Til osti suyagi - yoysimon shaklga ega bo‘lib, pastki jag‘ bilan xiqildoq o‘rtasida joylashgan. U tanadan, ikki juft katta va kichik shoxlaridan iborat. SHoxlardan chakka suyagining bigizsimon o‘simtalariga bog‘lamlar tortilgan bo‘ladi va bunday birikish yordamida til osti suyakni kalla suyagiga ildirgandek bo‘ladi.
Ish uchun kerakli jihozlar: Rangli atlaslar, plakatlar, mulyajlar, releflar.
Ishning borishi: Talabalar bosh skeletining yuz qismi suyaklarini odam skeleti, rangli plakatlar, releflar va atlaslardan ko‘rib o‘rganishadi.
Ishni rasmiylashtirish: Talabalar qovurg‘alarning tuzilishini rangli korinishda albomlariga chizib, qisqacha konspekt qilishadi.
MASHG‟ULOT № 5. OYOQ KAMARINING SUYAKLARI - CHANOQ SKELETINING TUZILISHI.
Ishdan maqsad: CHanoq suyagining tarkibiy qismlari – yonbosh suyaklari, quymich va qov suyaklarining tuzilishini o‗rganish.
Nazariy tushuncha: Oyoq kamarining suyaklari.
Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyagidan iborat. Har bitta chanoq suyagi o‘z navbatida yonbosh, quymich va qov suyaklarining birlashidan hosil bo‘ladi. Bu uchta suyak tanalari qo‘shilgan joyida quymich kosasi hosil bo‘ladi. O‘nga son suyagining boshi birikadi va tos-son bo‘g‘imi hosil bo‘ladi. Quymich bilan qov suyaklarning shoxlari o‘zaro qo‘shilib yopiluvchi teshikni hosil qiladi. Teshik biriktiruvchi to‘qimali membrana bilan to‘silgan.
Yonbosh suyagi quymich kosaga nisbatan yuqori joylashgan va 2 qismdan - tana va qanotdan iborat. Tanasi yo‘g‘on, quymich kosadan boshlanadi. Tanasidan yuqoriga qarab keng plastinka shaklida qanoti o‘rnashadi. Qanotning eng yuqori cheti ―S‖ shaklda bo‘lib, chetlari yo‘g‘onlashgan, eng yuqori cheti yonbosh qirrasi deyiladi. Bu qirraga qorin muskullari birikadi. Qirraning old va orqa tomonida oldingi ustki o‘siq va orqa ustki o‘siqlari aniqlanadi. Yonbosh suyagi qanotining ichki va tashqi yuzalari ajratiladi. Ichki yuzasi silliq va botiqroq bo‘lib, yonbosh chuqurchasini hosil qiladi. Yonbosh chuqurchani pastdan quloqsimon yuzadan boshlangan yoysimon chiziq chegaralaydi. Qanotning tashqi yuzasida esa uchta g‘adir-budir chiziqlari tafovut etiladi. Bu chiziqlardan dumba muskullari boshlanadi. Yonbosh suyagining medial va orqa tomonida dumg‘aza suyagi birikishi uchun quloqsimon bo‘g‘im yuzasi joylashgan.
Quymich suyagi quymich kosaga nisbatan pastroq joylashgan. Bu suyak tana va shoxchadan iborat. Quymich suyagining tanasi quymich kosani hosil bo‘lishida ishtirok etadi. SHoxchasi qov suyagining shoxchasi bilan birikib ketadi. Suyakning eng pastki qismida burilish joyida quymich bo‘rtig‘i bor. Quymich bo‘rtig‘ining orqa tomonida kichik quymich o‘ymasi joylashgan. Quymich suyagi tanasining orqa tomonidagi o‘tkir uchli o‘siq katta va kichik quymich o‘ymalarni bir-biridan ajratadi.
Qov suyagi tana, yuqorigi va pastki shoxlardan iborat. Qov suyagining kalta va keng tanasi quymich kosacha hosil bo‘lish da ishtirok etadi. Pastki va yuqorigi shoxchalar bir-biriga nisbatan ma‘lum burchakda joylashgan. Quymich suyagining shoxchasi qov suyagining pastki shoxchasi bilan tutashib, yopilib turuvchi teshikni hosil qiladi. Yuqori shoxchasini orqa qirrasi uchlangan bo‘lib, qov qirrasini hosil qiladi. Qov qirrasi yonbosh suyagining yoysimon chizig‘i bilan tutashib ketadi. Natijada, katta tos bo‘shligini kichik tos bo‘shligidan ajratadigan chegaralovchi chiziq hosil bo‘ladi. CHap va o‘ng qov suyaklarining medial yuzalari orasida qov simfizi hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |