O„zbekiston respublikasi


Mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari



Download 0,51 Mb.
bet63/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

5. Mafkuraviy profilaktikaning ijtimoiy siyosiy zaruriyati. Mafkuraviy immunitetni
shakllantirish omillari.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, jamiyatdagi har bir ijtimo-iy kuch yoki
aholi qatlamlari o‘z maqsad va intilishlarini ifoda etuvchi g‘oyalar tizimini yaratgach,
boshqalarni ham shu g‘oyalar ta’-siriga tortishga, o‘z tarafdorlari safini kengaytirishga hara-kat
qiladi. Bunda ushbu yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy faoli-yat va ta’lim-tarbiya jarayoni muhim
ahamiyat kasb etadi.

G‘oyalar adolatli va haqqoniy bo‘lib, ko‘pchilikning talab-ehti-yojlariga mos kelsa, bu
sohadagi tarbiya vositalari ta’sirchan, tarbiyachilar esa faol va fidoyi bo‘lsa, g‘oyaviy tarbiyadan
ko‘zlan-gan maqsadga erishiladi. Jamiyat, xalq hali o‘z manfaatlarini anglab yetmagan, o‘z
mafkurasini shakllantirib, maqsadlari sari safarbar bo‘lmagan hollarda begona va zararli g‘oyalar
ta’siriga tushish ehtimoli ortib boradi. Bu esa g‘oyaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yish, sog‘lom
mafkura tamoyillarini aholi qalbi va ongiga muttasil singdirishni dolzarb vazifaga aylantiradi.

Shu ma’noda, g‘oyaviy profilaktikaning asosiy vazifalari-dan biri komil insonni
shakllantirish va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilishlar insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-
mazmu-nini tashkil qiladi. Tarixga nazar tashlasak, har qanday jami-yatda komillikning eng
asosiy ko‘rsatkichi insonning ezgulikka, ijtimoiy baxt-saodatga, gumanistik g‘oyalarga
munosabatida hamda ularga asoslangan amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi. YA’ni ja-miyatning
umumiy rivojiga, insoniyat sivilizatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi komillik mezoni insonni,
shaxsni barkamol qilish orqali jamiyatni baxtli, saodatli qilishdan iborat bo‘lib kelgan.
"Mafkuraviy prafilaktika" tushunchasi inson, ijti-moiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini
shakllantirishga, ularni muayyan g‘oya va maqsadlarni ifoda etadigan mafkuraviy bilimlar bilan
qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayonni ang-latadi. Uzbekiston sharoitida bunday faoliyatning
asosiy vazi-fasi — xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish
yo‘lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, mil-liy istiqlol g‘oyasining mohiyatini keng
jamoatchilikka tushun-tirish, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iborat.

Bugungi kunda mafkuraviy profilaktika jamiyatda, avvalam-bor, oila, maktabgacha
yoshdagi bolalar muassasalari, maktablar, litsey, kollejlar, oliy o‘quv yurtlari, ommaviy axborot
vositalari, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi faoliyatini taqozo qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi
mafkuraviy tarbiyani olib boruvchi asosiy bo‘gindir. Zero, mafkuraviy maqsadlarni kishilar,
ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish vazifasi, asosan, ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumki, "profilaktika" atamasi tabiiy fanlarda, ay-niqsa, tibbiyotda ko‘proq
qo‘llanishiga o‘rganib qolganmiz. U maz-kur sohada kasallikning oldini olish va davolash
jarayonining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. G‘oyalar falsafasi nuq-tai nazaridan "mafkuraviy
profilaktika" ijtimoiy institut-lar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi goyaviy-
tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar majmui bo‘lib, butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab
oladigan faoliyatni ifodalash uchun qo‘llanadigan tushunchadir. Mafkuraviy profilaktika
g‘oyaviy bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikning oldi-ni olish yoki biror-bir hudud,
qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usul va yo‘llaridan foyda-lanib, turli vositalar qo‘llanadi.
Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa, ikkinchi
holda doimiy va sobit-qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi. Jamiyat-ning xilma-
xil sohalari va aholining turli qatlamlari orasi-da mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda





ham maf-kuraviy profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‘oyalar kirib kelishining
oldini olish va ular ta‘sirini yo‘qo-tishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi.

Ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy pro-filaktikani amalga oshirishga
yordam beradi. Bunyodkor goyalarni xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy
tu-zilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotla-ri ham unda o‘z o‘rniga ega.
Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlari-ni, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro hurmat va
bag‘rikenglikni targ‘ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‘shiqlaru raqslar, turli ko‘rinish va
mazmundagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlar maf-kuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan
javoblarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasini ko'tardi va «Mafkuraviy
immunitet» tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqida shunday dedi: “Ma'lumki, har
qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil
qilinadi. Biz ham Vatanga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror
toptirishimiz, ta'bir joiz bo'lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana
shunda johil aqidaparastlikning
«da'vati» ham, ahloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona
g'oyalar ham o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi”
48.
Mafkuraviy tarbiya natijasida mafkuraviy immunitet shakl-lanadi. Mafkuraviy immunitet
(lot. — biror nar-sadan ozod etish) shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli
g‘oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi' tizimdir. "Immunitet" so‘zi tibbiy tushuncha
bo‘lib, u organizm-ning doimiy ichki muayyanligini saqlashga, turli tashqi ta’sir-lardan,
infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiya-lar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib
aytganda, immunitet — organizmning o‘z-o‘zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyati.
Mafkuraviy immunitetning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida quyidagilarni aytish mumkin.
Birinchidan, insonning umumiy immunitet tizimi tug‘ma va biologik xususiyat bo‘lsa,
mafkuraviy immunitet ijtimoiy jarayonlarning mahsuli bo‘lib, muayyan ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlar asosida shakllantirib boriladi. Ikkinchidan, u har bir davrning xususiyatlariga, mu-ayyan
avlod yashayotgan zamon va jamiyatning taraqqiyot qonunlari-ga bog‘liq bo‘ladi. Uchinchidan,
jamiyatda mustahkam g‘oyaviy immu-nitet tizimi shakllangandagina, shu jamiyatning
mafkuraviy daxlsizligi va barqarorligi ta’minlanadi.

Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi ele-menti bilimdir. Ammo bilimning
ham turlari ko‘p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafku-rasi
tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadi. Shunday ekan, mafkuraviy immunitet
tizimidagi bilimlar obyektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’na-
viyatining boyishi, xalq va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular o‘z mohiyat-
e’tiboriga ko‘ra, Vatan va millat man-faatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak.

Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‘or bilimlar
zamirida shakllanadigan baholar, qad-riyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va
chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar ham shun-chalik mustahkam
bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, qadriyatlar ti-zimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini
belgilab bera-di va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Ammo
bilimlar va qadriyatlar tizimining o‘zi mafkuraviy immu-nitetning mohiyatini to‘liq ifoda eta
olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim elementi, ya’ni
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bilan bog‘liq
Bunday aniq maqsadlar tizimi bo‘lmas ekan, inson, millat yoki jamiyat, goh oshkora, goh
pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrima-hol. Inson qalbi va ongini
egallashga bo‘lgan harakatlar to‘xtamas ekan, jamiyat muayyan sog‘lom mafkuraga ehtiyoj sezib
yashaydi. Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, odatda, uning tanazzuli, halokatiga
sabab bo‘ladigan fashizm, kommunizm, di-niy-ekstremizm kabi nosog‘lom mafkura shakllaridan
farqli o‘laroq, sog‘lom mafkura insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradi, xalq farovonligi, Vatan
ravnaqiga imkon yaratadi.



48Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «fidokor» gazetasi muxbiri
savollariga javoblar-T; «O'zbekiston», 2000 yil, 40 bet





Jamiyatimiz va aholimizga xos mafkuraviy immunitetni iz-dan chiqarishga urinishlar
asosan quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda:

bizga begona va yot g‘oyalarni targ‘ib qilish (kosmopolitizm, nigilizm, ekstremizm,
terrorizm, ommaviy madaniyat va shaf-qatsiz individualizm kabi xalqimizga yot g‘oyalar turli
vosita-lar bilan targ‘ib-tashviq qilinmoqda);

milliy mentalitetimizga xos bo‘lmagan odatlarni targ‘ib qilish (televideniye, radio va
Internet orqali xalqimiz turmush tarziga yot bo‘lgan turli odatlar targ‘ib-tashviq etilmoqda. Misol
uchun, oila qurish odatini olaylik. Emishki, oila qurish-da yoshlar obdon bir-birini sinashlari,
iloji bo‘lsa, ma’lum muddat birga yashashlari lozim emish. Bu millatimiz mentalite-tiga xos
bo‘lmagan holatdan boshqa narsa emas);

yoshlar dunyoqarashini buzish, ularning tafakkur va tur-mush tarzini o‘zgartirishga intilish
(o‘z Vatanini yomon ko‘rsa-tish, o‘tmishga nisbatan bepisandlik ruhini qaror toptirish, davlat va
jamiyatga nisbatan ishonsizlik uyg‘otish. Buning aksi o‘laroq, o‘zga hayotni xuddi jannatdek
ko‘klarga ko‘tarib maqtash).

Yosh avlodda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ular o‘zlashtirayotgan bilimlar va
milliy mafkuramizning asosiy g‘oyalari yaxlit tizimni tashkil qiladi. Bunda nafaqat ijtimo-iy-
gumanitar fanlar, balki tabiiy-fundamental fanlarning ham o‘ziga xos uslublari ishlab
chiqilmoqda. Zamonaviy pedagogik tex-nologiyalar vositasida mafkuraviy profilaktika
ta‘sirchanli-gini oshirib borish mafkuraviy immunitetni shakllantirish va uni mustahkamlashning
asosiy vazifalardan biridir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yosh avlodni nafaqat
zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida tarbiyalash imkonini yaratadi, shu bilan bir-ga,
globallashuv jarayonida turli ko‘rinishdagi mafkuraviy ta-jovuzlar haqida tasavvurlarni ham
oshirib borishga yordam be-Radi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiya-lash,
mustaqil fikrlashni shakllantirishda mafkuraviy proflaktika mohiyatida milliy qadriyatlar,
sharqona demokratiya elementlarini uzluksiz va uzviy tarzda singdirib borish kerak.

Ma’lumki, tafakkur qulligi har qanday qaramlikdan ham dahshatli ekanini alohida
ta’kidlash lozim. Hozirgi davrda maf-kura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ko‘proq
kuchga ega bo‘lib borayotgan bir paytda, insonlar, ayniqsa, yoshlar har xil yot mafkuralar
ta’siriga berilmaslik uchun mafkuraviy jihat-dan qurollangan bo‘lmogi zarur. Bunda g‘oyaga
qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish,
olishish mumkinligi mafkuraviy kurashning yangicha konsepsiyasidir.

Oila, mahalla va o‘quv muassasalarining mafkuraviy profi-laktika jarayonidagi o‘rni katta
bo‘lib, barkamol avlod tarbiya-si, jamiyatning istiqbolini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunday profilaktika murakkab, doimiy, tizimli yondashuv-larni o‘z ichiga olib, unda
jamiyatning har bir a’zosi faol qat-nashadi, jamiyatning muhim bo‘g‘inlari hisoblangan oila,
mahalla va o‘quv muassasalarining doimiy hamkorlikdagi, mushtarak maq-sad yo‘lidagi
intilishlari uyg‘unlashishini talab qiladi. Bu ja-rayon umumiy manfaat va maqsadlar sari
jamiyatda tarbiyaning vorisiyligini ta’minlovchi makonni vujudga keltiradi. Bu makon yosh
avlod, komil inson tarbiyasining ajralmas qismidir.

Shuningdek, g‘oyaviy profilaktikada fan, ta’lim, adabiyot va san’atning roli alohida bo‘lib,
sohada ularning imkoniyatlari-dan foydalanish asosiy vazifalaridan biridir. Yosh avlod fanni
o‘rganish bilan tabiat va jamiyat, tafakko‘rdagi o‘zgarishlar, taraqqiyot asoslari va tamoyillarini
o‘rganadi. Ayni paytda shu jarayonni milliy g‘oyaning mazmun-mohiyati bilan bog‘lash va uni
har bir shaxsning o‘z hayotida aks etishi oldimizga qo‘ygan maqsad-larga erishishda muhim
ahamiyatga ega. Mustaqillikni mustah-kamlashda va istiqlol imkoniyatlaridan samarali
foydalanish-da, shubhasiz mafkuraviy targ‘ibot vositalaridan bo‘lgan kitob-lar, darsliklarda
ifodalangan bilimlarning o‘rni katta. Chunki yosh avlod ongi va qalbiga milliy mafkuraning ezgu
qadriyatlari-ni jo qilishda aynan shu targ‘ibot vositalaridan oqilona foy-dalanish eng samarali
yo‘l hisoblanadi.

Milliy g‘oyaning shaxs, barkamol avlod tarbiyasidagi hamda bugungi mafkuraviy tarbiyani
takomillashtirishda o‘ziga xos turfalikni mujassam etgan san’at asarlaridan ham o‘rinli
foydalanish lozim. San’atning qaysi bir turini olib ko‘rmaylik, ularda bugungi voqelik, tariximiz,





ijtimoiy munosabatlar-ning turli ko‘rinishlari o‘z aksini topgan. Shuningdek, ushbu san‘-at
asarlarini targ‘ib qilishning samarali usuli sifatida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda yoshlar
tarbiyasida uchrab turadigan ayrim illatlar mentalitetimizga salbiy ta‘sir ko‘rsatayotgan xorij
madaniyatining
«san'at asarlari» orqali kirib kelmoqsa. Uning salbiy oqibatlari yoshlarimizning
ayrim holatlarda nojo‘ya xatti-harakatlari, axloqida uchrayotgan qusurlar mafkuraviy
profilaktikani kuchaytirish masalasiga yanada chuqurroq e‘ti-bor qaratishni taqozo qiladi.

Mafkuraviy immunitetni shakllantirish jamiyat va mamla-katning mafkuraviy xavfsizligini
ta’minlash omillaridan biri hisoblanadi.
"Mafkuraviy xavfsizlik"
shaxs, millat, jami-yat,
davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan mafku-raviy tajovuzlar, turli mafkuraviy
markazlarning buzg‘unchi-lik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha
ekanligi ma’lum. Mazkur sohadagi profilaktikaning asosiy va-zifasi deganda, jamiyat ma’naviy
hayotida bo‘shliq paydo bo‘li-shining oldini olish, o‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga
xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni mutta-sil mustahkamlab borish, fuqarolarda
mafkuraviy immunitet-ni mustahkamlashdek jarayonlar nazarda tutiladi.

Ma’lumki, har qanday mamlakatning mafkuraviy xavfsiz-ligiga tashqi va ichki omillar o‘z
ta’sirini o‘tkazib turadi. Bu-gungi kunda turli xil mafkura markazlari va poligonlarining
O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‘sqinlik qilish uchun g‘arazli niyatlariga erishishda ba’zi
fuqarolardan "qurol" sifatida foydalanishga intilishlarida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tashqi
tahdidlar mavjudligini ko‘ramiz. Shuningdek, qo‘shni dav-latlardagi terrorizm, diniy ekstremizm
va mavjud siyosiy be-qarorlik ham mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligiga o‘z ta’-sirini
o‘tkazishi mumkinligini doimo nazarda tutish lozim.

Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlovchi ichki omil jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, axloqiy va
ma’naviy salohiyati hamda fuqarolarda mafkuraviy immunitetning shakllanganlik dara-jasidir.
Bundan tashqari, mafkuraviy xavfsizlik xalkning as-riy an’analari, tili, dini, ma’naviyatrg va
milliy rivojlani-shiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishi lo-zim.
Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma’rifiy muassasalar
tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbir-lar tizimi
mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning zaruriy shartidir. Mafkuraviy xavfsizlik ilmiy asoslangan
ijtimoiy siyosat, huquqiy madaniyat, jamiyatning ma’naviy yetukligi va demokratiyalashuvi
bilan uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‘oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs
mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash davlatimiz siyosatining tarkibiy qismi, mamlakatimiz
hayotining barqarorligini mustahkamlash omili hisoblanadi.

Mafkuraviy immunitetni fuqarolar ongiga singdirish, av-valambor, oiladan boshlanadi.
"Ona-Vatan", "Vatanga muhabbat", "Vatan tuyg‘usi" kabi ilk tushunchalar ham, avvalo, oila
muhi-tida shakllanadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona meh-ri orqali amalga oshadi. Bu
tushunchalarni yoshlar qalbi hamda ongiga singdirishda ta’lim va tarbiyaning turli shakllari ham
muhim ahamiyat kasb etadi.

Mafkuraviy immuniteti mustahkam insongina hozirgi kunda o‘z g‘arazli va jirkanch
niyatlarini amalga oshirish maqsadida yurtimizga har xil yo‘llar bilan kirib kelayotgan, mustaqil
dunyo-qarashi shakllanib ulgurmagan yoshlarimizning qalbi va ongini qandaydir zararli va
buzg‘unchi g‘oyalar bilan egallashga harakat qilayotgan yovuzlarga qarshi kurasha oladi va o‘z
yurtini himoya qiladi. Mazkur vazifa bilan bog‘liq mafkuraviy immunitetni kamol toptirish
ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, maf-kuraviy, tarbiyaviy omillar bilan bog‘liq Bu katta
mehnat ta-lab qiluvchi murakkab vazifadir. Barcha kasbdagi ziyolilar, tar-biyachilarning hozirgi
muhim vazifalaridan biri kishilarda, xususan, yoshlarda Vatanga sadoqat, Yurt tinchligi va Xalq
faro-vonligi g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lidagi fidoyilik kabi fazilatlarni kamol toptirishdir.

Mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan g‘oyaviy tarbiyaning asosiy
maqsadlaridan biri aholining turli qatlam-lari uchun umumiy tamoyillarga ega bo‘lgan fuqarolik
mas’uliya-ti va insoniylik burchi bilan bog‘liq tushunchalarni shakllanti-rishdan iborat. Bu
tushunchalar qadim zamonlardan buyon. ma’lum. Ammo ular deyarli hamma vaqt kishining
milliy, sinfiy, irqiy, diniy, hududiy holatlariga qarab, turli cheklanishlar yoki im-tiyozlar bilan
bog‘liq bo‘lgan. Yer yuzidagi barcha inson zoti, irqi, dini, millati, jinsi, yashab turgan hududidan





qat’i nazar, teng va teng bo‘lib yashashga haqli ekanligini, ularning huquqlari va erkinliklarini
ta’minlash jamiyatning asosiy vazifasi bo‘lishi lozimligini mutafakkirlar allaqachon asoslab
berganlar. Shu bi-lan birga, dunyodagi har bir insonning ota-onasi, el-yurti, xalqi, farzandlari,
o‘tmish va kelajak oldida burchi va mas’uliyati mav-judligi ham azaldan e’tirof etib kelinadi.

Xullas, bugungi kunda jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar-ni chuqur tahlil qilish,
turli g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan ogoh bo‘lish, xorijdan kirib kelayotgan mamlakatimiz
manfaatla-ri, milliy an’ana va qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlar qan-day maqsadni
ko‘zlayotganini anglab yetish ham mafkuraviy profi-laktikaga yordam beradi. Bu borada
ommaviy axborot vositalari, radio, televideniye orqali aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida izchil
targ‘ibot va tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, ularning ta’-sirchanligini oshirishga erishish ham
muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
    k’otaramiz. 1-jild, - Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2017. -592 b.


  2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild, -
    Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2018.


  3. Karimov I. A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
    taraqqiyot kafolatlari. T. 6-T; «O'zbekiston», 1997 yil,


  4. Karimov I. A. Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.7. -T;
    «O'zbekiston», 1999 yil, 84-102 bet


  5. Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.8.-T;
    «O'zbekiston», 2000 yil


  6. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. -T.:“O‘zbekiston”, 2008.

  7. Ergashev I.A. va boshqalar.Milliy istiqlol g‘oyasi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim
    bakalavriat bosqichi uchun darslik. “Akademiya” nashriyoti.-T.:2005 yil.


  8. Milliy g‘oya va rahbar mas’uliyati.Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar - T.: Akademiya,
    2007 yil.


  9. G‘oyalar falsafasi. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. T., —Akademiya”, 2011.

  10. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. Q.Nazarov mas’ul muharrir. T., “G‘afur
    G‘ulom” NMIU, 2013.



8- Ma’ruza. Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g„oyaviy asoslari. jamiyat
barqarorligini ta’minlashda iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy - ma’naviy omillarning
mushtarakligi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish