4.“Mafkuraviy poligon” tushunchasi, uning namoyon bo„lish xususiyatlari.
Mafkuraviy poligon deganda, odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli
g‘oyalarning sinov maydonini ang-lamog‘imiz darkor. Odatda, «poligon» deganda qurol-aslaha
va texni-kani sinash, qo‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki harbiy sohada
tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Agar biz moziyga bir
nazar tashlasak, o‘zga hududlarni zabt etish maqsadida qo‘llanadigan jang, urush qurollarining
uzluk-siz takomillashib borganligini ko‘ramiz. Dastlab oddiygina tosh yoki tayoqdan iborat
bo‘lgan qurol nayzalardan tortib avtomat-u, pulemyot-largacha, palaxmon, manjanaq,
zambaraklardan yer yuzining har qan-day nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik
raketa-largacha bo‘lgan uzoq takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi lozim
bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q qilishga qaratilgan edi. Milodiy uchinchi mingyillik,
yanada aniqrog‘i, XXI asr ibtidosida esa o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholi-sini
jisman mahv etish unchalik shart emas. Chunki turli g‘oyaviy, fikriy ta’sirlar oqibatida ongi va
shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo‘nalishga o‘zgartirilgan mahalliy aholi
yorda-mida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy
aholisining ongi va qalbi yot, begona vayronkor, buz-g‘unchi g‘oyalar sinab ko‘riladigan
maydonga aylanganini bildiradi.
Ya’ni, mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g‘oya
yoki mafkurani ham mablag‘, ham zamonaviy-texnikaviy vositalar bilan kuchaytirib, moddiy va
ma’naviy qurollarni ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o‘z manfaati yo‘lida
boshqarib turgan, muayyan niyatiga yetish uchun ishlatadigan va bu borada xilma-xil tarzda
namoyon bo‘ladigan harakatlarni amalga oshiradigan g‘oyaviy markazga aytiladi.
Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning
bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzi-ning turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi
turli goyalarni sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmokda.
Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga berilayotgan bilimlar obyektiv,
voqelikni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirishi, jamiyat tarakdiyotiga, Vatan va xalq manfaatlariga,
qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim.
Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan
qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bo‘ladi. Ular-ni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga
munosib zarba bera ola-di. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bo‘lib, u o‘z mohiyatiga
ko‘ra, yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar,
g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ij-timoiy, ma’naviy ishlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davr dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura
poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo‘lib borayotgan davrdir.
Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alarga bo‘lini-shini jo‘g‘rofiya
darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonning siyosiy xarita-siga qarab va mavjud davlatlarning
chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hududiy bo‘linishini bemalol tasavvur qila
olamiz.
Insoniyat XX ayer oxiriga kelib, qator chegara bilmaydigan muam-molarga duch keldi.
Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma‘naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi
muammolar ana shular jum-lasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining
tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog‘-liq umumbashariy jarayonlar
ham bormokda. Butun Yer yuzi odamzod uchun yagona makon ekanligi aniq. Bunga shak-
shubha yo‘q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib
olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam
takomillashib borganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha ko‘proq bir davlat ichida, ikki
davlat o‘rta-sida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‘lishi mumkin edi.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda mafkuraviy vositalar orqali o‘z ta’sir doirasini
kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va hara-katlar ham yo‘q emas. Tajovuzkor
millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm
mafkuralari shular jumlasidandir.
Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobo-ra kuchayib bormoqda.
Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy man-zarasini belgilab bermoqda.
Kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakl-lanishi va rivojlanishiga ham,
ayni paytda, g‘ayriinsoniylikning xilma-xil ko‘rinishlari ildiz otib, o‘zining mudhish qiyofasini
na-moyon qilishiga ham ko‘p bor guvoh bo‘lgan. Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida
bunday illatlar unga hamrohlik qilib keldi, turli davrlarda yangi shakl-shamoyil, xususiyat kasb
etdi. Bugungi kunda ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, ham-korlik hamda
hamjihatlikka va oxir-oqibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy qilishiga katta
xavf tug‘dirmoqda.
Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o‘z maqsadlari yo‘lida o‘zgartirmoqchi
bo‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqi-yotga tahdid solmoqda. Ularning asosiy
shakl va yo‘nalishlari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavf-sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida
ko‘rsatib berilgan.
Mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish geosiyosatning eng ta’sirchan vositasiga aylanmoqda.
Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mafkura poligoni yadro poligonidan
ko‘ra kuchriloq deb alohida ta’kidlaganlar. Chunki, mafkuraviy ta’sirni ko‘z bilan ko‘rish, qo‘l
bilan ushlash juda mushkul. U insoniyat orasida juda tezlik bilan bilan, ammo sezilmagan tarzda
kirib keladi va o‘zining zararli oqibatlarini ko‘rsatadi.
Qaysi davlatning kuchi qanchaligi, armiyasining soni va yadro poligoni qayerda
joylashgani, uning quvvatini, qanday maqsadga yo‘nalganligini muayyan darajada aniq bilish
mumkin. Ammo, yovuz mafkuraviy maqsadlarning qaysi yo‘llar bilan insonlar qalbini egallab
olayotganligini osonlikcha bilib bo‘lmaydi.
Bugungi dunyoda turli hudud xalqlarini ma’naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga
intilish va shunday asosda bo‘lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular
ommaviy axborot vositalari, turli xil markazlardan foydalanmoqdalar. Masalan, turli jangari
filmlar, bolalar uchun kompyuter programmalari, teleo‘yinlardan foydalanish hollari mavjud.
Ana shunday sharoitda milliy istiqlol g‘oyasini chuqur egallash, mustahkam e’tiqod va
irodaga ega bo‘lish orqaligina bunday maqsadlarning asl mohiyatini to‘g‘ri tushunish mumkin.
Masalan, keyingi paytda turli soxta diniy aqidaparastlar juda ko‘payib ketdi. Vahobiylik,
Hizbut-tahrir kabilar fikrimiz isbotidir. Ular birinchidan, dindan foydalanib dinga aloqasi
bo‘lmagan siyosiy va boshqa tajovuzlar va maqsadlarni amalga oshirishga intiladilar.
Ikkinchidan, dinni niqob qilib olib, turli siyosiy mojarolar, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga
harakat qiladilar. Uchinchidan, inson, millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini emas,
balki dinning yashashga bo‘lgan huquqini e’tirof etadilar. To„rtinchidan, dinni dunyoqarash
tafakkurining yagona vositasi deb hisoblab, o‘z maqsad va muddaolarini amalga oshirishga
intiladilar.
O‘z-o‘zidan ravshanki, bu hodisalar O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning
xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda butunlay zararli g‘oyalardir.
Iymon-e‘tiqodi mustahkam, keng bilimga ega bo‘lgan, dinning asl mohiyatini chuqur anglab
yetgan shaxslargina ularning nechog‘lik zararli ekanligini anglab, uning oldini olishga harakat
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |