MILLIY MADANIYAT
ISROFGARCHILIK
|
boylik belgisi
|
resursni befoyda sarflash, inqiroz sari
birinchi qadam
|
YOSHLIK
|
tez o‘tib ketadigan, lazzatlanib
oladigan vaqt
|
har bir daqiqasida bilim olish,
komillikka intilish vaqti
|
VAFO, SADOQAT
|
eskilik sarqitlari
|
komil insonga xos belgilar, ezgu
amallar
|
HAY, IBO
|
Axloqsizlik
|
axloq-odob belgisi, ijobiy fazilat
|
INSOF QILISH
|
imkoniyatni boy berish
|
vijdon bilan ish tutish
|
SAXOVAT
|
resursni maqsadsiz sovurish
|
o‘zgalarga beminnat yordam,
oliyhimmatlik
|
YAXSHI OTA
|
bola qo‘liga katta pul beruvchi
pozitiv partner
|
bolasining kasb-hunar o‘rganishi va
ilm olishiga ko‘maklashuvchi ota
|
OILA
|
shaxs erkinligini bo‘g‘uvchi
zanjir
|
mehr-muhabbatga asoslangan eng
yaqin kishilar guruhi, oliy qadriyat
|
XIYONAT
|
erkinlik belgisi, kechirilishi
kerak bo‘lgan ish
|
bevafolik, sotqinlik, xoinlik
|
XUDBINLIK
|
o‘zi uchun yashab qolish, oila
uchun qayg‘urmaslik, yaxshi
odat
|
faqat o‘zinigina o‘ylash, o‘zgalarga
hurmat-e’tiborsizlik, yomon odat
|
«Ommaviy madaniyat»ning ko„rinishlari
«Ommaviy madaniyat» vakillari deganda asosan ana shu to‘rtta illat - axloqiy buzuqlik va
zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizmning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan odatlarni o‘ziga
kasb qilib olgan va ularni madaniyat deb hisoblagan kishilar nazarda tutiladi. Bu to‘rt illat ham
o‘z ichida bir necha qismlarga bo‘linib ketadi. Quyida ana shulardan ayrimlarini sanab o‘tamiz.
AXLOQIY BUZUQLIK.
Kashandalik (ayniqsa, xotin-qizlarning sigareta chekishga berilishlari).
Biz bolalarimizni jismonan yetuk va aqlan barkamol avlod etib tarbiyalaymiz, deb jon
kuydirib turgan bir paytimizda xomilador ayollarimizning sigareta chekishini qanday baholash
mumkin. Eng qizig‘i, ana shu ayollar uchun ayol kishinining sigareta chekishi bu - zamonaviy
madaniyatning bir turi.
Bugun tamakiga yo‘q deya olmagan bu ojizalarning ertaga giyohvandlik moddalarini
iste‘mol qilmasligiga hech kim kafolat bermaydi, albatta.
Alkogolizm (ayniqsa, xotin-qizlarning spirtli ichimliklar ichishga ruju qo„yishlari).
Buni ilgarilari faqat shahar joylaridagina ko‘rar edik. Hozir esa qishloqda ham
ayollarning, ayniqsa, yosh qizlarning spirtli ichimliklar ichib yurishganining guvohi
bo‘lmoqdamiz. Go‘yoki ular ichishmasa, o‘zlarini zamondan orqada qolgan, madaniyatsiz va
tahqirlangan deb his etishar emish. Anglab turganingizdek, ichish undaylar uchun madaniyat.
Demak, ayollarning spirtli ichimliklarni ichib yurishlari —ommaviy madaniyat” niqobi ostida
kirib kelmoqda. Nima qilibdi ayollar ichsa, deydiganlar ham yo‘q emas, albatta. Birinchidan,
bizning dinu diyonatimizga to‘g‘ri kelmaydi, ikkinchidan ichkilik insonning ham jismoniy, ham
ruhiy sog‘ligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Spirtli ichimlik ichgan ayoldan esa sog‘lom bola
tug‘ilishi dargumon. Mamlakatimizda ichuvchi ayollarimiz ko‘payaversa, ularning aksariyat
qismi yo tug‘ishdan bosh tortadi (chunki kayfu safoga berilgan ona farzand tarbiyasi bilan
o‘ralashib yurishni xohlamaydi), yoki tuqqan bolasi ma’lum bir darajada nomukammal bo‘ladi.
Natijada kelajak avlodimiz barkamolligini yo‘qotish xavfi tug‘iladi. Chunki, olimlarning
kuzatuvlariga ko‘ra, inson miyasida o‘n yetti milliarddan ortiq hujayra bor ekan. Bu
hujayralarning har biri mikrokapellyar qon tomirlari orqali oziqlanadi. Ular shunchalik nozikki,
qon tarkibiga alkogol qo‘shilganda, qurum paydo bo‘lib, hujayralarga qon o‘tmaydi, yetti-sakkiz
daqiqadan keyin esa millionlab hujayralar o‘la boshlaydi va boshqa tiklanmaydi...
Yuqoridagi illatlarning oldini olish uchun muntazam sport bilan shug‘ullanish lozim. Zero,
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “... sport - sog‘lom avlod, sog‘lom kelajak degani. Binobarin,
faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.
...bolalar va yoshlarning sport bilan ommaviy ravishda shug‘ullanishi ularning xarakterini
toblaydi, kuchli, mard va jasur bo‘lib kamol topishiga xizmat qiladi, qat’iyatli, hayot sinovlari va
qiyinchiliklarini mardona yengib o‘tishga qodir insonlar etib tarbiyalaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |