Zamonaviy O’zbekistonda Oila institutini mustahkamlashning huquqiy-axloqiy asoslari



Download 26,83 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2022
Hajmi26,83 Kb.
#689017
  1   2   3
Bog'liq
bmi oaq 2022 samdu


Zamonaviy O’zbekistonda Oila institutini mustahkamlashning huquqiy-axloqiy asoslari.
Kirish.
I.Bob. Oilaning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.
1.1. Oila tushunchasi va uning mohiyati.
1.2. Oila paydo bo’lishining tarixiy asoslari.
Bobga oid xulosa.
II. Zamonaviy O’zbekistonda Oila instituti va uni mustahkamlashning huquqiy-axloqiy asoslari.
2.1. O’zbekistonda Oilaga bo’lgan munosabat va Oiladagi axloqiy tarbiya masalalari.
2.2. Oila istituti va uni mustahlamlashning huquqiy jihatlari.
Bobga oid xulosa.
III. Zamonaviy O’zbekiston taraqiyotida Oila institutining muamolari hamda vazifalari.
3.1. O’zbekistonda Oila institutining asosiy muammolari va ustivor vazifalari.
3.2. Yoshlarni tarbiyalashda Oila institutuning o’rni va istiqbolli rejalari.
Bobga oid xulosa.

I.Bob. Oilaning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.


1.1. Oila tushunchasi va uning mohiyati.
Kirish
Oila bu jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini sifatida jamiyatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Shu sababdan bugungi kunda jamiyat hayotida Oila istitutini mustahkamlash muhim axamiyat kasb etmoqda. Oila tinch totuv bo‘lsa, ota ona o‘rtasidagi munosabat samimiyat va mehr muhabbat asosiga qurilsa, inshaalloh, farzandlar odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon e’tiqodli bo‘lib tarbiyalanadilar. Demak, yoshlarimizning har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish Oilani mustahkamlash barchamizning burchimizdir.
Oila — kishi tafakkuri, ma’naviyati shakllanadigan, uning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradigan, qolaversa, qadriyatlarni asrdan-asrlarga olib o‘tishda bosh omil hisoblanuvchi muhim ijtimoiy muhitdir.
Yurtimizda Oilalarni mustahkamlash borasidagi davlat siyosatining afzalligi shundaki, davlat Oilani o‘ziga xos suveren tuzilma sifatida qadrlaydi, uning ichki ishlariga aralashmaydi, lekin muayyan sabablarga ko‘ra, Oilada ba’zi qiyinchiliklar, muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, Oila a’zolari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish orqali o‘z manfaatlarini muhofaza etishlari, zarur hollarda esa davlatning madadidan bahramand bo‘lishlari mumkin.
O‘zbek Oilasi o‘zining chuqur ma’naviy-iqtisodiy poydevoriga ega. Biz bu poydevorni yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘rishimiz lozim. Buzg‘unchilik, behayolik, befarqlik razolatiga botgan “ommaviy madaniyat” girdobidan yoshlarimizni asrab, milliy qadriyatlarimizga asoslangan an’analarimizni, urf-odatlarimizni, ma’naviy merosimizni ular qalbiga singdirishimiz darkor. Toki, Oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onimizga aslo darz ketmasin.

1.1. Oila tushunchasi va uning mohiyati.


Oila deb qon-qarindoshlik, qarindoshchilik (nikoh orqali) yoki birga istiqomat qilish orqali bogʻlangan odamlardan iborat ijtimoiy guruhdir. Koʻp jamiyatlarda Oila bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini o’taydi.
Oila – nikoh munosabatlarini, urug' ichi munosabatlari va urug'lararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir. Ongli oila bo'lib yashash dunyodagi barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir. Oila tarixining Odam Ato va Momo Havodan boshlangani rivoyat qilinadi. Barcha muqaddas kitoblarda keltirilgan ushbu ko'hna naql zamonaviy ilm-fan tomonidan ham o'z tasdig'ini topmoqda. Binobarin, muhabbat tarixi ham shu ko'hna rivoyatga tutashadi. «Sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida» deb yozganda shoir E. Vohidov haq edi. Genetika, biologiya fanlari qonunlariga ko'ra, har bir insonning o'zi bir olam, ular aslo biri birini takrorlamaydi. Ana shu biri ikkinchisiga o'xshamaydigan odamlarning, ya'ni er va xotinning ixtiyoriy ittifoqidan oila deb ataluvchi yangi bir olam, bu olamda o'z navbatida yana «yangi odam»lar – farzandlar vujudga keladi. Jamiyat shu tariqa barpo bo'ladi, rivoj topadi, ijtimoiy taraqqiyot vujudga keladi. «Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi ». SHuning uchun ham, oila muammolari, unda yuritiladigan ta'lim tarbiya masalalari azal-azaldan ilmu ijod ahlining
Oila — nikoh yoki tugʻishganlikka asoslangan kichik guruh. Uning aʼzolari roʻzgʻorining birligi, oʻzaro yordami va maʼnaviy masʼuliyati bilan bir-biriga boglangan. Oila ning eng muhim ijtimoiy vazifalari — inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, Oila aʼzolarining turmush sharoitini va boʻsh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular taʼsirida oʻzgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat oʻzgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni oʻrnatadi.Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud boʻlmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar toʻda-toʻda boʻlib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar mu-ayyan tartib-qoidaga ega boʻlmay, toʻdadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlariga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta-sekin muayyan tartibga solina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, soʻngra aka-uka va opa-singillar orasidagi jinsiy munosabatlar taqiqlanib guruxli oila paydo boʻlgan. Lekin, bu oila larda hali er-xotin nikohi bar-qaror alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan. Bu davrda tabiiy omil oʻz vazi-fasini tugalladi, yaʼni jinsiy munosabatlar doirasidan qonqarin-doshlar istisno qilindi, jinsiy munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatiga aylandi (yana k,. Patriarxal Oila, Poliandriya, Poligamiya, Poliginiya).
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual Oilaning oʻtmishdoshi — monogam oila vujudga kelgan (k,. Monogamiya).
Oila xalqning , jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa oila jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa oila qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek oilalarining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek oilalari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi.
Oilaning shakllanishi va rivojlanishi jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar bilan bevosita bog’liqligi, uning axloqiy, huquqiy va ijtimoiy omillari Sharq halqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, insofli bo‘lish, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, mehmondo‘stlik kishining odob-axloqini ko‘rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi.
Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to‘liq namoyon bo‘lgan taqdirdagina u ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi.Demakki, u jamiyat oldidagi, kishilar oldidagi insoniylik burchini ado etgan hisoblanadi. Burch muhim axloqiy-ma’naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish demakdir.
Burch — ado etilishi majburiy bo‘lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin bo‘lgan axloqiy qoidalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand oldidagi, jamiyat oldidagi burchi, farzandning ota-ona oldidagi burchi, nnsoniyatning o‘tmish merosini asrash va kelgusi avlodlarga etkazish burchi, millat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchi, tabiatni asrash burchi, Vatan oldidagi burch - majburiy vazifalardir.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo‘yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to‘y-tomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir».
Yuqoridagilardan. ko‘rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama yetuk farzandni tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.Jismonan yetuk, muayyan ma’naviy fazilatlarni egallagan, ijtimoiy va huquqiy burchini anglagan insonni shakllantirishda Oilaning roli Sharq halqlarida qadimdan kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzatda bo‘lish, insofli bo‘lish, rostgo‘ylik, xushmuomalalik, mehmondo‘stlik kishining odob-axloqini ko‘rsatib beruvchi qoidalar sifatida amal qilinib keladi. Bu axloq qoidalari har bir shaxsda to‘liq namoyon bo‘lgan taqdirdagina u ma’naviy barkamol shaxs hisoblanadi. Demakki, u jamiyat oldidagi, kishilar oldidagi insoniylik burchini ado etgan hisoblanadi.Vatan oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish demakdir.
Inson azaldan Alloh taolo tomonidan juft qilib yaratilgan bo‘lib ikki juftning bir bo‘lib nikoh asosida yashashiga oila deb aytiladi. Bir juft sifatida yashashlik xislati insonga odam aleyki salom va momo havodan me‘ros bo‘lib qolgan. Insonlarga juft sifatida bir oila bo‘lib yashashlik xosdir. Suyukli payg‘ambarimiz Muhammad sololohi aleyki va salam hazratlari “nikoh mening sunnatimdir kimki shu sunnatimga amal qilsa dining yarimini odo etibdi” deydilar. Darhaqiqat oila qurish insonlarga berilgan eng ulug‘ ne‘matlardan biridir. Inson oila qurib farzand tarbiyalash orqali jamiyat rivojiga va insonlarning ko‘payishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollohi aleyhi vassalam tomonidan rivoyat qilingan hadisda payg‘ambarimiz yigitlar jamoasiga yuzlanib “ey yigitlar jamoasi oralarigizdan kimda kim qodir bo‘lsa uylansin agar qodir bo‘lmasa ro‘za tutsin albatta ro‘za shahvatni qaytaradi” deb marhamat qilganlar. Bundan shunday saboq olsa bo‘ladiki nikoh qurishga qodir bo‘lgan yigitlarga nikoh qurish sunat amal hisoblanadi. Nikohga qodirlik deganda ham jismonan ham ma‘nan ham moddiy tomondan tushunmoq lozim, ya‘ni, yigit kishi voyaga yetib oilani moddiy taminlashga quvvatli bo‘lsa, hamda, ahliga zulm qilmaydigan va o‘zidan zurriyot qoldirishga quvvati yetadigan bo‘lsa oila qurishi lozimligi ta‘kidlanadi. Kimda kim qodir bo‘lmasa ro‘za tutsin deganda ro‘za tutgan insonning shahvati pasayib o‘z fajrini haromdan saqlashi oson kechadi. Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki “uch kishi payg‘ambarimiz sollolhi aleyhi vassalamning uylariga kelib u zotni zavjalaridan payg‘ambarimiz sollohi aleyhi vassalamning ibodatlari haqida so‘rab keldilar javob olganlaridan so‘ng uni oz sanaganday bo‘ldilar shunda ular biz qayoqdayu nabiyy salollohu aleyhi vassalam qayoqdalar u zotning o‘tganu qolgan gunohlari mag‘firat qilingan deyishdi. Ulardan biri men abadul abad tunlari namoz o‘qish bilan o‘tkazaman dedi, boshqasi esa men umrbod ro‘za tutaman hech qachon og‘zim ochiq yurmayman dedi, yana, boshqa biri men ayollardan chetda bo‘laman hech qachon uylanmanyman dedi Rasul olloh sololohi alayhi vassalam ularning oldilariga kelib shunday-shunday deganlar sizlarmi ammo ollohga qasamki men ollohdan eng qo‘rquvchirog‘ingizman va unga eng taqvodoringizman lekin ro‘za ham tutaman og‘zim ochiq ham bo‘ladi namoz ham o‘qiyman uxlayman ham, ayollarga uylanaman ham bu mening sunnatimdir bas kim mening sunnatimdir yuz o‘girsa mendan emas” ushbu hadisda uylanish nikoh qurish taqvo va ibodatga ziyon keltirmasiligi bayon qilingan. Rasul olloh sollohi aleyhi vassalamning “kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa mendan emas” degan so‘zlardan shuni anglash mumkinki imkoniyati bo‘la turib uylanmaslik, turmush qurmaslik mo‘min musulmon uchun mutlaqo to‘g‘ri emasligini ko‘rsatadi. Uylanmay oila qurmay yurish musulmonlarga xos ish emas. Uylanish oila qurish masalashi bizning xalqimizda azaldan qadriyat darajasida ulug‘lab kelingan. Dinimizda oila muqaddas ekanli agar bir oila buziladigan bo‘lsa butun arsh larzaga kelishi aytib o‘tilgan.

1.2. Oila paydo bo’lishining tarixiy asoslari.



Download 26,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish