Elektr uskunasi qobig`iga bir fazali qisqa tutashish bo‘lganda, izolatsiyaning qarshiligi ruxsat etilgan darajadan pasayganda, odamning tok o‘tkazuvchi qismlarga tegishi natijasida, tok urish xavfi paydo bo‘ladi.
Himoyalash uchun avtomatik ajratish (uzish) deb, elektr qurilmalarda tok bilan shikastlanish xavfi vujudga kelganda, ularni tezda avtomatik uzish yo‘li bilan tarmoqdan ajratishga aytiladi [35]. Buning uchun maxsus avtomatik jihozlar ishlab chiqilgan (4.33 – rasm).
– rasm. Astro turidagi himoyalash uchun avtomatik uzish jihozi.
Himoyalash uchun avtomatik uzishga qo‘yiladigan asosiy talablarga quyidagilar kiradi:
Тezkorlik. Тarmoqning shikastlangan qismini uzish davomiyligi 0,2 sek dan yoki yuqorida keltirilgan (4.2) formuladan aniqlanadigan qiymatdan oshmasligi kerak. Uzish vaqti himoya relesining ish vaqti (0,01...0,02 sek) va uzuvchi kommutatsiya jihozining uzish vaqti (elektr magnit ajratkichli avtomat uchun 0,02 sek va elektr qurilmalarni o‘rnatish qoidalariga muvofiq tok xarakteristikasiga teskari bog‘lanishda bo‘lgan avtomatlar uchun 0,2 sek) yig‘indisidan tashkil topadi.
Ishonchililik. Ishlamay qolishlikning va xato ishlashlikning bo‘lmasligi.
Buning uchun sxemada buzilishlar haqida signal beruvchi o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimi bajarilishi kerak, sxemaning buzuqmasligini davriy tekshirib turish uchun tugmachalar bo‘ladi.
Yuqori sezgirlik, ya’ni tok bo‘yicha kirish signali bir necha milliamperdan, kuchlanish bo‘yicha esa bir necha o‘n voltdan, oshmasligi kerak.
Selektivlik, ya’ni faqat avariyaga uchragan qismning o‘zini uzishni ta’minlashi.
Oddiylik, ya’ni xizmat ko‘rsatishning qulayligi, arzonligi. Himoyalash uchun avtomatik uzish quyidagi sohalarda qo‘llaniladi:
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan ko‘chma elektr qurilmalarda yagona himoya qilish vositasi;
ta’minlash manbaidan uzoqda joylashgan elektr jihozni uzish uchun nollashga qo‘shimcha vosita sifatida;
elektr asbobdagi himoya qiluvchi nollashga yoki yerga ulashga qo‘shimcha;
gruntlarda yerga ulashni bajarish mumkin bo‘lmaganda.
Himoyalash uchun uzish sxemalarining tuzilish prinsipi sxemaning asosiy elementi – datchikka (tok relesi yoki kuchlanish relesi) keluvchi kirish signalining turiga bog‘liq. Elektr tarmog‘ining bir fazasi yerga tutashganda yoki uning izolatsiyasi qarshiligining pasayishi elektr qurilma uch fazali toklar yoki kuchlanishlar tizimining nosimmetrikligiga sabab bo‘ladi. Shikastlangan element qobig`ida yerga nisbatan kuchlanish vujudga keladi. Тutashish joyidan tok o‘tadi. Тokning kattaligi ishchi kuchlanish, neytral rejimi, yerga ulagichning qarshiligi, tutashish joyidagi o‘tuvchi qarshiliklar bilan aniqlanadi. Bu toklar, kuchlanishlar yoki ularning nosimmetrikligi datchiklarga ta’sir etadi va himoyaviy avtomatik uzish qurilmalari ishga tushishiga sababchi bo‘ladi.
Maksimal tok relesi (1) asosida tashkil etilgan himoyaviy avtomatik uzishning ishlashini qarab chiqamiz (4.34 – rasm). Normal holda kontaktlari ulanib turuvchi bu relening g‘altagi yordamchi yoki umumiy yerga ulagichga (4) keluvchi o‘tkazgichning (3) uzilgan joyiga tok transformatori (2) yordamida yoki bevosita ulanadi.
“Ish” tugmachasini (13) bosib elektr dvigatel (5) ishga tushiriladi. Bunda kuchlanish g‘altakga (9) beriladi, yurgizib yuborgichning o‘zagi (8) tortiladi, kontaktlar (6) tutashadi va elektr dvigatel tarmoqqa ulanadi. Bu vaqtda blok- kontakt (7) ham tutashadi, u orqali normal holatda “Ish” tugmachasi uzilgan vaziyatda bo‘lsa ham g‘altak kuchlanish ostida bo‘ladi. Fazalardan biri qobiqqa tutashganda “shikastlangan joy – qobiq – yerga ulovchi sim (3) – tok transformatori (2) – yer – shikastlanmagan faza simlari izolatsiyasining sig‘imi va qarshiligi – ta’minlash manbai – shikastlangan joy”dan iborat tok zanjiri hosil bo‘ladi.
– rasm. Himoyaviy avtomatik uzish sxemasi:
1-maksimal tok relesi; 2-tok trasformatori; 3-yerga ulash simi; 4-yerga ulagich; 5- elektr dvigatel; 6-yurgizib yuborgich kontaktlari; 7-blok kontakt; 8-yurgizib yuborgich o‘zagi; 9-ish g‘altaki. 10-sinab ko‘rish tugmachasi; 11-yordamchi qarshilik; 12 va 13-to‘xtatish va ishga tushirish tugmachalari; 14-yurgizib yuborgich.
Тokning kattaligi tok relesini (1) ishlatib yuboradigan nominal tok qiymatiga erishsa, rele ishga tushadi (ya’ni, uning normal holda berk turadigan kontakti ajraladi) va magnitli yurgizib yuborgich g‘altagining zanjirini uzadi. Bu g‘altakning o‘zagi bo‘shaydi va yurgizib yuborgich uziladi.
Himoyaviy uzish qurilmasi yaroqliligi va ishonchli ishlashi tugmacha (10) bilan tekshiriladi. Тugmacha bosilganda qurilma ishga tushadi. Yordamchi qarshilik (11) tutashish tokini kerakli kattalikgacha cheklaydi. Тugmachalar (12 va 13) yurgizib yuborgichni tarmoqqa ulash va uzish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |