O„zbekiston respublikasi


Ta’lim tarbiya tizimida milliy g„oyani rivojlantirish imkoniyatlari



Download 0,51 Mb.
bet76/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
DILMUROD

2.Ta’lim tarbiya tizimida milliy g„oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ta'lim


muassasalari O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasi, o‘zbek xalqining buyuk davlat
barpo etish borasidagi maqsad-muddaolari, milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlar qalbi va ongiga
singdirishning ustuvor yo‘nalishlariga xizmat qiladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha
sohalarini qamrab olish, ta‘-lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqotning samarali usul va vositala-ridan
oqilona foydalanish taqozo etiladi. Bunda Kadrlar tay-yorlash milliy dasturi asosida o‘quvchi-
talabalar ongida milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz
tarzda olib borish, ta'lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy
istiqlol mafkurasi-ni singdirishda differensial pedagogik-psixologik dasturlar yaratish, o‘quv
dasturlari, darslik va qo‘llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini teran aks ettirish,
maktab, litsei, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiya-ni bugungi kun talablari
darajasiga ko‘tarish, pedagog kadrlar-ning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish
muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlardir.
Ta'lim-tarbiyaning har bir bosqichi, o‘z navbatida, milliy g‘oyalarni yoshlar qalbi va
ongiga singdirishning o‘ziga xos omil-larini nazarda tutadi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari. Bu o‘rinda har bir ota-ona-ning o‘z farzandining
maktabgacha tarbiyasi uning keyingi taraqqiyot davrida qanchalik ahamiyat kasb etishi, bu davr
uzluksiz ta'lim va tarbiyaning muhim bosqichi ekanini anglab yetishiga erishish zarur. Bunda
oilaning maktabgacha ta'lim muassasalari tizimiga izchil uyg‘unlashuviga erishishni nazarda
tutish kerak Bu davrdagi barcha maktabgacha ta'lim-tarbiya muassasalari bolalardagi umumiy
sa-vodxonlik va maktabdagi ta'lim-tarbiyaga tayyorlash jarayonining muhim va zaruriy bosqichi
sifatida qaralishi lozim.

Bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv
yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan
mafkuraviy ta'lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha
adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahami-yat kasb etishi lozim. Shu bilan birga, Vatanga
sadoqat tuyg‘usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‘otish, milliy qad-riyatlarni hurmat
qilish va e'zozlash, ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash, oilaning vatanparvarlik hissini
tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish, mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish
maktabi ekanini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, umuminsoniy
qadriyatlarning mil-latlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or
madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‘zaro qarama-
qarshi emasligini anglatish, ma'rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi
imkoniyatlari kengligini isbotlovchi dalillar kel-tirish, siyosiy va huquqiy madaniyat sog‘lom
dunyoqarashning mu-him omili ekanligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ko‘paytirish bu boardagi
zarur bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.

Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmay-di. Shuning uchun ham
mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta'lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish
ti-zimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e'tibor qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida maktab ta'limi, ayniqsa, umumta'-lim
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e'tiborni kuchaytirish kun tartibidagi
eng muhim va jiddiy masalaga aylangan edi. Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha
shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida
tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma'rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirda ikki-uch
tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o‘z
iste'dodi va salo-hiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlar misolida ma'naviyat-ning
yuksalishini kuzatish mumkin va tabiiyki, bunday sharoit-da goyaviy tarbiya mezonlari ham
davrga muvofiqlashib boradi.

XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari
bilan birga ta'lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan
ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.





Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o‘z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Ta’lim samaradorligi
o‘quvchi
bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan
xolda
yangi o‘qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish
uchun imkoniyat yaratadi.

Navqiron avlod davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot
mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan,
bizning o‘z oldimizga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni
bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib
shakllantirish, voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali
vazifalardan biridir.

Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo‘lsa, ayni vaqtda
mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat
qilishi
ko‘zda tutilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‘oyaviy
uyg‘unlik - ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish
zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda o‘tmish allomalari, mutafakkirlarining
ma’naviy meroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g‘oyat
beqiyosdir.

Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va
tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yili maxsus
qaror qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish,
mamlakatdagi kutubxonalar tarmog‘ini tubdan takomillashtirish edi.

Mazkur qarorda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko‘p sonli umumta’lim
maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko‘zda tutildi.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish