Ishning borishi: Talabalar odam skeleti, rangli atlaslar, plakatlar, mulyajlardan foydalanib yelka, bilak, tirsak va qo‘l panjasi suyaklarining tuzilishini o‘rganishadi.
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar yelka, bilak, tirsak va qo‘l panjasi suyaklarining tuzilishi o‘rganishib, rasmlarini albomlariga chizib, qisqacha konspekt qilishadi.
MASHG‟ULOT №: 9. MUSKULLAR TIZIMI. GAVDA MUSKULLARI: KO„KRAK, QORIN VA ORQA MUSKULLARI.
Ishdan maqsad: Ko‗krak, qorin va orqaning yuza muskullari tuzilishini o‘rganish.
Nazariy tushuncha: Muskullar organizm hayotida muhim rol tutadi. Katta odamlarda muskullar butun tanasi ogirligining 30 – 35% gi yaqinini tashkil qilsa, chaqaloqlarda – 20 – 22%, yoshi katta va kari odamlarda 25 – 25% ni tashkil etadi. Jismoniy mashg‘ulot bilan muntazam shug‘ullanib turuvchi sportchilarda skelet muskullarining ogirligi gavda ogirligining kariyb yarimini
45 – 50% tashkil qilishi mumkin. Skelet muskulaturasi ko‘ndalang-targil muskul to‘qimasidan tuzilgan.
Gavda muskullari, tanani harakatga keltiruvchi muskullar.
Gavda muskullari joylashishiga qarab ko‘krak qafasi, qorin va orqa muskullariga bo‘linadi.
Orqa muskullari.
Orqa muskullari ikki guruxga: yuzada joylashgan va chuqur muskullariga bo‘linadi. Yuza muskullar guruxida trapetsiyasimon muskul, orqani keng yoki serbar muskuli, katta va kichik rombsimon muskullar, kurakni ko‘taruvchi muskul, yuqori va pastki orqa tishsimon muskullar joylashadi.
Trapetsiyasimon muskul uchburchak shaklga ega, juft, o‘ng va chap tomondagi trapetsiyasimon muskullar birga trapetsiya shakliga o‘xshaydi. Muskullning yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o‘rta tutamlari pastga, pastki tutamlari esa pastdan yuqoriga yo‘nalgan.
Bu muskul ensa suyagidan, bo‘yin va ko‘krak umurtqalarini o‘tkir o‘simtasidan boshlanib, o‘mrov suyagining akromial uchiga, akromial o‘simtasiga va ko‘krakni qirrasiga kelib birikadi. Bu muskullar umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismini harakatga keltirib, yelka kamar va yelka bo‘g‘imidagi harakatlarda ishtirok etadi.
Orqaning keng yoki serbar muskuli tananing yuzasida pastki qismida joylashadi. Bu muskul 5- ta oxirgi ko‘krak umurtqalaridan yonbosh suyagining qirrasidan boshlanibelka suyagining kichkina do‘ngiga borib birikadi. Bu muskul turli harakatlarda ishtirok etadi. Yelka suyagini harakatga keltirganligi sababli yelkani pastga to‘shiradi, kurakni umurtqa pog‘onasi tomon yaqinalashtiradi. Ko‘krak qafasini xajmini kengayishida, gavdani yuqoriga ko‘tarishda ishtirok etadi.
Katta va kichik rombsimon muskullar oxirgi ikkita bo‘yin umurtqasi va 4-ta yuqori ko‘krak umurtqasining ko‘ndalang o‘simtalaridan boshlanib kurakning ichki qirrasiga kelib birikadi. Bu muskul kurakni va yelka bo‘g‘imini harakatlarida asosan kurakni ko‘tarish va olib kelishda ishtirok etadi.
Kurakni ko‘taruvchi muskul - bu muskul yuqorigi bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘simtalaridan boshlanib kurakning yuqori burchagiga birikadi. U kurakni yuqoriga ko‘tarib turishda va umurtqa pog‘onasining bo‘yin ksimini egish va yozish harakatlarini bajarishda yordam beradi.
Orqaning yuqorigi (tishsimon muskuli) - bu muskul 2 - ta pastki bo‘yin va 2-ta yuqorigi ko‘krak umurtqasining o‘tkir o‘simtalaridan boщlanib ikkinchidan 5 - chigacha yuqori qovurg‘alarga birikadi. Bu muskul 2-5 qovurg‘alarni yuqoriga ko‘tarib, nafas olishda ishtirok etadi.
Orqaning pastki tishsimon muskuli - bu muskul 2 pastki ko‘krak va 2 yuqorigi bel umurtqalarining o‘tkir o‘simtalaridan boshlanib, 4 pastki qovurg‘aga birikadi. Muskul qisqarganda qovurg‘alar pastga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |