O„zbekiston respublikasi


Dunyoda tinchlik o„rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy- siyosiy hamkorlik g„oyalarining ustuvor ahamiyati



Download 0,51 Mb.
bet69/81
Sana05.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#740808
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
DILMUROD

5.Dunyoda tinchlik o„rnatishda barqaror demokratik taraqqiyot, erkinlik, ijtimoiy-
siyosiy hamkorlik g„oyalarining ustuvor ahamiyati.
Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish
tarixi, ayniqsa, globallashgan dunyo voqeligi shundan dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir
davlatdagi mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib ketmaydi. Bir qancha
sabablarga ko‘ra, bunday mojaro nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar.
Bu esa ertamikechmi, qo‘shni davlatlar uchun talay salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi, jiddiy
muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘yishi, hatto, mintaqadagi vaziyatni butunlay izdan chiqarishi
mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mojaroning yashirin va oshkora tarzda
baynalmilallashuvi tanglikni chuqurlashtiradi. Chunki turli maqsadlarni ko‘zlaydigan va tanglik
mavjud bo‘lgan hududda o‘z manfaatlarini ta’minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt
shay turadi.

Markaziy Osiyoning ba’zi mamlakatlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, taraqqiyot sari
qadam tashlayotgan hozirgi sharoitda ham jahondagi ma’lum bir siyosiy kuchlar, mafkuraviy
poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geosiyosiy mavqega ega bo‘lgan bu mintaqani o‘z
manfaatlari doirasiga tortish harakatlaridan to‘xtagani yo‘q. Ular o‘z maqsadlariga erishish
uchun ta’sir va bosim o‘tkazishning barcha shakllarini qo‘llamoqda. Jumladan, Markaziy Osiyo
mamlakatlarining o‘zaro munosabatlari jarayoniga to‘sqinlik qilish, ularda turli sabablarga ko‘ra
(masalan, transchegaraviy daryolar tufayli) birbiriga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‘otish
kabi mafkuraviy ta’sir o‘tkazish holatlari sodir bo‘layotganini ta’kidlash mumkin. Shu maqsadda
mintaqada tarixan shakllangan ijtimoiyiqtisodiy, madaniy, ma’rifiy aloqalarni izdan chiqarish,
do‘st va qardosh davlatlar, xalqlar va millatlar o‘rtasiga nizo solish, keskinlik o‘choqlarini
keltirib chiqarish uchun turli g‘oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmoqda.
Ayniqsa, xalqlarimiz dunyoqarashi va ma’naviyatida islom dinining mustahkam o‘rin





egallaganidan foydalanib, ularga islomiy "saboq" berish, islomni qayta tiklash bayrog‘i ostida
mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan
qo‘poruvchilik harakatlari sodir etilmokda.

Aslida "fundamentalizm" va "ekstremizm" g‘oyalarining Markaziy Osiyoga kirib
kelishidan ko‘zlangan maqsad diniy qadriyatlarni qaytadan tiklash emas, balki ana shu
g‘oyalardan vosita sifatida foydalanish orqali mintaqada beqarorlikni, diniy va millatlararo
nizolarni vujudga keltirish, oxiroqibat esa hokimiyatni qo‘lga kiritishdir. Bu urinishlarda tuzatib
bo‘lmas fojialarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, tarix sahifasida qolib ketgan xalifalikni tiklash
g‘oyasiga ham zo‘r berilmoqda. Ana shu yo‘lda islom fundamentalizmi vakillari, hatto diniy
e’tiqod darajasida, inson qalbi ma’naviy boyligining ajralmas qismi bo‘lgan milliy o‘ziga
xoslikni "qurbon" qilish g‘oyasidan ham toymayapti. Aynan ana shu xattiharakatlar bugungi
kunda o‘z mavqeidan butunlay mahrum bo‘lgan marksizmleninizm ta’limotini eslatib turadi.
Masalan, Rossiyada marksistlarning eng jangari oqimi bolsheviklar millati va irqidan qat’i
nazar, dunyoda yashayotgan barcha xalqlarni birlashtirish g‘oyalarini ilgari surib, terror yo‘li
bilan hokimiyatni qo‘lga kiritgan edi. Ularning asosiy fojialaridan biri ham milliy va diniy
omillar hamda tadrijiy taraqqiyot tamoyillari ahamiyatini tan olmaganlarida edi. Shuning uchun
ham ular tarixda zo‘ravon ekstremistik g‘oyalar targ‘ibotchi va amaliyotchilari sifatida nom
qoldirdi.

Bugun diniy ekstremizm hamda fundamentalizm tarafdorlari tomonidan Markaziy
Osiyoda olib borilayotgan qo‘poruvchilik hamda terroristik harakatlar ham ana shunday maqsad,
yo‘l va uslublarga tayanmoqda. Diniy ekstremizm va fundamentalizmning mintaqamiz, xususan,
mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug‘dirayotganini Prezidentimiz teran anglab, bu qanday
dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda 1999
yil fevral fojialari sodir etilmasdan ikki yil oldin Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov
"O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari" nomli fundamental asarida shunday deb yozgan edi: "Ko‘plab siyosatchilar, olimlar,
jurnalistlar XX asr oxirida yuz bergan "islom uyg‘onishi", "qayta islomlanish", "islom
fenomeni" va boshqa turlituman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib
berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, e’tiborni
jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog‘i ostida ro‘y berayotgan
hodisalar g‘oyat xilmaxil, ko‘p qirrali, ba’zan ziddiyatli va hatto qaramaqarshi qutbli ekanligiga
qaratmoqchiman. Shu bilan birga, aniqravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta
qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin
hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba’zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko‘zga
tashlanmokda.

Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o‘ta keskin ko‘rinishlar jiddiy mojarolarni,
ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi
insoniyatni cho‘chityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar anchamuncha to‘planib qolgan.
O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai
nazaridan qaraganda, bu hodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug‘dirmoqda" . Bu fikr haqiqat
bo‘lib chiqdi. Ekstremistlar 1999 yilning 16 fevralida o‘zlarining qora niyatlariga erishish
maqsadida Toshkentda qo‘poruvchilikni amalga oshirdi. Bu qo‘poruvchilik harakatlari orqasida
katta kuchlar borligi ayon bo‘lib, ularning maqsadi, Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek,
xalqimizning tinchligini buzish, qo‘rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga
ishonchini so‘ndirish, amalga oshirayotgan ulkan ishlarga zarba berishdan iborat edi.

Xo‘sh, nima uchun bu fojialar O‘zbekistonda sodir etildi, uning Markaziy Osiyodagi
boshqa davlatlarga ta’siri bo‘lishi mumkinmidi? Buning asosiy sababi shuki, yurtimizda olib
borilayotgan siyosatning yutuqlari jahon jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda. Nisbatan
qisqa davr ichida O‘zbekiston ijtimoiysiyosiy jihatdan barqaror, umuminsoniy qadriyatlar
ustuvor bo‘lgan, ma’naviy meros va diniy qadriyatlarni tiklab, inson huquqlarini ustuvor soha
darajasiga qo‘tara olgan mamlakatga aylandi. Xalqining Prezideshta, davlatga ishonchi
nihoyatda mustahkam bo‘lgan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda barkarorlikni ta’minlash va





mintaqa davlatlarining o‘zaro integratsiyalashuvi jarayonida yetakchilik qilmoqda. Xuddi mana
shu goyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omillar xalqimiz va mamlakatimiz taraqqiyotining
dushmanlarini vahimaga solmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikning naqadar zarurligi,
umummintaqaviy mafkuraviy tamoyillarga ehtiyoj O‘zbekistonning bu jarayondagi o‘rni va roli
naqadar katta ekanligi Qirg‘izistonda, uning janubida, O‘sh va Jalolobod hududlarida ro‘y
bergan mojarolar misolida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Turli muammolar va mojarolar
iskanjasiga tushgan bu joylardan hayoti xavf ostida qolgan 150 mingdan ortiq qochoqlar
mamlakatimizdan o‘z yurtlariga qaytib ketganlariga qadar boshpana topdilar. Markaziy Osiyoni
"yoqib" yuborish mumkin bo‘lgan urush xavfining oldi olindi, mamlakatimiz aholisi hayotida
Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi g‘oyalari ustuvor bo‘lgan milliy istiqlol
g‘oyasining qadri va ahamiyati namoyon bo‘ldi. Agar mintaqada dushmanlarimiz mo‘ljallagan
maqsadlar amalga oshsa, bu nafaqat bizda, balki butun mintaqa davlatlarida ham ko‘plab salbiy
jarayonlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishi, mintaqaviy munosabatlarga o‘zining ulkan salbiy
ta’sirini o‘tkazishi mumkin edi. G‘animlarning amalga oshirgan harakatlari bilan ko‘zlagan
maqsadiga yetmadi va yetolmaydi ham.

Umuman, Markaziy Osiyo xalqlari o‘zaro hamkorligi va do‘stligining ahamiyatini alohida
ta’kidlash lozim. Chunki, mintaqa tub xalqlarining ma’naviy ildizlari bir, ruhi, turmush tarzi
yaqin, ular ana shu boy manbadan birdek bahra oladi. Shu ma’noda, ular birligini
mustahkamlash umummintaqaviy ma’naviy yuksalishga ijobiy ta’sir etishi shubhasiz. Bu
jarayonga qarshi qaratilgan har qanday mafkuraviy ta’sir yoki terroristik harakatlar
umummintaqaviy qarshilikka uchramog‘i va barbod bo‘lmog‘i lozim.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi mafkuraviy jarayonlar tizimida Afgonistonda davom
etayotgan urush ham alohida o‘rin egallab turibdi. Qirq yildan buyon davom etib kelayotgan
harbiy mojarolar oqibatida umuminsoniy sivilizatsiyadan uzilib qolgan Afg‘oniston xududi
xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm, qurolyarog‘ va giyohvand moddalarning noqonuniy
savdosi o‘chog‘i bo‘lib qoldi. Bu esa turli zararli g‘oyalarning terrorchilik, tahdid va tahlika
yo‘li bilan butun mintaqaga yoyilish xavfini tug‘dirmoqsa. Mustaqil taraqqiyot, erkin va farovon
hayotga bo‘lgan ishonch e’tiqodni mustahkamlash yo‘lida xavfxatarlarning oldini olish uchun
muttasil ogoh bo‘lib yashash, birgalikda kurash olib borish mintaqa xalqlari uchun hayotiy
zaruratga aylanib qoldi. Shu ma’noda, Uzbekistonning "6+3" tamoyilini ko‘llash to‘g‘risidagi
tashabbusi muhim ahamiyatga ega.

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi
uchrashuvlari umumiy xavfsizlikni ta’minlash, mintaqa xalqlarining o‘zaro do‘stligini
mustahkamlash va mavjud iqtisodiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu ma’noda,
Markaziy Osiyo mamlakatlarining tinchligi va barqarorligiga, mazkur mintaqada yashovchi
xalqlarning xavfsizligiga daxl qiluvchi tajovuzlarning oldini olish va bartaraf etish borasidagi
hamjihatligini mustahkamlash, ularning bu yo‘ldagi sa’yharakatlari, imkoniyatlari,
salohiyatlarini muvofiklashtirish va birlashtirish, ayniqsa, muhim.

Xullas, bugungi qunda mintaqaning mafkuraviy manzarasini sog‘lomlashtirish, umumiy
xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etish mintaqadagi barcha
mamlakatlarning istiqbolini ham bir qadar belgilab beradi. Shu bilan birga, bu mintaqada
yashayotgan xalqlarning azaliy hamkorligi va yaqinligini mustahkamlash ham o‘ta muhim
ahamiyatga molik masala bo‘lib qolaveradi. Xuddi shuningdek, mintakaga qarshi qaratilgan
mafquraviy ta’sirlarga qarshi kurashni kuchaytirishda umummintaqaviy hamjihatlikni
mustahkamlashning ahamiyati ham oshib boraveradi.

Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston, 2019.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
    bosqichga k’otaramiz. 1-jild, - Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2017. -592 b.





  1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan oliy baho. 2-jild,
    - Toshkent -“O‘zbekiston” NMIU, 2018.

  2. Karimov . O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid, barqororlik shartlari va
    taraqqiyot kafolatlari. -T.: O‘zbekiston, 1997.


  3. Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. - T., 1998.

  4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni O‘z qo‘limiz bilan quramiz. -T.7. T.: «O‘zbekiston»,
    1999.


  5. Karimov I.A. Rus provaslav cherkovi Toshkent va O‘rta osiyo yeparxiyasining 125
    yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis ishtirokchilariga tabrigi. - Toshkent: 1996. 13
    noyabr


  6. Karimov I.A.Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining10 yilligiga
    bag‘ishlangan tantanali majlis qatnashchilariga tabrik xafsizlik va tinchlik uchun
    kurashamiz.10 jild -T: “O‘zbekiston”, 2002.


  7. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi. -T.: O‘zbekiston,
    2005.


  8. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
    mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. -T.: O‘zbekiston, 2005.


  9. O‘zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo‘lishi. - T. : O‘zbekiston, 1992
    .


  10. Ubaydullayev R. Bekmurodov M. Prioritet lichnostnogo razvitiya Pravda Vostoka, 2004,
    13 fevral‘


  11. Vladimir (Ikim). Ma‘naviyatning gullashi. Mustaqillik va dinlararo totuvlik //
    demokratlashtirish va inson huquqlari. 1999. №3-4.


  12. Saidov A.X. Religioznaya tolerantnost i svetskaya gosudarstva a Uzbekistan po prav
    cheloveka, 2002.


  13. Ochildiyev A. Millatlararo totuvlik- barqarorlik va taraqqiyot omili. -T .: —Akademiya”,
    2005.. 12-20-bet.


  14. Milliy g‘oya va rahbar mas’uliyati / Q.Nazarov, I.Ergashev va boshqalar. T., — G‘afur
    G‘ulom” NMIU, 2007.



  1. Download 0,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish