O„zbekiston respublikasi


Ma’ruza. Tafakkur o„zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g„oyaning roli



Download 0,51 Mb.
bet70/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

Ma’ruza. Tafakkur o„zgarishi va ma’naviy yangilanishda milliy g„oyaning
roli


Reja:

  1. Bozor munosabatlariga o‘tishning inson tafakkuriga ta'siri.

  2. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili, uning barcha sohalardagi
    ma’naviy yangilanish va tafakkur o‘zgarishidagi o‘rni va ahamiyati.


  3. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarining yangi dunyoqarash va zamonaviy
    tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati.


  4. Milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy yuksalishning strategik va taktik vazifalari.

Tayanch so„zlar.
Bozor munosabatlariga o„tishning inson tafakkuriga ta’siri. Tafakkurga jamiyat, maktab,
oila va tarbiyani amalga oshiruvchi boshqa omillar ta’sirining o„zaro nisbati. Milliy g’oyaning
tafakkur konservatizmini bartaraf qilishdagi o„rni.

Milliy g’oya qonun ustivorligiga asoslangan demokratik davlat va erkin fuqarolikjamiyati
barpo etishning asosiy omili. Davlat boshqaruvini demokratlashtirish va jamiyat hayotini
modernizatsiyalashning g’oyaviy asoslari. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari ”
tamoyili, uning barcha sohalardagi ma’naviy yangilanish va tafakkur o’zgarishidagi o„rni va
ahamiyati.



l.Bozor munosabatlariga o„tishning inson tafakkuriga ta’siri. Dunyoda yangi
jamiyatni barpo etish va unga mos g‘oyalar tizimi-ni shakllantirishning tayyor andozasi yo‘q. Bu





borada hatto ja-hondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‘la-to‘kis qo‘llash
qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi
va taraqqiyot tamoyillari boshqa davlatnikiga aynan o‘xshamaydi. Ba’zi mamlakatlarda
yaxshigina samara beradigan g‘oyaviy tamo-yillar o‘zga davlatlarda hech qanday natija
bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin.

Shu bois yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin taraqqiyot tamoyillari tanlab
olinayotganida rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan birga, xalqimizning tarixiy qadriyatlari,
mentaliteti, turmush va tafakkur tarzi, milliy davlatchilik an‘analari, xalqimiz boshidan
kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi.

Vatanimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgach, hayotimizda tub o‘zgarishlar yuz berdi, xalqimiz
tabiati va dunyoqarashiga yot bo‘lgan mustabid tuzum va uning mafkurasi barham topdi. O‘z
umrini o‘tab bo‘lgan eski mafkura o‘rnida yangi ijtimoiy munosabatlar, xalqning asl
maqsadmuddaolarini ifoda etuvchi ilg‘or va bunyodkor ta’limot milliy istiqlol g‘oyasi
shakllandi.

Yurtimizda shakllanayotgan yangi g‘oyalar tizimining asoslari qanday yaratildi? Ushbu
yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat? Prezident Islom Karimovning asarlarida,
ayniqsa, «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch" kitobi va "Mamlakatimizda demokratik
islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi"da ushbu
savollarga to‘liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor
ko‘pdanko‘p siyesiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy vazifalarni amalga oshirishni takrzo etmokda.

Insoniyat tarixida ro‘y bergan turli voqealar, islohotlar va tub burilish jarayonlarining
tahlili shundan dalolat beradiki, hech bir mamlakatda yangi jamiyat barpo etish va unga mos
g‘oyalar tizimini shakllantirish, birdaniga, bir kunda amalga oshib qoladigan oddiy hodisalar
emas. Balki bu har bir davlat va jamiyat hayotida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviyma’rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan
muddatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarning natijasidir.

Ma’lumki, sobiq totalitar g‘oya va yakka mafkura tizimi yangi jamiyat qurish talablariga
mos kelmasligi tabiiy edi. Shu sababdan ham o‘tgan yillarda jamiyatimiz hayotining barcha
sohalarida bo‘lgani kabi, g‘oya va mafkura sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mazkur
jarayonning mazmunmohiyatini belgilaydigan asosiy jihatlar mamlakatimizda amalga oshirilgan
tub islohotlar va o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liq.

Bu, avvalo, sobiq ittifoqning parchalanishi va mamlakatimiz mustaqilligining qo‘lga
kiritilishi tasodif yoki "fojia" emas, balki totalitar tuzum va kommunistik mafkuraga xos ko‘plab
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ziddiyatlar asosida sodir bo‘lgan qonuniyat ekanidan dalolat beradi.
Shu ma’noda, mustaqillik oson va o‘zo‘zidan qo‘lga kiritilmagan, ya’ni O‘zbekistonning
istiqloli kimningdir in’omi emas, balki muttasil kurashlar natijasida qo‘lga kiritilgan ulkan
tarixiy yutuqdir.

Mamlakatimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab o‘zi uchun bozor
munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishga
qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab oldi. Bu xalqimiz va jamiyatimiz tarixi
hamda bugungi hayotini belgilaydigan tadrijiy xususiyatlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish,
hozirgi zamonda butun dunyo va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan jarayonlarning kelajagini
oldindan ko‘ra bilish asosida tanlab olingan taraqqiyot yo‘lidir. Mazkur taraqqiyot yo‘li, o‘z
navbatida, islohotlarning dastlabki yillaridan boshlab, boshqa mamlakatlarda turli sohalarda ro‘y
bergan shoshmashosharlik va buzilishlarning oldini olish imkonini berdi, demokratiyaning
xalqarb andozalari hamda milliy an’analarga sodiqlikning asosiy omili bo‘ldi.

Shu ma’noda, O‘zbekistondagi bugungi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
fuqarolik jamiyati barpo etishda ham ana shunday omillar ta’sirini, mazkur jarayonning samarali
kechishini taminlayotgan bunyodkor g‘oyalar ahamiyatini anglab olish nihoyatda muhim. Zero,
yangi g‘oyalar tizimining shakllanishi respublikamiz milliy mustaqillikka erishganidan buyon
uzluksiz ro‘y berayotgan barcha ijtimoiyiqtisodiy, siyosiyhuquqiy va ma’naviyma’rifiy
islohotlarning asosiy bo‘g‘ini, ularning mazmunmohiyatini belgilovchi mezonlardan biridir. Bu





jarayon dastlabki yillarda sobiq ittifoqqa xos bo‘lgan totalitar tuzum, yakka mafkuraga
asoslangan siyosatning tanazzuli, fikr qulligi va qaramligiga tayanadigan ijtimoiy tafakkur
tamoyillaridan voz kechish sifatida ro‘y berdi. O‘sha davrda jamiyatda ana shu tuzum o‘rnida
shakllanayotgan yangi davlat va jamiyatning tarkibiy qismlarini yaratish, bunda yangi g‘oyalar
tizimiga xos bo‘lgan umuminsoniy andozalar va milliy xususiyatlardan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etgan edi.

Mustaqillikni mustahkamlash jarayoni bu vazifalarni muttasil hal qilish, g‘oyaviy tarbiya
ishlarini doimiy olib borish, o‘sibunib kelayotgan yosh avlod mafkuraviy immunitetini uzluksiz
shakllantirib turishni zaruratga aylantirdi. Mamlakatimiz rivojlanishiga xos g‘oyaviy
tamoyillarning hayotbaxshligi taraqqiyotning o‘zbek modelini amalga oshirishda yaqqol
namoyon bo‘ldi. Jahonda tan olingan bu modelning ratsional mag‘zi jamiyatni inqilobiy tarzda
emas, balki evolyutsion tadrijiy ravishda isloh etish g‘oyasini bosqichmabosqich amalga
oshirishni nazarda tutadi. Uning ko‘pchilik boshqa milliy modellardan farq qiladigan xususiyati
shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma‘nodagi yangi jamiyatni barpo etish
modelidir. Bu borada jahon tajribasida mavjud bo‘lgan Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya,
Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy kabi mamlakatlarning taraqqiyot modellari ko‘proq iqtisodiy
modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas.
Ushbu mamlakatlarning birortasida, iqtisodiy islohotlar davrida, milliy davlatchilikni, madaniy
meros va ona tilini qayta tiklash singari masalalar ham dolzarb bo‘lmagan (faqat Janubiy
Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan). Ulardan farqli ravishda, o‘zbek modeli
iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish bilan birga, davlat qurilishi, jamiyatni
demokratiyalashtirish, mulkdorlar sinfini, xususan, o‘rta sinfni shakllantirish, kadrlar tayyorlash,
madaniy meros va ma’naviyat bilan bog‘liq boshqa ko‘plab sohalarni qamrab oladi. Bu uning
o‘ziga xos ustuvor xususiyatlaridan biri bo‘lib, uni amalga oshirishda jamiyatni isloh etishning
chuqur ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyili muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish