Guruhli nikohda bir guruh erkaklari boshqa guruhning barcha ayollari uchun er va aksincha ikkinchi urug'ning erkaklari birinchi urug' ayollarining erlari hisoblangan.
Guruhli nikoh shaxsiy nikoh bo'lmagan, ya’ni unda biron bir doimiy "er xotinlik" juftlari mavjud bo'lmagan.
Tabiiyki guruhli nikohda u yoki bu bolaning otasi kim ekanligini aniqlash ham mushkul bo'lgan. Shuning uchun bolalarnirig kelib chiqishi faqat ona tomonidangina hisoblangan. Bolalar faqat o'z onasinigina bilishgan. Ularning singillari, singillarining bolalari, tug'ishgan aka-ukalari va boshqa qarindoshlar ona urug'ini tashkil qilgan. Keyinchalik guruhli nikoh doirasida o'zaro mayllar zaminida yetarlicha doimiy juftlar shakllana boshladi, bu taxminan 24-25 ming yillar ilgari yuzaga kelgan.
Ayrim erkaklarda ortiqcha mahsulot, shaxsiy mulkning paydo bo'lishi, oilaning shakllanishi tomon qo'yilgan yangi qadam bo'lgan sovg'a ayirboshlashni yuzaga keltirdi. Erkak kishi boshqa urug'dagi "o'z ayoliga" o’zining mukofotini" sovg'a qilgan, shuningdek ayol ham o’zinikini unga bergan. Toki ular o'rtasida sovg'a ayirboshlash davom etar ekan, erkak bilan ayol o'rtasidagi jinsiy aloqa davom etavergan. Sovg'a ayir-boshlashning to'xtalishi esa ular o'rtasidagi aloqaning ham tugashini bildirgan. Shunday qilib nikohning yana bir turi—individual juft nikoh yuzaga kelgan.
Ba'zi erkaklarning ayol va uning bolalari bilan aloqasi muntazam va uzoq muddatli bo'lib bordi.
Nihoyat qabilalararo nikoh zaminida doimiy o'rin olgan xo'jalik birligi
— jamoa tashkil topdi, unga erlar o'z xohishlari va ularning ayollari bolalari bilan birga kirdi. Erkaklar o'z opa singgillaridan, ayollar esa mos ravishda o'z aka-ukalaridan ajralishdi.Yangi iqtisodiy xo'jalik birligi yoki oilaning yana bir turi — juft oila yuzaga keldi, unga asosan er, xotin va uning bolalari kirdi.
2. "Avesto" da oila nikoh masalalari qanday bo'lgan?
"Avesto"da oila, er-xotin munosabatlari yetarli o'z ifodasini topgan. Unda ayolga munosabat, ayolning roli, vazifalari, nikoh qurish yosh davrlari belgilangan. Nikoh shartnomasi tuzilgan va undagi shartlarga ko'ra ayol huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axloqiy tomondan eri bilan teng huquqli bo'lgan.
Er xotinni teng huquqli, sevimli xotin va hurmatli shaxs sifatida oilasiga olib kirgan. Baynalminal nikohlarga qarshilik ko'rsatilmagan.
Nikoh shartnomasiga ko'ra er-xotinning roziligisiz takror uylanish yoki ayol kishini xizmatkorlikka olish huquqiga ega bo'lmagan. Nikoh shartnomasi, oilaning mustahkamligiga xizmat qilib, rashk hissini qo'zg'atuvchi, muloqot odobiga rioya etmaslik, shaxsiyatga tegish kabi salbiy hodisalarning oldini olishga qaratilgan.
Nikoh buzilishiga salbiy qaralgan, doimo ajralish oqibatida ayol va erkakning marifaatlari nikoh shartnomasida huquqiy kafolatlangan.
"Avesto"da ko'rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo'lgan.
II. Zamonaviy O’zbekistonda Oila instituti va uni mustahkamlashning huquqiy-axloqiy asoslari.
2.1. O’zbekistonda Oilaga bo’lgan munosabat va Oiladagi axloqiy tarbiya masalalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |