Tatuirovka.
Tatuirovka - teri ostiga rang yuborib, turli xil shakl va naqshlar chizish. Tatuirovka
qildirish avvallari mahbuslarga xos odat edi. Hozir esa u ommaviylashib, yoshlarning sevimli
—madaniyat”iga aylandi. Aslida u turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarish —ommaviy
madaniyat”ni tarqatuvchilarga oydek ravshan.
Tarixiy kitoblarda yozilishicha, tatuirovkaning qadimiy ko‘rinishlari ibtidoiy jamoa tuzumi
davrida qabilalar orasida vujudga kelgan. Avvaliga bir qabila a‘zolarini boshqa bir qabiladan
ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llanilgan belgi keyinchalik tarixda ashaddiy jinoyatchilar uchun jazo
vositasiga aylangan. Ammo qaysi manbani qidirmang, xalqimiz o‘tmishida tatuirovka to‘g‘risida
biror ma‘lumot topilmaydi. Unga nisbatan begonalik kayfiyati ham ana shundan, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hozirgi kunga kelib «tatuirovka» termini yevropa davlatlarida sekin-astalik bilan tarqala
boshladi, har xil tillarga kiritilib, leksikada aniq nima haqida gapiralayotganini ifodalovchi so‘z
bo‘lib o‘rnashib keldi. 1856 yilda P.Nisten tarafdan tayyorlangan «Tibbiyot lug‘ati»da
«tatuirovka» so‘zi butun dunyoda tatuirovkani xillarini anglatovchi so‘z bo‘lib ilk bor kiritildi.
Undan keyin E.Littre «Fransuz tili katta lug‘ati»ga kiritdi.44
Bir jinsli nikoh. Erkakning erkakka intilishidan jamiyat nafratlanib kelgan, ko‘payishiga
yo‘l qo‘ymagan... Endilikda esa bunday «oila» qurishga turli mamlakatlarda qonun yo‘li bilan
ruxsat berishga intilish bor. Eng dahshatlisi shundaki, ularga bola boqib olishga ham ruxsat
etilyapti. Tabiiy savol tug‘iladi: —Ular boquvidagi bola qanday tarbiya ko‘radi, kim bo‘lib
yetishadi?” Ular boqqan bola ota-onam deb emas, balki yo ona-onam yoki ota-otam deb katta
bo‘ladi. Uning ma’naviyati qay darajada bo‘lishi haqida esa o‘zingiz xulosa qilavering.
Bu illatning aksi sifatida bizda oila atalmish qadriyat bor. Har bir yosh oilaga sadoqatli,
ota-onaga hurmat ruhida tarbiya topsa, milliy an’analarimizga qat’iy amal qilsa, har holda
bunday xunuk ishlarga qo‘l urmasdi. Sababi “Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillilik, millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik
bilan munosabatda bo‘lish, o‘zgalar kulfatiga hamdard bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi
kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi”44 45.
Erkaklarning (ayniqsa, yosh yigitlarning) ayollar kiyimida yurishi va ayollar
pardoz vositalaridan foydalangan holda o„ziga oro berishi (ko„zi, labi, qoshi va sochlarini
bo„yashi).
44 http://holva.uz/2011/06/15/tatuirovkaning-kelib-chiqishi
45 Karimov I.A. O‘z yo‘limizning shart-sharoiti va zaminlari.
Yoshlarimiz bu kabi manfur illatga chalinmasliklari uchun kasb-hunar o‘rganishga jiddiy
kirishmoqliklari shart. Zero, “Bizning mintaqamizda azal-azaldan hunarmandchilik rivojlangan.
To‘qimachilik, milliy poyabzal tikish, kulolchilik, amaliy san’at, ganchkorlik, temirchilik,
o‘ymakorlik bilan shug‘ullanadigan kichik-kichik ustaxona va do‘konlar ko‘p bo‘lgan”. Albatta,
barcha bezaklar buyumlarga berilgan. Inson tanasiga emas.
Umuman, chetdan kirib kelayotgan yoki o„zimizda paydo bo„layotgan va keng
tus olayotgan axloqqa zid bo„lgan xatti-harakatlarning barchasi. Jumladan:
dabdabali to‘ylar qilish,
serhasham uylar qurish,
ayollarning to‘ydan avvalgi va keyingi turli-tuman serchiqim yangicha tadbirlari,
yangi tug‘ilgan go‘dakni tug‘ruqxonadan dabdaba bilan olib chiqish,
to‘y kuni sanoqsiz va qimmatbaho xorij mashinalarida kelin-kuyovning sayrga chiqishi va
hokazo.
Yuqoridagi ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin.
ZO„RAVONLIK.
Do'stlaringiz bilan baham: |