Reja:
—Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo‘lish shakllari. Mafkuraviy
tarbiya tizimi, uning subyekti va obyekti.
Ta’lim tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari.
Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla, nodavlat
notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati.
Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib tashviq qilishda mutaxassislar roli va ma’suliyati.
Kadrlarning salohiyatini oshirishda "O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni"
va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiq etishning
ahamiyati.
Tayanch so'z.lar
Dunyoning elitar mafkuraviy tizimi. G„oyaviy ta’lim-tarbiya va targ„ibot-tashviqot
ishlariga komplekssistemali yondashish tamoyillari.
"Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo„lish xususiyatlari.
“Mafkuraviy ta’sir”, “mafkuraviy tarbiya” va “mafkuraviy profilaktika” tushunchalarining
o„zaro aloqadorligi. “Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch” asarida ma’naviy tarbiya, ezgu
g„oyalarga ishonch va sadoqalni tarbiyalash masalalari. G„oya va mafkuralar sohasidagi
plyuralizm va tolerantlikni tarbiyalash. Ijtimoiy subyektlar, turli qatlamlar, partiyalararo
munosabatlar uyg„unligini saqlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda mafkuraviy
tarbiyaning ahamiyati.
1.“Mafkuraviy tarbiya” tushunchasi, uning mazmuni va namoyon bo„lish shakllari.
Mafkuraviy tarbiya tizimi, uning subyekti va obyekti. Har qanday davrda mustaqillikka
erishgan va uni mustahkamlash yo‘lidan borayotgan mamlakatda shakllanayotgan yangi g‘oyalar
tizimining mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga singdirish zarurati
saqlanib qoladi. Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarni
mafkuraviy tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, milliy qadriyat va an’analarga muhabbat
tuyg‘ularini shakllantirishni nazarda tutadi. Shu asosda shakllangan zamonaviy fikrlash va
yangicha tafakkur aynan mus-taqillik g‘oyasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va
e’tiqod mahsuli bo‘lib hisoblanadi.
Xar qanday g‘oyani aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishda shu sohada olib boriladigan
targ‘ibot va tashviqot, ta’lim-tarbiya jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, eng
rivojlangan mamlakatlarda ham aholining 15%-20%ga yaqin qismi ta’lim tizimi bilan qamrab
olingan. O‘z-o‘zidan bu tizim doirasida yoshlarga g‘oya va mafkura sohasidagi bilimlar ham
singdiriladi. To‘g‘ri, dunyo mamlakatlarida aholini ta’lim tizimi bilan qam-rab olish darajasi bir
xil emas. Ammo, bu mazkur tizimning g‘oya va mafkura tarbiyasida muhim o‘rin egallashi
to‘g‘risidagi xulosani yo‘qqa chiqarmaydi. Muayyan mamlakatda ta’lim tizimi aholining
kanchasini qamrab olgan bo‘lmasin, qolgan qismi orasida ham ma’rifiy faoliyat, targ‘ibot va
tashviqot olib borish zarurati saqlanib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |