishqalanish natijasida yengil narsalarni tortish xususiyatiga qahrobodan tashqari xrustal, olmos, oltingugurt, smola va boshqa ko‘pgina moddalar ham ega ekanligini aniqladilar. Shunday xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni “elektrlashgan”, hodisaning o‘zini esa “elektrlashish” deb atashga boshlashdi. Bu so‘zlar grekchadagi “elektron”, ya’ni yantar so‘zidan olingan. Keyinchalik har qanday moddani, uning qanday agregat holatdaligidan (qattiq, suyuq, gaz) qat’i nazar, ishqalanish yo‘li bilan elektrlashtirish mumkin ekanligi aniqlandi [46].
Statik elektrlashish yuzaga kelishida dielektrik xususiyatli materiallar alohida o‘rinni egallaydi. Bu holat keyingi yillarda dielektriklik xususiyati juda yuqori bo‘lgan materiallar (sintetik smola, sintetik tolalar, spirtlar, rezina, plastmassalar va boshqalar) olinishi va bu materiallarning ishlab chiqarishda va turmushda keng miqyosda qo‘llanilishi bilan juda jiddiy mavzuga aylandi.
Тuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo‘lmagan ikkita dielektrik materialning bir-biriga ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlardagi harakati tufayli statik elektr zaryadlari hosil bo‘ladi. Bu materiallardan qaysi bittasida dielektrik o‘zgarmasi miqdori katta bo‘lsa musbat zaryadlangan zarrachalar, dielektrik o‘zgarmasi miqdori kichigi bo‘lganida esa manfiy zaryadlangan zarrachalar to‘planadi.
Shartli ravishda solishtirma elektr qarshiligi 105 Om·m dan kichik bo‘lgan materiallarda statik elektr zaryadlari hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi deb qabul qilingan.
Qishloq va suv xo‘jaligida statik elektrlanish neft mahsulotlarini quvurlarda haydaganda, havoning havo almashtirish tizimi quvurlarida harakatlanishida, quruq mahsulotni havo quvurlarida haydaganda, plastmassaga mexanik ishlov berganda, tasmali uzatmalar harakatlanganda va boshqa holatlarda hosil bo‘ladi.
Avtomobil beton yo‘lda harakatlanayotganda uning g‘ildiraklarining yo‘l qoplamasi uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarrachalarining avtomobil kuzoviga urilishi natijasida 3000 V, benzinning po‘lat quvurlarda bosim ostida uzatilishida 3600 V, tezligi 15 m/s bo‘lgan tasmali uzatmalarda 80000 V, tasmali transportyorlarda 45000 V gacha elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkin (4.50 – rasm) [34].





    1. – rasm. Ikkita turli jismning ishqalanishi natijasida juft elektrlashgan qatlam(JEQ)ning hosil bo‘lishi sxemasi:1-dielektrik material; 2- metall.




Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish