Ish uchun kerakli jihozlar: Rangli atlaslar, plakatlar, skelet, suyaklar.
Ishning borishi: Talabalar bosh skeletining miya qutisi suyaklarini odam skeleti, rangli plakatlar va atlaslardan ko‘rib o‘rganishadi va rasmini chizishadi.
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar yuqoridagi suyaklarining tuzilishini va birikishini rangli korinishda albomlariga chizib, qisqacha konspekt qilishadi.
MASHG‟ULOT № 4. BOSH SKELETI – YUZ QISMI SUYAKLARINING TUZILISHI.
Ishdan maqsad: Bosh skeletining yuz qismi suyaklarining tuzilishini o‗rganish.
Nazariy tushuncha: Kallaning yuz bo‟limi suyaklari.
Kallaning yuz bo‘lim suyaklari evolyutsiya jarayonida chuqur o‘zgarishlarga uchradi. Buning asosiy sabablaridan bosh miyaning rivojlanishi, nutqni paydo bo‘lishi, ovqatni sifatini o‘zgarishi hisoblanadi. Yuz bo‘lim suyaklari yuzning suyakli asosini tashkil qiladi, ovqat hazm qilish va nafas olish tizimlarning, jag‘ muskullarning boshlanish qismlaridir. Kallaning yuz bo‘limi yuqori va pastki jag‘, tanglay, pastki burun chig‘anog‘i, dimok, yonok va til osti suyaklari kiradi.
Yuqori jag’ - bir juft bo‘lib, yuqori jag‘, ko‘z kosasi, burun va ogiz bo‘shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi va chaynash jarayonida aktiv qatnashadi.
Yuqori jag‘nining tanasi va to‘rtta o‘sig‘i bor. Bu peshona, yonoq, tanglay, alveolyar o‘siqlardir. Peshona o‟sig‟i peshona suyagining burun qismi bilan tutashadi. Yonoq o‟sig‟ining asosida ko‘z kosasi, oldingi va chakka osti yuzalari tutashadi. O‘siqni o‘zi esa yonoq suyagi bilan tutashadi.
Tanglay suyagi - bir juft bo‘lib, orqadan yuqori jag‘ bilan tutashadi. Tanglay suyagi ikkita perpendikulyar va gorizontal plastinkalardan iborat.
Perpendikulyar plastinkaning yuqori qirrasidan ko‘z kosa va ponasimon o‘siqlari bo‘rtib chiqadi. Birinchi o‘sig‘i ko‘z kosa bo‘shligini hosil bo‘lishida ishtirok etadi, ikkinchisi esa ponasimon suyakning qanotlariga taqaladi. Ko‘rsatilgan ikkita o‘siq ponasimon-tanglay o‘ymasini chegaralab turadi. Tanglay suyagini yana bitta o‘sig‘i farqlanadi. Bu piramidal o‘sig‘i bo‘lib, gorizontal va perpendikulyar plastinkalarni tutashgan joyidan boshlanadi. Piramidal o‘sig‘i ponasimon suyakning qanotsimon o‘siqlarining o‘ymasi ichiga kiradi va qanotsimon chuqurchani shakllanishida ishtirok etadi. Perpendikulyar plastinkaning lateral yuzasida joylashgan tanglay egati yuqori jag‘ suyagida shu nomli egat bilan qo‘shilib kanal hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |