2. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha
sohalardagi ma’naviy yangilanish va tafakkur o„zgarishidagi o„rni va ahamiyati. "Kuchli
davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari" dasturiy vazifasining mazmunmohiyati shundan
iboratki, jamiyatning ijtimoiysiyosiy, ijtimoiyiqtisodiy qudrati mustahkamlanib, jamiyatning
siyosiyhuquqiy madaniyat saviyasi yuksalib borgani sari mamlakatni isloh qilishning tanlab
olingan shakli mantig‘ining o‘zi mamlakatni kelgusidagi demokratik yangilanish borasidagi
vazifalar va eng avvalo, boshqarishda fuqarolarning rolini kuchaytirish borasidagi vazifalarni
ilgari sura boshlaydi.
Bu, birinchi navbatda, davlatning rolini bosqichmabosqich va izchil kamaytirib borish
hamda bir vaqtning o‘zida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahallaning
vazifalari va vakolatlarini kengaytirish, aholining turli qatlam hamda guruhlari manfaatlarini
ifodalovchi va himoyalovchi siyosiy, ijtimoiy institutlarning rolini oshirishga doir masalalarga
tegishli. Shunisi ham o‘ta muhimki, ular markazda va joylarda davlat hokimiyatini
shakllantirishda, ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda fuqarolar ishtirokini
kengaytirish masalalariga ham tegishli.
Aholining keng qatlamlari qo‘llabquvvatlaydigan, xalq orasida chuqur ildizga ega bo‘lgan
mustaqil, mustahkam, barqaror, ixcham turlituman fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish
ham O‘zbekistonda rivojlangan bozor iqtisodiyoti bilan demokratik jamiyat qurishning eng
muhim tarkibiy qismiga aylanmoqsa. Xalqning an’analari va madaniyatini aks ettiruvchi,asrlar
davomida shakllangan o‘zini o‘zi boshqarish tajribasi zamonaviy demokratik jarayonlarga ham
o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
2008 yilning yanvaridan kuchga kirgan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy qonun bu boradagi imkoniyatlarni yanada
kengaytirdi. Mazkur qonun mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
qurish yo‘lidan izchil va olg‘a qarab borishida yana bir muhim qadamdir.
Umuman olganda, O‘zbekistonda o‘zining yangilanish va taraqqiyot modeli asosidagi
davlat va jamiyat qurilishi tizimini rivojlantirish quyidagilarga imkon yaratdi:
birinchidan, ijtimoiysiyosiy va ijtimoiyiqtisodiy tizimni isloh qilish va modernizatsiyalash
jarayonlarining bosqichmabosqichligi va izchilligini ta’minlash;
ikkinchidan, milliy an‘analar va qadriyatlarni avaylabasrashni ko‘zda tutuvchi milliy
davlatchilikni tiklash;
uchinchidan, huquqiy davlat qurilishining ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari va tamoyillarini
belgilash hamda davlat va jamiyat institutlari tizimining yanada shakllanishi,
mustahkamlanishiga ko‘maklashish;
to‘rtinchidan, ta’sirchan ko‘ppartiyaviylik tizimi va boshqa jamoat tashkilotlarini vujudga
keltirish, davlat markaziy organlarining ayrim vakolatlari va vazifalarini mahalliy hokimiyat
organlari, ijtimoiy tuzilmalar, fuqarolarning o‘zinio‘zi boshqarish organlariga bosqichmabosqich
va izchil o‘tkazishni ko‘zda tutuvchi "Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari"
konsepsiyasini hayotga joriy qilish.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda siyosiy sohadagi islohot va modernizatsiya
strategiyasini amalga oshirish erkin saylovlar va siyosiy partiyalarning jahon andozalari va
jamiyatimiz taraqqiyoti tamoyillariga mos yangi tizimi shakllanishiga olib keldi. Bu
o‘tkazilayotgan islohotlarning tizimliligi, izchilligi va uzviy bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi.
Jamiyat hayotida yangi goyalar tizimini shakllantirishning asosiy tamoyillari orasida
umuminsoniy jihatlar va milliy xususiyatlarga tayanish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jarayon ana shu ikkita omil asosida amalga oshayotganligi va ularning har biriga xos
rivojlanish qonuniyatlarini o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan
mamlakatimizga xos yangi g‘oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib
turadi:
tarixiylik, ya’ni shu sohada insoniyat taraqqiyotining hozir gi davrgacha o‘lgan
yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqi mizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy
faoliyati natijalaridan, milliy qadriyatlari, ma’naviy boyliklari va an’analaridan unumli
foydalanish;
tizimlilik jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, ma’naviyma’rifiy sohalarida
amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash;
ijtimoiy o‘zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‘tmishdan bugun orqali kelajak tomon
uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy
jihatlar va xususiyatlarga ega bo‘lganlarini ajratib olish, tanlash va ularni hayotga tadbiq etish;
umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham yangi g‘oyalar tizimi shakllanishi da muhim
o‘rin tutadi. Jamiyatimizni yangilashda, bir tomondan, yurtimiz tarixi, milliy an’analar va
xalqimizning o‘tmishda to‘plagan tajribasi, ikkinchi tomondan esa, bugungi dunyoda ro‘y
berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu, avvalo, O‘zbekistonni jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va xalqaro munosabatlarning
teng huquqli a’zosi sifatidagi o‘rni, mavqeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‘lmoqda;
yangi g‘oyalar tizimi shakllanishi ko‘pmillatlilik va ko‘p konfessiyalik sharoitida
jamiyatning barcha a’zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‘rikenglik
tamoyiliga ham asoslanadi. Bu tamoyil istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakat hayotini
demokratlashtirish va liberallashtirishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas;
an’anaviylikka tayanish va yangilanishga intilish tamoyili ham O‘zbekistonda yangi
g‘oyalar tizimi shakllanishi jarayonining tarkibiy qismidir. Ya’ni, O‘zbekiston misolida yangi
g‘oyalar tizimi shakllanishi jarayonini ilmiyfalsafiy nuqtai nazardan o‘rganish, uning birbiri
bilan uzviy aloqador tushunchalar, chunonchi, "an’ana va yangilanish", "inkor va vorislik"
bog‘lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‘rsatadi. Xuddi shu ma’noda, istiklol , ning
dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz hayotiga xos o‘zgarish va yangilanishlar jarayonining
asosiy tamoyillari sifatida "Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik", "O‘tmishni yozg‘irishdan
ko‘ra ezgulik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik yo‘lidan og‘ishmasdan borish» to‘g‘risidagi
xulosalar asos qilib olingani bejiz emas.
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Uzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2010 yil) "Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi" haqidagi ma‘ruzasi bu borada yangi bosqichning boshlanganini anglatadi. Ushbu
Konsepsiya hozirgi davrda jamiyatimizni bosqichmabosqich yangilash, mamlakatni isloh etish
va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o‘rin olishiga xizmat qiladigan jarayonning umumiy
tamoyillari va xususiyatlariga asoslangan yaxlit tarixiy hujjatdir. U istiqlol yillarida
mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlarning mantiqiy natijasi, jamiyat hayotini
yangilash yo‘lidagi muhim qadamdir.
Konsepsiyada o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday
o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishilgani, yurtimizning ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini
barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Bu
borada xalqimiz oldiga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan
demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini
yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’yharakatlarga bugungi
kun nuqtai nazaridan xolisona baho berildi.
Mazkur Konsepsiyaning tahlili bugungi kunda mamlakatimizda yangi g‘oyalar tizimining
shakllanishi yana quyidagilarda namoyon bo‘layotganidan dalolat beradi:
qonunchilik hokimiyati bo‘lmish parlamentning roli va ta’sirini kuchaytirish,
hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib, barqaror
muvozanatga erishish;
hokimiyatning barcha tarmoqlari qatori sudhuquq tizimini yanada liberallashtirish;
demokratik yangilanish jarayonini chuqurlashtirish va fukarolarning erkinliklarini
ta’minlash, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining o‘rni hamda ahamiyatini yanada
oshirish;
bu jarayonning muhim sharti ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun
demokratik andozalarni joriy etish bo‘yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirish;
bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida kuchli
ijtimoiy himoya siyosatini yanada samaraliroq amalga oshirishga erishish.
Ushbu Konsepsiyani amaliyotga tadbiq etishda quyidagilarga e’tiborni oshirish zarur.
Birinchidan, bu borada mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va
jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarimizda
milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish muhim
ahamiyatga molik. Bu esa yurtimizda barpo etilayotgan jamiyatda hokimiyatning barcha
tarmoqlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolik institutlari faoliyatining samarasini oshirishga
jiddiy e’tibor qaratilayotganini anglatadi. Bu, o‘z navbatida, yuksak siyosiy madaniyatga ega
bo‘lishni, hayotni erkinlashtirish orqali fuqarolardan o‘z manfaatlarini davlat va jamiyat
manfaati bilan uyg‘unlashtirishni talab qiladi.
Ikkinchidan, jamiyatimizdagi turli manfaatlar, xilmaxil kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi
muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni takomillashtirish, siyosiy hayotda haqiqiy
ma’nodagi ijtimoiy sherikchilik tamoyilini qaror toptirish ham dolzarb masalalar qatoriga kiradi.
Uchinchidan, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun yanada
kengroq shartsharoit yaratish, hokimiyatning konstitutsiyaviy bo‘linish tamoyiliga qat’iy amal
qilish, jamiyat a’zolarining barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini, tashabbus erkinligini ro‘yobga
chiqarish uchun zarur imkoniyatlarni ishga solish islohotlaijarayonining tarkibiy qismiga
aylandi. Bu mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga asoslangan, qonun ustuvorligi tamoyili
asosida ishni faol tashkil qiladigan, o‘z mohiyatiga ko‘ra, jamiyatning olg‘a siljishiga xizmat
qiladigan samarali tizimni yanada takomillashtirish demak.
To‘rtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
faoliyat doirasini kengaytirish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquqi va nufuzini oshirishni
ko‘zda tutadigan "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" konsepsiyasini amalga oshirish
zaruratini yanada chuqurroq anglash, bu borada mamlakatni yanada demokratlashtirish hamda
modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish lozim. Bu hech qaysi zamonda
osonlikcha hal bo‘lmaydigan, odamlarning tafakkuri va dunyoqarashi o‘zgarishini taqozo
etadigan, jamiyatni tubdan yangilashni talab qiladigan serqirra va murakkab jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |