MASHG‟ULOT №2. KO„KRAK QAFASI SUYAKLARI.
Ishdan maqsad: Ko‗krak qafasi suyaklari, to‗sh suyagi, qovurg‘alar va ko‘krak umurtqalarining tuzilishini o‗rganish.
Nazariy tushuncha: Ko‟krak qafasining suyaklari.
Ko‘krak qafasi umurtqa pog‘onasining ko‘krak umurtqalaridan, 12 juft qovurg‘alardan va to‘sh suyagidan hosil bo‘lgan.
Qovurg‘alar juft suyaklar bo‘lib, yassi egilgan plastinka shaklidadir. Qovurg‘ada o‘rta qism – tanasi va ikki uchi bo‘ladi. Qovurg‘aning orqa qismi suyakdan, oldingi qismi tog‘aydan tuzilgan. Yuqoridagi 1-7 juft qovurg‘alar bevosita oldingi uchi tog‘ay qismiga o‘tib, to‘sh suyagiga birikadi va haqiqiy yoki chin qovurg‘alar deb ataladi. Qovurg‘aning orqa suyakli uchida boshchasi so‘ng bo‘yinchasi va uning orqasida esa bo‘rtig‘i joylashgan. Boshcha bo‘g‘im vositasi yordamida umurtqa tanasiga birikadi. Bo‘rtiq esa umurtqaning ko‘ndalang to‘siqlarining bo‘g‘im yuzalari bilan bo‘g‘im hosil qiladi. 1 qovurg‘aning yuqori yuzasida o‘mrov arteriyasi va venasi uchun egatcha, oldinda va ularning oralig‘ida oldinda narvonsimon muskul do‘mbog‘i borligi bilan tafovut qiladi.
I, XI, XII qovurg‘alarni boshchalari shu sondagi umurtqalar bilan birikadi, qolgan qovurg‘alar esa 2 ta yonma-yon joylashgan umurtqalarning tanalarini o‘rtasiga birikadi. Pastki besh juft qovurg‘alar to‘sh suyagi bilan birikmaydi va aldamchi yoki sohtta qovurg‘alar deb ataladi. 8,9, 10 nchi qovurg‘alarni oldingi uchlari bir biri bilan birikib, qovurg‘a yoyini hosil qiladi.
Qovurg‘alarning birinchi suyaklanish nuqtasi qovurg‘a burchagida, ikkinchisi -qovurg‘a boshchasida, uchinchisi esa qovurg‘a do‘mbog‘ida 15-20 yoshlarda paydo bo‘ladi. Qovurg‘alar 18- 25 yoshga borib butunlay suyaklanib bitadi.
To‘sh suyagi – yassi cho‘zinchoq toq suyakdir. U uch qismdan iborat:
Yuqori qismi - dastasi
O‘rta qismi - tanasi
Pastki qismi - xanjarsimon o‘sig‘i
To‘sh suyagining dastasida, yuqorigi chetining o‘rtasida toq bo‘yinturuq o‘yig‘i bor. Yonlarida esa o‘mrov suyagi o‘yiqlari bor. Bu juft o‘yiqlar yordamida o‘mrov suyaklari to‘sh suyagi bilan birikib bo‘g‘imlar hosil qiladilar. To‘sh suyagining dastasi bilan tanasi oralig‘ida yon tomonlarida 2- 7 haqiqiy qovurg‘alar bilan birikish uchun mos keladigan o‘yiqlar bor. Xanjarsimon o‘siq to‘sh suyagi pastki tomonida joylashadi. Ayollar to‘sh suyagi erkaklar to‘sh suyagiga nisbatan kaltaroq bo‘ladi.
Ko‘krak qafasining shakli jinsga va yoshga qarab o‘zgarishlarga bog‘liq. Ko‘krak qafasi konussimon, tsilindrsimon va yassi shakllarda bo‘ladi. Oraliq shakllari kam uchraydi.
Ma‘lumki, jismoniy ish va mashg‘ulotlar ta‘sirida o‘pkaning tiriklik sig‘imi ortadi. Bu esa qovurg‘alarni va diafragmani harakatchangligini oshishi bilan bog‘liq.
Qovurg‘alar - 12 juft ingichka yoylardan iborat bo‘lib, orqa tomondan ko‘krak umurtqalari tanalariga yopishib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |