Milliy g„oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla,
nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati. Mamlakatimiz istiqboli,
birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi texnika va texnologiyani, milliy
va umuminsoniy ma’naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur egallashiga bog‘liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda,
oliy o‘quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga
befarq qarashlari mumkin emas. yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki
ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‘ylash,
ko‘ra bilish ustivor ahamiyatga ega.
Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash ham katta ahamiyatga ega.
Biror ish bilan band bo‘lishga o‘rgangan yoshlar mehnatsevar bo‘ladilar, ularda juda
yoshligidanoq ma’lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‘sh vaqtlarida, ular o‘zlari sevgan ish
bilan shug‘ullanishga o‘rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo‘ya ishlar
bilan shug‘ullanishga vaqti ham bo‘lmaydi.
Odobli, mehnatsevar, sabr-toqatli farzandlar Ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo‘shadi,
halol mehnati bilan jamiyatda o‘z o‘rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan meros bo‘lib
qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O‘zbek xalqi maqolida
aytilganidek, meros yo’li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan
ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. yoshlar
o‘z mehnati, peshona teri bilan topgan boylikni ko‘proq qadrlaydilar.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan
tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar tizimiga qay
darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‘zi oldida shirin farzandlari bilan
bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy
bog‘langan kelajagi ham turmog‘i kerak.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an’analarga, bu boradagi
umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e’tiborga olganida yaxshi
natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko‘proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog‘liq
bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo’nalishi, usullari esa o‘zgarib, yangilanib,
takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
ma’naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi.
Shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda,
ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni
tarbiyalash O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga
va maqsadiga aylandi76.
Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq yana bir masalaga ham e’tibor berish
kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda
shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida
qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining
barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar
76 O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat. T.: «Ijod dunyosi» nashriyoti, 2002. -B. 20.
uyg‘unligi asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-
tarbiya ishlari yo‘nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning
asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul
Banotning milliy tarbiya an‘analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma‘no bor. U shunday
deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go‘zal
tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin77.
Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so‘zi bilan ishi bir
bo‘ladi. Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada Ota-onaga hamda qolaversa
tarbiyachilarga bog‘liqdir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tilgan hozirgi sharoitda oila va
undagi Ota-onaning farzand tarbiyasida mas’uliyati yanada oshdi, deb aytishga to‘la asosimiz
bor.
Shaxs ma‘naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e‘tiqodiga aloqador
ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda oila - haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i,
mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar
inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona
mehri orqali amalga oshiriladi.
—Har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi Prezident I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi,
avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‘liqdir.
Oilaning jamiyatdagi o‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan,
oilaga milliy manfaat nuqtainazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata
olmaymiz»78. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida ham bu
masalaga alohida e’tibor qaratib: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish
va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir”79, deydi.
Binobarin, jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat
emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy
talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‘tish
davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo’lida
birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir
oilasiga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil
mafkuraviy tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi80. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat
hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g‘oyat xilmaxil
qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik totuvlik,
o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |