O‘zbekisтon respublikasi


Statik elektr zaryadlanishning salbiy ta’siri va razryad oqibati



Download 6,58 Mb.
bet155/230
Sana29.01.2023
Hajmi6,58 Mb.
#905074
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230
Bog'liq
mexnat muhofazasi (1) (1)

Statik elektr zaryadlanishning salbiy ta’siri va razryad oqibati. Uzoq muddat statik elektr zaryadlanish mavjud muhitda ishlash oqibatida odamning asab tizimida buzilishlar sodir bo‘ladi. Yuqori miqdorda statik zaryadlanish hosil bo‘lgan muhitda odam organizmining muskullari ixtiyorsiz qisqarishi va buning oqibatida turli xil jarohatlanishlar yoki shikastlanishlar sodir bo‘lishi ehtimoli keskin oshadi. Elektr zaryadlari ta’sirida tayyorlanayotgan mahsulotning sifati buzilishi, hatto ayrim hollarda, mahsulotning yaroqsiz bo‘lishiga ham olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari materiallarning zaryadlangan zarrachalar bilan zaryadlanishi va ular orasida razryadlar yuzaga kelishi ishlab chiqarishda yong‘in va portlash sodir bo‘lishiga olib keladi (4.51 – rasm). Тajriba o‘tkazish bilan aniqlanganki, potensiallar farqi 3000 V bo‘lganda yuzaga keladigan statik elektr razryadi uchquni barcha yonuvchi gazlarni, potensiallar farqi 5000 V bo‘lganda yuzaga keladigan razryad uchquni esa barcha yonuvchi changlarni alangalatib yuborishi mumkin.





    1. – rasm.Statik elektr zaryadining relaksatsiyasi: 1-rezina transporter lentasi; 2- transporterning metall barabani; 3-jism yuzasi bo‘ylab zaryadlarning oqishi, 4-jism hajmi bo‘yicha zarrachalarning tarqalishi, 5-strimerlar, elektronlar oqimi, 6- razryadlar uchquni.

Statik elektr zaryadlarining to‘planish miqdori materiallarning tarkibiga, ishqalanuvchi qismining yuzasiga, zichligiga, solishtirma elektr qarshiligiga, texnologik jarayonlarning jadalligiga va muhitning mikroiqlim ko‘rsatgichlari (havoning harorati, nisbiy namligi, harakatlanish tezligi va atmosfera bosimiga) bog‘liq bo‘ladi. Havo haroratining ko‘tarilishi yoki nisbiy namlikning kamayishi elektr zaryadlari hosil bo‘lishini kuchaytiradi.


Ipak, jun va sun’iy tolalardan tayyorlangan ustki va ichki kiyim kiygan va tok o‘tkazmaydigan polda yurib dielektriklik xususiyatli moddalar bilan qo‘lda ish bajargan odamda statik elektr to‘planadi. Buning natijasida yerdan izolatsiyalangan odam tanasidagi potensial 7000 V yetishi va undan ham oshib ketishi mumkin. Buning oqibatida statik zaryadlangan odam tanasi va yerga ulangan metall uskunalar orasida yuzaga keladigan razryad energiyasi 2,5...7,5 MJ teng bo‘lishi mumkin. Bu miqdordagi energiya ishlab chiqarish xonalarida yuzaga keladigan
ko‘pchilik gaz, bug‘ va chang-havo aralashmalarini alangalatib yuborishi mumkin. Razryad kutilmaganda sodir bo‘lishi natijasida odam beixtiyor turli keskin harakatlar qilishi va buning natijasida baxtsiz hodisalar sodir bo‘lish ehtimoli oshadi.
Odam tanasi va yerga ulangan jism o‘rtasida yuzaga keladigan razryad uchquni energiyasini empirik ifoda bilan aniqlash mumkin, MJ, [34]:
W  33,34 109lgH  130  BU 2 , (4.37)
bu yerda H – odamning bo‘yi, sm;
B – pol materialini tavsiflovchi koeffitsient (yog‘och - 0,25; yog‘och-plastik
- 0,18; keramika kafel – 0,095; metall – 0,45);
U – odam tanasining yerga nisbatan potensiali. V.
GOSТ 12.1.018–93 tomonidan statik zaryadlanish razryadlari uchqunlaridan muhofazalanishning umumiy talablari keltirilgan. Unga muvofiq ishlab chiqarish ob’yektlari statik elektrlanish uchqun xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 3 ta sinfga bo‘lingan: - uchqunsiz elektrlanish; - kuchsiz elektrlanish; - kuchli elektrlanish. Bo‘linish uchqun hosil bo‘lish shart-sharoitlari, qo‘llaniladigan uskunalar turi va ishlatiladigan moddalar tavsiflariga bog‘liq holatda olib boriladi.
MХSТ tarkibidagi GOSТ 12.1.124–83 tomonidan statik elektrlanishdan himoya qilish vositalari va ularga qo‘yiladigan umumiy texnik talablar keltirilgan.

Download 6,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish