3. “Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning
zaruriyati. Globallashuv —ommaviy madaniyat”ni yoymoqda. U o‘zbeklarning tafakkuriga,
musiqasiga, didiga, kiyinishiga, menyu, imorat qurish, o‘zaro muomala, oilasiga, oilaviy
munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda.
—Ommaviy madaniyat” globallashuv davrining maxsuli bo‘lgan OAVning yangi
ko‘rinishlari ta’sirida dunyo mamlakatlarining barchasiga “zamonaviy madaniyat” sifatida kirib
bordi. U XX asr o‘rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur
kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo‘lishi natijasida shakllangan va
mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo‘lgan madaniyat namunalari (ommaviy
estrada musiqasi, sirk va h.k.) qadriyatlaridir. —Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX
asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan
tarqala boshladi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‘p nusxali
gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi - globallashuv
jarayoni bunga sabab bo‘ldi.
Chunki globallashuv davrida har qanday jarayon dunyoning u chetidan bu chetiga tez
sur’atlar bilan ko‘chib o‘tishini inkor eta olmaymiz. Eng umumiy ma’noda, globallashuv
muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini
hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining
hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd
etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq
qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‘lanib
borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib
kelmaydi. Bu borada hind xalqining davlat arbobi Maxatma Gandiga —Globallashuv jarayoniga
qanday qaraysiz?” degan savolni berishganda, u shunday ma‘noda javob bergan ekan: —Men
tashqaridagi bo‘rondan qo‘rqib, derazamni yopib qo‘ya olmayman, chunki menga toza havo ham
kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan, deb derazamni katta ochib ham qo‘ya olmayman,
chunki uyimni chang-to‘zon bosib ketishini ham xohlamayman”. Demak, biz o‘sha kirib
kelayotgan vositalarga filtr o‘rnatishimiz kerak, xolos.
Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati uning mafkuraviy ta’sir o‘tkazish
ko‘lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham
ko‘rinadi. “Mana shunday vaziyatda, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, -
odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom
negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy
tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi
amrimahol”.
Shunday ekan, biz ham ommaviy madaniyat bilan “ommaviy madaniyat”ning farqiga
borishimiz hamda “ommaviy madaniyat”ning ayanchli oqibatlarining oldini olish uchun
kurashishimiz lozim. Buning ayanchli oqibatlari esa ma’lum: axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik,
individualizm, egotsentrizm g‘oyalarining keng tarqalishi.
“Ommaviy madaniyat”ning maqsadi nima? Xizmat yuzasidan mamlakatimizning turli
hududlaridagi har xil soha vakillari, jumladan, ziyolilari bilan suhbatda bo‘lamiz. Ana shunday
suhbatlarda “Ommaviy madaniyat” nima? degan savolga hatto aksariyat ziyolilar ham ijobiy
hodisa sifatida tasnif berishadi. Albatta, tushunish mumkin og‘zaki nutqda qo‘shtirnoqqa olib
gapirib bo‘lmaydi. Balki shuning uchun ular adashtirishayotgandir, deb o‘zimizga taskin berdik
dastlabki so‘rovlar vaqtida. Lekin keyinchalik bu savolni yozma shaklda, ya’ni aynan
qo‘shtirnoqqa olingan holda berganimizda ham natija o‘zgarmadi. Demak, bu tushunchaning
salbiy ekanligini xalq orasida targ‘ib qilish va bu bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish bugun
shu soha vakillarining asosiy vazifalaridan biri ekan.
“Ommaviy madaniyat” o‘z ma’nosida emas, balki ko‘chma ma’noda ishlatilmoqda.
Chunki u qo‘shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‘plab olimlarimiz ta’rif berishdi. Biz
ham o‘z tadqiqotlarimiz tahlilidan kelib chiqib, quyidagicha ta’rif tuzdik:
Ma’lum bo‘lishicha, “ommaviy madaniyat” asosan zamonamiz vakillarining yangi-yangi
“moda”lari asosida boyib boradi. Go‘yoki kim o‘sha “moda”ga amal qilsa, u madaniyatli deb
topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‘ladi. Aks holda u
zamondan orqada qolgan - madaniyatsiz deb hisoblanadi. Chunki u bugunning modasini
bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, “ommaviy madaniyat” bu - ommaviy
“moda” niyat, ya’ni yangicha modani niyat qilish, unga erishish va uni ommaviylashtirish
demakdir. Moda esa kimningdir foydasini ko‘zlagan holda ommaviylashtiriladi. Uning natijasida
esa inson salomatligiga zarar yetadi.
E’tibor bering-a, —ommaviy madaniyat” ham ma’naviy saviyamizni tushirishga harakat
qilib, o‘zligimizdan ayirishga intilayotir, ham sezdirmagan holda sog‘ligimizga hujum qilayotir.
Chunki u jismonan nosog‘lom odam kimningdir “muruvvati”ga muhtoj bo‘lishini biladi-da.
Bundan tashqari, ko‘rib turganingizdek, —ommaviy madaniyat” axloqsizlikni targ‘ib
qilmoqda va uni odamlarga madaniyat deb o‘rgatmoqda. Bu zamonaviy ma’naviy tahdid nafaqat
axloqiy buzuqlikni, balki zo‘ravonlik, individualizm va egotsentrizmni ham keng
ommalashishiga xizmat qilmoqda. Chunki —ommaviy madaniyat” ma’naviy tuban odam
kimgadir so‘zsiz bo‘ysunishiga ishonadi-da.
Xullas, —ommaviy madaniyat”ning maqsadlaridan biri - odamlarni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yib, bir-birini va shu bilan birga, o‘zini o‘zi o‘ldirishigacha olib borish. Natijada esa
uning tarqatuvchilari dunyo va undagi boyliklarga yagona hukmron bo‘lib qolishni xohlaydilar.
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning uchta asosiy
darajasini ko‘rsatadilar:
Kitch-madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)
Mid-madaniyat (“o‘rtamiyona” madaniyat);
Art-madaniyat (ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat).
“Kitch” so‘zi nemislarning “kitschen” olmoshidan hosil bo‘lgan va saviyasi past, arzon va
jo‘n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san’at durdonalari soyasida paydo
bo‘ladigan bo‘sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‘oya va syujetlarni
qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‘ralashib qolgan qatlamga mo‘ljallangan
madaniyat asarlarini yaratish.
Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an’anaviy madaniyatning
ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‘ljallangan ommaviy madaniyatdir.
Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an’anaviy madaniyat standartlariga
yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba’zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini -
popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko‘rsatadilar, chunki hayot ularning ham
yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko‘rsatdi.
Buning boisini amerikalik siyosatshunoslar ham tan olishdi. Bu haqda Zbignev Bjezinskiy
shunday degan edi: —Agar Rim dunyoga - huquqni, Angliya - parlamentni, Fransiya - madaniyat
va milliy respublikachilikni bergan bo‘lsa, AQSH - dunyoga ilmiy-texnika revolyutsiyasini va
ommaviy madaniyatni tortiq qildi”.
AQShda bo‘sh vaqt, ya’ni dam olishni sanoat asosiga ko‘chirgan. Aholining badiiy
jihatdan unchalik yuksak bo‘lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu talablarni shakllantirish)
maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, —ayollar” romani)
dunyoga keldi. Shuningdek, arzon-garov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning
g‘oyasi va o‘lchami bitta - odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish, musiqa
janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi.
XX asrda jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa madaniyatini
o‘zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning tomiri negrlarning an’anaviy
madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora
tanlilarning “sprichuels”, regtaym va blyuz kabi o‘ziga xos o‘yinlarini eslatib turadi.
XX asrda o‘yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. U bo‘sh vaqtni
o‘tkazish vositasiga aylandi. Dansing va diskotekaga sig‘inish yuzaga keldi. Musiqa shaklining
rivojlanishi, eskilarining yo‘qolishi va o‘yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
1920 yillarda “Charlston” modada bo‘lsa, keyinchalik uning o‘rnini “step”, “chechetka”, jazdan
ajralib chiqqan irland jigisi keyinroq, 50 yillarda —rok-n-roll”, 60 yillarda —sheyk” va —tvist”
xitga aylandi va uning ommaviyligini ta‘minlashda barcha vositalar ishtirok etdi:
gramplastinkalar chiqarildi, televideniye va radiomahsulotlar tarqatildi. Bu —ommaviy
madaniyat” tarqatilishidagi eng omadli tijorat loyihasi edi.
- Disko o‘yin yo‘nalishi hozirgi kunlarimizgacha yetib keldi, u juda ommaviy bo‘lmasada,
hali bor.
—Ommaviy madaniyat” bugun iqtisodiyotning eng daromadli tarmog‘iga aylanib
bormoqda. Uni hozir “qiziqishlar industriyasi”, —tijorat madaniyat”, “pop-madaniyat”, “bo‘sh
vaqtdan foydalanish industriyasi” deb atay boshladilar. Ma‘lumki, mehnatkashlarning ma‘lum
qismida bo‘sh vaqt serob. “Ommaviy madaniyat” mazmunini boyitishni taqoza qiladi, chunki
mamlakatimizda ishlab chiqarishning tobora sanoatlashishi, avtomatlashtirish jarayonida aholi
o‘rtasida “bo‘sh vaqtni yopish ehtiyoji” ham oshib bormoqda. Ana shu jarayondan hosil
bo‘ladigan muammolarni hal etish ehtiyoji “ommaviy madaniyat”ni yuzaga keltirmoqdaki, bu
ayniqsa odamning ongiga, ya’ni adabiyot va san’atning barcha turlariga bevosita bog‘liqdir.
Keyingi o‘n yillikda madaniyatni demokratlashtirishda kino, televideniye, kasseta, sport albatta
(uning tomoshabinga taalluqli qismi) juda muhim kanallar hisoblanmoqda. Ular ayni paytda turli
toifadagi odamlarning to‘planishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pincha ularni birlashtirgan istak -
o‘zlarini psixologik jihatdan bo‘shatib olish istagidir.
—Ommaviy madaniyat” bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi.
Avvalo, u “oddiy” (buni jo‘nlik deb atasa ham bo‘ladi). Chunki ko‘pincha bunday mahsulotlar
“ko‘cha odami”ga mo‘ljallangandir. “Ommaviy madaniyat” o‘z vazifasini to‘la bajarishi, ya’ni
ishlab chiqarishdagi asabiyliklarni olib tashlashi uchun u eng kamida qiziqarli bo‘lishi lozim.
Albatta, bunday madaniy mahsulotlar intellektual jihatdan yetarlicha rivojlanmagan odamlar
ehtiyojini qondirishi mumkin va inson ongi, kechinmalariga ta‘sir etadi. Shuning uchun ham
“Ommaviy madaniyat”ning “eng qiziqarli” va hammaga tushunarli mavzulari - muhabbat, oila,
karyera, jinoyatchilik va xo‘rlash, sarguzasht, qo‘rqinch va hokazolardir.
Mavzular ekspluatatsiyasidan uning egalari katta daromadlar olmoqdalar.
“Ommaviy madaniyat” baynalminal va milliy bo‘lishi mumkin. Estrada musiqasi bunga
misol bo‘ladi: u hammaga tushunarli va barcha yoshdagilarga, bilim darajasidan qat’iy nazar,
aholining barcha qatlamlariga o‘ng‘ay.
“Ommaviy madaniyat”ning badiiy qimmati xalq madaniyatidan pastroq bo‘ladi. Lekin
uning auditoriyasi kengroq, chunki u muallifli, u odamlarning hozirgi daqiqalardagi ehtiyojini
qondiradi, har qanday yangi voqea va hodisalarga xozirjavob bo‘ladi. Ma’lum vaqt o‘tgach, ular
o‘z dolzarbligini yo‘qotadi, eskiradi va modadan qoladi. Yuksak darajadagi asarlar va xalq
madaniyati bunday qismatga uchramaydi.
Ma’lumki, o‘smirlar, yoshlar, talabalar yangilikka intiluvchan, tengqurlariga havasmand,
modaparast, xorij standartlarini oson qabul qilishga ruju qo‘ygan bo‘ladi. Ulardagi ana shu
ijtimoiy-psixologik holat kirib kelayotgan shubhali qadriyatlarga tanqidiy yondashuvni cheklab
qo‘ymoqda. Maqbul yoki nomaqbulligi haqida muayyan fikr-mulohazasi bo‘lmagan yoshlar
hayotimizga, milliy mintalitetimizga mos kelmaydigan mafkuraviy mahsulotlarni matbuot orqali
qabul qilishga oshiqmoqda. “Ommaviy madaniyat” tashqi ko‘rinishi, oson o‘zlashtirilishi bilan
ularni qiziqtirmoqda. Turfa g‘oya va ramzlar zamonaviy modalar ommaviy madaniyat
mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, har xil hayot
tashvishlaridan, turmush muammolaridan “xalos” etadi, jasadni va ruhni dam oldirish, ularni
o‘qishga, bilim olishga emas, balki o‘ynab-quvnab, “yashab olish”ga chaqiradi. Aslida
“ommaviy madaniyat”ning, uni tarqatayotganlarning ham asl maqsadlari shundan iborat.
Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etishini va “ommaviy madaniyat”
mualliflari aynan ana shu auditoriyani nazarda tutayotganini e’tiborga olsak, vazifalarimiz
mas’uliyati aniq ayon bo‘ladi.
Yoshlarning badiiy ehtiyojlarini qondirish, ular o‘rtasida “ommaviy madaniyat”
mahsulotlarining tarqalmasligi uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotir, albatta ularning
san’atga, adabiyotga va boshqa ma’naviy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganib borish
hozir izchil olib borilmoqda.
Bitiruvchilarda esa aksincha, san‘atni kundalik tashvishlardan xalos etish vositasi deb
qarash eng yuqori ball, ya’ni 53,5 foiz ovoz oldi, ya’ni so‘rovda qatnashgan bitiruvchilarning
shunchasi san‘atga shunday vosita deb qarar ekan. Ularning orasida san‘atga estetik zavq berish
manbasi deb qarovchilar ham oz emasligi ma’lum bo‘ldi. Birinchi kurslarga nisbatan san’atni
ijodga rag‘batlantiruvchi vosita deb qarovchilar 7,7%, qadriyatlarni shakllantirish vositasi deb
qarovchilar esa 5,2% kam ekan.
—Ommaviy madaniyat”ning hayotimizga bostirib kelishida dastlab ommaviy axborot
vositalari asosiy rolni o‘ynadi. Bugunga kelib esa, reklama uning ajralmas yo‘ldoshiga aylanib
qoldi. Bozor qonuniyatlari —ommaviy madaniyat” mahsulotlarini keng tarqatishdan manfaatdor
bo‘lib maydonga chiqmoqda. Zamonaviy audio-videotexnikalar, ovoz yozish va kuchaytirgich
asboblarining yuzlab turlari —ommaviy madaniyat” mahsulotlari reklamasi bilan kun
ko‘rmoqdalar. U sanoat asosiga ko‘chirilgach, o‘rtacha, bo‘sh —ommaviy madaniyat”
mahsulotlarini ko‘paytirish va sotish bo‘yicha qudratli tizim yaratildi. Istagan do‘kondan
dunyoning har qanday xonanda yoki sozandasi ijro etgan qo‘shiq, klip audiovideotasmasini
topish mumkin. San‘atga, —ommaviy madaniyat”ga mas‘uliyatsizlik bilan munosabatda
bo‘ladigan, yengil-yelpi ijod bilan elga tanilgan san’atkorlar armiyasi paydo bo‘ldi. O‘zlari shoir,
o‘zlari kompozitor bo‘lgan, musiqiy maxsus bilimi bo‘lmagan juda ko‘plab guruhlar paydo
bo‘ldi va ular o‘z mahsulotlarini istagancha reklama qilmoqdalar. Yoshlar esa ana shunday
siyqasi chiqqan, lekin ma’lum ma’noda “o‘z auditoriyasini topgan”, “san’atkor”lar armiyasi
bilan yuzma-yuz turibdilar. Reklama - yaratuvchi kuch emas, balki u ommaviy psixologiyani
aks ettiruvchidir.
Ba’zan kliplarda chiroyli qizlar va yigitlar nima deyayotganligini o‘zlari ham
tushunishmaydi. Kuchli musiqa sadosi ostida nimalardir deyishadi, mashinalarga o‘tirib
qayerlargadir borishadi. —Ommaviy madaniyat” mahsuli bo‘lgan bunday “asarlar” millat
mentalitetini pasaytirishga xizmat qilayotgani sir emas. Reklama nima deydi? Birorta shirin
ichimlikni iste’mol qilib cheksiz rohat va farog‘at olish mumkin. Biror narsaga erishish uchun
jon kuydirish, ter to‘kib, mehnat qilish shart emas, ichimlikni sotib olish kerak va uni iste’mol
qilish kerak. Yoki yozib olingan fonogrammaga mos qilib, labni qimirlatib turaverish kerak,
tamom vassalom. Endi o‘sib, jamiyatga kirib kelayotgan yoshlarga, o‘smirlarga ham OAVlar
shunday ta’lim bermoqdalar va u qay bir darajada o‘z xaridorini topmoqda hamda ongiga ta’sir
etmoqda. Demak, “ommaviy madaniyat”ning ana shunday siyqalanib, jo‘nlashib borishi
hammamizni ogohlikka chorlashi lozim.
“Ommaviy madaniyat” yoshlarga taklif qilayotgan lug„at:
TUSHUNCHA
|
“OMMAVIY MADANIYAT”
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |