Hozirgi vaqtda mafkuraviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo„lmoqda:
yurtimizdagi demokratiya qadriyatlari va demokratik ta-raqqiyot imkoniyatlariga nisbatan
shubha bilan qarash holatini vujudga keltirish;
odamlarni ezgu g‘oyalardan chalg‘itish, xayoliy farovon tur-mush tarzini va’da qilish;
jamiyat a’zolari, ayniqsa, yoshlar tafakkurida milliy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ularini
zaiflashtirish;
xalqimiz urf-odatlari, milliy mentalitetiga begona odatlarni kiritishga intilish;
ekstremistik ruhdagi diniy g‘oyalarni tiqishtirishga in-tilish;
aholi o‘rtasida milliy taraqqiyot modeliga ishonchsizlik uyg‘otish;
jamoaparvarlik, ijtimoiy hamkorlik ruhini inkor etib, individualizm g‘oyalarini sun’iy
ravishda tiqishtirish.
Mafkuraviy tahdidlarning nihoyatda keng qamrovli ekanligidan kelib chiqib, ularni
quyidagicha toifalash mumkin:
Birinchidan, jamiyatimiz a’zolarining ongi va tafakkuriga ta’sir qilishga qaratilgan
xurujlar. Ma’lumki, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelayotgan milliy ongi va
dunyoqara-shida hamda xulq-atvor normalarida ota-onaga, o‘zi yashayotgan mahalla jamoasiga,
katta yoshdagi kishilarga chuqur hurmat bi-lan qarash, muayyan voqea va hodisalarga bosiqlik,
mulohaza va andisha bilan munosabatda bo‘lish, jamoa fikriga nisbatan alo-hida ehtirom
ko‘rsatish kabi xislatlar ustuvorlik qiladi. Qolaversa, aynan mana shu qadriyatlar jamiyatimiz
ma’naviyatining tamal toshini tashkil qiladi.
Bunday vaziyatni yaxshi o‘rgangan g‘animlarimiz bizga qarshi ma’naviy xurujlarni amalga
oshirishda xalqimizning mana shun-day ulug‘vor qadriyatlariga mutlaqo teskari va begona
bo‘lgan, asosan «individualizm», «egoizm», «kosmopolitizm», «zo‘ravon-lik», "diniy
mutaassiblik" g‘oyalarini iloji boricha chiroyli niqoblarga o‘rab, jamiyatimizga olib kirishga
urinmoqda. G‘anim-larimizning xalqimiz milliy ongiga ta’sir ko‘rsatishdan ko‘zlan-gan asosiy
maqsadi Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov xulosa qilgani-dek: «O‘zbekistonda hukm
surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo
etayot-gan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan dav-latimizni ag‘darish,
tanlagan yo‘limizdan qaytarishdir. Odamla-rimizning yuragiga vahima va qo‘rquv solish
hisobidan ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish,
yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tka-zishdan iborat».
Ikkinchidan, milliy urf-odatlarimizga bo‘layotgan xurujlar. Ma’lumki, xalqimizda o‘ziga
xos milliy odatlar, an’analar shakllangan. Jamoa bo‘lib yashash, qarindosh-urug‘larga mehribon-
lik, to‘y va ma’rakalar, bayramlar, tarbiya masalalarida, hasharlarda ijtimoiy hamkorlikning
boshqalarda uchramaydigan o‘ziga xos yuqori darajasining namoyon bo‘lishi shular jumlasi-dan.
Xalqimizning bu urf-odatlari asrlar davomida jamiyat mustahkamligining asosi bo‘lib xizmat
qilib kelmoqda. Davla-timiz rahbari ta’kidlaganidek: «Xalqimizning donologi, bag‘-rikengligi,
sabr-bardoshi bizni har qanday balo-qazolardan as-rab, idrokimizni, aql-zakovatimizni charxlab,
yurtimizda oso-yishtalik va millatlararo, fuqarolararo tinchlikni saqlab qolishga xizmat qildi»43.
Milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning mamlakatimiz taraqqiyoti uchun naqadar
ulkan ahamiyatini sezgan tahdidchilar bu borada ham muayyan xurujlarni amalga oshirmoqda.
Shu maqsadga erishish uchun ular global aloqa tizimlari va boshqa vositalar orqali ma’naviy
qashshoqlikka, tarkidunyochilikka, odamlarga nis-batan oqibatsizlik va shafqatsizlikka olib
keluvchi g‘oyalarni hamda urf-odat normalarini zo‘r berib targ‘ib qilmoqsa. Bular orasida,
ayniqsa, odamovilik, ota-onaga nisbatan bepisand qarash, shaxsiy hayotni ulug‘lash kabi g‘oya
va qarashlar ustuvorlik qilmoqda.
Uchinchidan, milliy madaniyatimizga bo‘layotgan xurujlar. Sir emaski, xalqimizning
milliy madaniyati o‘zining qadimiyligi, boyligi bilan alohida ajralib turadi. Markaziy Osiyo
tarixida aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bi-lan qomusiy bilimdonlikni
o‘zida mujassam etgan allomalar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin
Naqsh-band, Xoja Ahmad Yassaviy, Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo
Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning
nomi, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissasi hozirgi kunda butun dunyoga
ma’lum.
Ma’naviy xuruj uyushtirayotgan kuchlar jamiyatimiz a’zola-rini milliy madaniy boyliklar
va imkoniyatlardan begonalashti-rishga harakat qilmokda. Shu maqsadda ular Internet
tarmog‘idan, kinofilmlar va san’at turlaridan foydalangan holda nihoyatda ohanrabo, lekin
yengil-yelpi, inson tafakkurini rivojlantirishga emas, aksincha uning sayozlashuviga xizmat
qiluvchi namunalarni jamiyatimizga olib kirishga intilmoqda. Bunday san’at va mada-niyat
namunalarida behayolik, mantiqsizlik g‘oyalarining targ‘ibo-ti yetakchilik qilmoqda. Vaholanki,
bu mamlakatlarning o‘zlari millatlarni parokandalikka olib boradigan, insoniyat uchun shar-
mandali vaziyatlarni demokratiya, inson huquqlari kabi oliy qad-riyatlar shiori ostida targ‘ib
qilmoqsa.
Mana shunday holatlardan kelib chiqib xulosa qilish mum-kinki, bugungi kunda
mamlakatimizning har bir fuqarosida sa-marali va mustahkam ma’naviy immunitetni
shakllantirish ke-chiktirib bo‘lmaydigan vazifaga aylandi. Ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning 2000 yilda «Fidokor» gazetasi muxbiri-ga bergan intervyusida mafkuraviy
immunitetning mohiyati va zarurligi asoslab berilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar, avvalo,
uni o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. ...Shunga o‘xshash zararli ta’sirlar
davom etaversa, millat o‘zli-gini yo‘qotishi, ming yillik an’analarini boy berib, olomonga
aylanib qolishi ham hech gap emas. Tabiiy savol tug‘iladi: bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy
oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak? Buning yo‘li — odamlarimiz, avvalambor,
yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini ba-quvvat qilish, ularni o‘z mustaqil
fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o‘zligini unut-
maslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror
43 Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq 12-
jild. - T.:"O‘zbekiston", 2004. 250-bet.
toptirish. Ularning, men o‘zbek farzandiman deb, g‘urur va iftixor bilan yashashiga eri-shishdir.
Bugun kuchli davlatlarning targ‘ibot va tashviqotlari natijasida uchinchi dunyo mamlakatlari
o‘zlarining yuqori mala-kali mutaxassislaridan ajralmoqdalar. Oddiygina raqamlarga murojaat
qilganimizda buning tasdig‘ini ko‘ramiz. G‘arb ommaviy axborot vositalarining doimiy tarzda
olib boradigan targ‘ibot va tashviqotlari natijasida kambag‘al Afrika mamlakatlari uchun yuqori
malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lib turgan bir paytda, oliy va yuqori malakali
xodimlarning har uchtasidan bittasi rivojlangan davlatlarga ketib qolmoqda. Har yili Afrikadan
o‘rtacha 23 000 ilmiy xodim va o‘qituvchi chiqib ketmoqda. Keyingi besh yil mobaynida qit’a
davlatlari 60 ming-dan ortiq o‘rta va yuqori bo‘g‘indagi boshqaruv xodimlaridan mah-rum
bo‘ldi. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga
qarshi immunitet hosil qilina-di. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona - Vatanga, boy tarixi-
mizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir
joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur» .
Fuqarrlar siyosiy ongi hamda milliy qadriyatlarga nisbatan xurujlar va ularni asrash
zarurligi bugungi muhim masalalar-dan biridir. Albatta, bu masala barcha zamonlarda buyuk
mutafak-kir, ma’rifatparvar bobolarimizni o‘ylantirib kelgan, xalqi-miz e’tiboridan hech qachon
chetda qolmagan. Lekin bugun biz mut-laqo boshqa davrda yashamokdamiz, endi hayot talablari
o‘zgacha. Bi-nobarin, o‘zini asrashni o‘ylagan har bir xalq ko‘proq kelajagi haqida qayg‘urmog‘i
kerak. Xalqimizning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi o‘tmishda qanchalik ulkan bo‘lmasin,
shuning o‘zi bilangina hozirgi davrda taraqqiy etgan davlatlar orasida munosib o‘rin egallash
qiyin. Fakdt milliy istiqlol g‘oyasigina millatning kuch-qudratini, salohiyatini ro‘yobga
chiqarishi, xalqimizni bunyodkor-likka safarbar etishi, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha
fuqarolarni jipslashtirishi, dunyoga hukmronlik qilishga intilayotgan, g‘arazli maqsadlarni
ko‘zlayotgan kuchlar, buzg‘unchi g‘oyalar-ga qarshi ishonchli to‘siq bo‘lishi mumkin. Shu bois
ham jamiyati-miz a’zolari siyosiy ongini oshirish masalasiga sifat jihatidan butunlay yangicha
asoslarda yondashish davrimizning eng asosiy mud-daosini tashkil etadi. Chunki yuqorida
ta’kidlanganidek, o‘z mil-liy manfaatlarini ta’minlay olgan jamiyatninggina umri boqiy bo‘ladi.
Bu har birimizning burchimiz va uni ta’minlashda quyi-dagilarga e’tibor berish maqsadga
muvofiq: 1) milliy ma’naviy qadriyatlarni avaylab-asrash; 2) yoshlarni milliy ruhda tarbiya-lash;
3) milliy manfaatlarni himoya qilish; 4) targ‘ibot ishlari-ni yanada kuchaytirish.
Zero, bugungi davr voqeligi har bir masalada yangicha tamo-yillar asosida yondashishni
taqozo etmoqda. Muayyan tushunchalar, g‘oyalar yoki tamoyillarni anglab olish ishning bir
qismi, xolos. Shu ma’noda, milliy ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashda ama-liy ishlarga e’tibor
berish asosiy masaladir.
Axborot texnologiyalari orqali xurujlar avj olayotgan bu-gungi kunda ulardan saqlanish
zarurati mafkuraviy tahdidlar-ni bartaraf etish borasidagi muhim masalalardan biridir. Bu-gun
dunyo axborot asriga kirib ulgurdi. Eng taraqqiy etgan dav-latlarning mavqei, salohiyati ko‘plab
omillar bilan birga OAV-ning nechog‘lik rivojlangani bilan ham belgilanmoqda. Taraqqi-
yotning bosh belgisi esa jamiyatning axborotlashganligida o‘z ifo-dasini topmoqda. Yaqin-
yaqinlargacha axborotlashuv jarayonlari faqat ommaviy axborot vositalarining faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lgan edi, xolos. Hozir esa manzara tamoman o‘zgacha. Endilikda axborot
texnologiyalari shu qadar rang-barang tus oldiki, kecha-gi o‘lchamlar, mezonlar, tushunchalar,
imkoniyat va vositalarni tubdan yangilash zarurati ko‘ndalang bo‘lmokda. Kompyuter texni-kasi,
Internet tizimi, telekommunikatsiya imkoniyatlari tasav-vurimizdagi "ommaviy axborot vositasi"
degan tusho‘nchani tamo-man o‘zgartirib yubormoqda. Shuni ham aytish kerakki, «zamonaviy
integratsiya» tushunchasi dunyo axborot makonidan mustahkam o‘rin egallashni taqozo
etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |