O„zbekiston respublikasi



Download 0,51 Mb.
bet52/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Tayanch so‘zlar
Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Mafkuraviy munosabatlarning
texnologik va intellektual asoslari. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash usullari va vositalari.
“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo„lish xususiyatlari. Mafkuraviy
poligonlarning zahirasi, ta’sir ko„rsatish usullari va vositalari. Mafkuraviy poligon va
mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy jarayonlarning millat
mentalitetiga, siyosiy ongiga, diniy e ’tiqodiga, ijtimoiy ruhiyatiga ma’naviy-madaniy saviyasiga
ta’siri.


  1. .Hozirgi davrda dunyoning mafkuraviy manzarasi. Dunyoning mafkuraviy manzarasi
    deganda, odamlarning ongi va qalbini egallash uchun olib borilayotgan kurash qayerda, qanday
    kechayotgani, bu yo‘lda qaysi joyda qanday usul va vositalar qo‘llanilayotganini, qaysi
    hududning qanday g‘oya va mafkuraviy poligon ta’sirida ekanligi tushuniladi.


Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta’sir o‘tkazuvchi
turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq
ko‘zga tashlanmoqda. Bunday mafkuraviy poligonlar jangovor qurollar bilan emas, balki,
avvalo, inson qalbi va ongiga ta’sir o‘tkazuvchi g‘oyaviy qurollar bilan kurashish jarayoni
kuchayib ketishi natijasida paydo bo‘lmoqda.

XXI asrning barqarorligiga xavf solayotgan, XX asrdan keraksiz meros bo‘lib qolgan
muammolardan biri - eng murakkabi va serqirralisi bu
mafkuraviy kurashdir.
Ma’lumki, har qanday kurashdan, u qanday bo‘lmasin, ma’lum bir mafkura ko‘zda
tutiladi. Mafkuraviy kurashdan ko‘zlangan asosiy maqsad - insonlarning avvalambor,
yoshlarning qalbini va ongini egallash, zabt etish, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror
millatning milliy tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish, uni o‘z dunyoqarashiga tortish va tobe qilishdir.
Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham
dahshatliroqdir.

Axborot asri, elektronika asri deb atalgan XX asrning nihoyasida mafkuraviy ta’sirlar
nihoyatda kuchayib ketdi. Shuningdek, globallashuv jarayonlari, axborot oqimining tezlashuvi
ham bir talay muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Dunyo miqyosida kishilarni doimo ogoh bo‘lishga undashning ahamiyatli jihati shundaki,
agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni ko‘rish, sezish, oldini olish mumkin, ammo
mafkuraviy tazyiqni tezda ilg‘ab olish qiyin. Turli mintaqaviy, diniy-etnik, tajovuzkor
millatchilik va shovinistik asosdagi mojarolar, ekologik falokatlar, ma’naviy tanazzul,
giyohvandlik, terrorchilik kabi chegara bilmas muammolarning yuzaga kelishining asosiy
sabablari ham mafkuraviy ta’sirlarni tezlikda ilg‘ab olish mumkin emasligidadir.





Birinchi Prezidentimiz aytganidek, «bugungi kunda odamzot ma‘lum bir davlatlar va
siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan,
turli ma‘no mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta‘sirini doimo sezib yashamoqda». XXI asr
boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu
jarayondan to'la chegaralanib olgan birorta ham davlat yo'q, deb to'la ishonch bilan aytish
mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo'lishni
istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday
jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta'siriga ko'proq uchrab qolishi
mumkin. Bunday g'ayri ixtiyoriy ta'sir esa ko'pincha salbiy bo'ladi.

Globallashuvning turli mamlakatlarga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo
mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan
bog'liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan
salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini
chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o'rganish lozim. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib
unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o'rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi,
taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini
tog'dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qo'yish bilan
baravar bo'ladi.

O'rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma'naviyati ham Sharq va G'arbni tutashtirgan karvon
yo'llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G'arb madaniyatidan bahramand bo'lgan.
Muhimi shundaki, xalqimiz G'arb va Sharq ma'naviyatidan bahramand bo'lib ularning ijobiy
tomonlarini o'zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho'qqilarga ko'tarildi.

Globallashuv jarayoni va mafkura maydonidagi kurashlarning yangilanib, takomillashib
borishi imkoniyatlarining ortib borayotganligi - haqida gapirganda, globallashuv fenomeni
bugungi kunda ilmiy-falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma‘noni anglatishini hamda
yangilanib, takomillashib borayotganligini ta‘kidlash lozim. Umumiy nuqtai-nazardan
qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma‘no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-
biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy
muammolarning jahon miqiyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.

Globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi ko‘rinishlari, uning
vositalari va mexanizmlari ham o‘zgarib borishi tabiiy holdir. Albatta, globallashtirishning
boshlang‘ich ildizlari davrida mafkura maydonlaridagi kurashlar uncha sezilarli bo‘lmagan
bo‘lsada, lekin insoniyat taraqqiyotining bu jarayoni qaysi davrlardan boshlanadi degan savolga
aniq javob izlash va uni boshqa ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy fenomen sifatida bosqichlarga ajratish
borasidagi barcha izlanishlarda ma‘lum bir nisbiylik, aniq bir ilmiy haqiqat hali topilganicha
yo‘q. Shuning uchun ham bo‘lsa kerakki, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan
tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir davrni o‘z boshidan kechirmoqda.

Keyingi vaqtlarda globallashuv jarayonida mafkura maydonidagi kurashlarning yangi
ko‘rinishlari sifatida bir qator fikrlar ham bildirilmoqda. Ulardan,

Birinchisi, globallashuv jarayonida ana shu kurashlarning asosiy maqsadi inson va uning
qadriyatlariga turli - xil yondashuvlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi.

Ikkinchidan, globallashtirish jarayonlari jamiyat va inson faoliyatining barcha tomonini
qamrab oladigan harakterga ega bo‘lgani uchun, uni turli xil ilm sohalari vakillari o‘rganaveradi.

Axborot olamidagi globallashuvning shiddatli kuchi, uni hech narsa bilan qoplab
bo’lmaydigan ulkan ziyon etkazishi mumkinligini
-
axborot va texnologiya inqilobi tufayli
dunyo ilgarigiga qaraganda yanada jips va mushtarak bo‘lib bormoqda. Shu ma‘noda
globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.



  1. Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish