Maktabgacha ta'lim
Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil aprel oyida malaka oshirish bo'yicha
Quvasoy shahar Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
18-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Ismatullayeva Xurshida Dilmurodovnaning
"ILK QADAM " davlat o'quv dasturi
bo'yicha Fevral oyining
“O’zbekistonning buyuk siymolari”
mavzusidagi mashg'ulotni tashkil etish va o'tkazish metodikasi yuzasidan
BITIRUV LOYIHAVIY ISHI
Qo’qon-2022
Reja:
Kirish
Abdulla qodiriy hayoti va ijodi
Amir Temur
Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi.
Nodira hayoti va ijodi
Zulfiya hayoti va ijodi
Hulosa
Kirish.
Hozirgi davr, ya’ni “miliy o‘zlik”ni anglashning o‘sib borishi yosh avlodda – ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida shakllanib borayotgan milliy tuyg‘ularni yanada o‘stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo‘nalishini joriy qilishni taqozo qiladi. Milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o‘zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Shu jumladan, birinchi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi”. Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin egallaydi. Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi. Shu bois vatan-tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari, milliy g‘urur, mustaqillik g‘oyasi hamda mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |