Haddan tashqari tor va ochiq, badani, ayniqsa, hatto ayollik belgilari ham ko„rinib
turadigan darajadagi kiyimlar kiyish.
Bunday holatni ilgari boshqa millat vakillarida uchratar edik. Hozir o‘zbek millatiga
mansub qizlarimiz, qolaversa katta yoshli ayollarmizni ham shunday kiyimda ko‘rishga majbur
bo‘lib qoldik. Eng achinarlisi, o‘qituvchilarimizning shunday ahvolda kiyinishlaridir. Ayniqsa
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari. Buni ko‘rib tarbiya olayotgan bolalarimizni kelajakda
bundanda badtar holatda ko‘rmaymiz deb kim kafolat bera oladi. Axir, qush uyasida ko‘rganini
qiladi, qolaversa ibrat ma’rifati degan tushuncha bor. Bugungi har bir murg‘ak qalb katta
avloddan o‘rnak olib tarbiya topadi. Hozirgi o‘qituvchilarimiz esa bolalarimizni milliy-ma’naviy
ruhda tarbiyalash o‘rniga —ommaviy madaniyat” bobida namuna bo‘lmoqdalar, xolos. Ba’zi
o‘qituvchilarimizning (ular ham kimningdir qizi, opasi, singlisi, onasi yoki suyukli rafiqasi)
kiygan kiyimlari shunchalik yupqaki, ulardan odam anatomiyasi darslarida ko‘rgazmali vosita
sifatida foydalanish ham mumkin. Balog„atga yetmagan yosh yigit-qizlarning jamoat joyida o„pishib, quchoqlashib
turishlari.
Bunday voqealarga bugungi kunda ko‘proq shahar joylarida guvoh bo‘lasiz. Eng qizig‘i,
shundaylar o‘zlari qilayotgan ishlarini madaniyat deb biladilar. Agar millatimiz vakillarining
aksariyati ana shu odatni kasb qilib olsa, bizda milliy ma‘naviyat, yuksak madaniyat degan
tushunchalar qayoqqa ketadi. Qizlardagi or-nomus, hayo va ibo, sharm va iffat qayoqqa ketadi.
Bizning milliyligimiz ana shu qadriyatlarda emasmi? Barcha dinlar, milliy madaniyatlar o‘smir qizlarga “O‘zingni bokira tut. Asra”, deb keldi.
Ommaviy madaniyat esa —Kontratseptivdan foydalan. Partneringni hadeb almashtiraverma.
Xo‘p-mi!”, deb nasihat qilmoqda. Bugun u o‘z nasihatini o‘zbeklarning qizlariga aytish uchun
kelayotir. Chet el telekanallari va turli xorijiy filmlar ta‘siriga tushib qolayotgan yigit-qizlarimiz
ommaviy madaniyatga ergashdi, lekin uning nasixatlarini ham to‘la-to‘kis bajarmayaptilar.
YA‘ni hech qanday kontratseptivdan foydalanishmayotir va tez-tez partnerlarini almashtirib
turishibdi. Ayollarning erkakcha so„kinishlari.
Buning isbotini siz poytaxtdagi bozorlarda savdo qiladigan ayrim ayollarning joy
talashishlari jarayonida yoki militsiya xodimining biror ayolni mahkamaga olib ketayotganidagi
holatda ko‘rishingiz mumkin. Buni albatta eng yorqin misol sifatida keltirdik, xolos. Aslida
boshqa joylarda, ya‘ni ta‘lim muassasalari hamda boshqa mehnat jamoalarida ham bunday
holatni kuzatish mumkin. Ayol kishi bo‘la turib badjaxl erkak ham og‘ziga olmaydigan so‘zlar
(“d...”, “p...”, “s...”, “onang...”, “g...” va hokazolar) bilan so‘kinishi uning uchun madaniyatning
bir turi bo‘lsa kerak, menimcha. Bizning milliy ma’naviyatimizda esa bundaylarni axloqi buzuq
odamlar deyiladi. Ota-ona va boshqa katta yoshlilarga nisbatan hurmatsizlik.
Bu odatni ham ko‘proq o‘zga millat vakillarida kuzatar edik. Bugunga kelib sof
o‘zbeklarimiz ham shu odatni qabul qilishgan. Ota-onalariga ruscha murojaat qilishadi va
“Mama, ti...”, “Papa, ti...” kabi so‘zlardan ham foydalanishadi, avtobus yoki boshqa jamoat
transportlarida kattalarga joy berishmaydi va hokazo. Pornografiya.
Bunday holatlarni avvallari internet klublarida ko‘rardik. Bugun ular nazoratga olinib,
tanqid va ta‘qib qilinganidan keyin, endi yashirin ravishda disk sotish, uyatsiz rasmlar sotish va
boshqa shu kabi axloqsizliklar avj olib bormoqda. Milliy mentalitetimizga zid bo‘lgan bunday
odatlar esa yoshlarning ma’naviy tubanlashishiga, o‘g‘il bolalarning yigitlik xususiyatini
yo‘qotishgacha olib kelayotganini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Starizm (sub’ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar,
sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish).
Yosh yigit-qizlarning shaxsiy xonalariga kirsangiz, yo chet el aktyori, yo chet el
qo‘shiqchisi, yo chet el telediktori yoki chet sportchisining bir necha yuzlab rasmlarini
devorlarga yopishtirib tashlaganiga ko‘zingiz tushadi. Eng qizig‘i ular ana shu qahramonlarining
rasmini (!) yaqin kishilaridan ham ustun qo‘yishadi (Birorta rasmni yirtsangiz, “Bu sendan
qimmat turadi, nega yirtding!?” deb o‘dag‘aylashidan ham buni bilish mumkin). Ular qorinlari
och qolsa ham non olmasdan o‘zlari sevgan qahramonlarining rasmi yoki ijod namunasini
olishadi. Ana shu qahramonlari uchun hech narsadan toymaydilar, hatto o‘zgalarga shikast
yetkazishdan ham. Bilimsizlik, axloqsizlik, madaniyatsizlik, tartibsizlikni qo„llab-quvvatlash.
Yoshlar orasida “Xeh, pat-t-trio-o-o-ot!!!” degan istehzo bilan bilimli, odob-axloqli,
madaniyatli bolalar ustidan kulish va mazaxomuz ohangdagi so‘zlarni aytib, uni yakkalash
holatlarini kuzatish mumkin. Bundaylar sinfdosh yoki guruhdoshlari uy vazifasini tayyorlab
kelgan bo‘lsa, unga qarata: “Endi o‘zingcha bilimdonsan-da, a?!”, —Aqllilik qilyapsan-da, a!?”
kabi gaplar bilan madaniyatli, axloq-odobli bolalarning g‘ashiga tegishadi va shu yo‘l bilan
ularni ham o‘z saflariga, ya’ni ishyoqmas, dangasa, axloqsiz, bilimsiz bezorilar safiga qo‘shishga
harakat qilishadi. Ajablanarlisi, ma’lum bir ma’noda maqsadlariga erishishadi ham. Natijada
bilimli, yuksak didli va madaniyatli yoshlar soni kamayib boradi. Xullas, yuqorida sanab o‘tilgan illatlarga chalinib qolmaslik uchun har bir yosh doimiy
bilim olishga intilib yashashi kerak. Chunki muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
e’tirof etganlaridek, —Biz haqiqatan ham o„z farzandlarimiz va nabiralarimiz bilan
faxrlanishni istasak - ular zamonaviy bilim va tajribaga ega, iymonli-e’tiqodli bo„lishlariga,
Vatanimiz tarixida o„chmas iz qoldirgan buyuk ajdodlarimizning ishlarini davom
ettirishlariga erishishimiz lozim”.