O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Кasb-hunar terminlari 
turli kasb-hunar egalari nutqida 
qo‗llanuvchi leksemalar. Кasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi 
sheva vakili bo‗lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Masalan, 
Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan atama Buxoro 
shevasida bo‗lmasligi mumkin. Shuning uchun kasb-hunar leksemasi 
ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu leksika, 
birinchidan, ma‘lum bir sheva doirasida bo‗lsa, ikkinchidan, shu 
shevada so‗zlashuvchi ayrim kishilar nutqiga xos. 
Ilmiy terminlar 
ko‗p holda tarjimasiz bo‗lganligi tufayli dunyo 
fanini bir butunlik sifatida ushlab turadi. Masalan, 
fonetika

morfologiya

sintaksis 
kabi termin dunyo tilshunosligi uchun umumiy. 
Turli soha termini o‗xshashbo‗lishi mumkin. 
Masalan, 
morfologiya 
atamasi tilshunoslikda ham, zoologiyada ham ishlatiladi. 
Ularni omonim leksemalar sifatida qarash maqsadga muvofiq. 
Termin ma‘lum bir tilga xos yoki baynalmilal bo‗lishi mumkin. 
Masalan, tilshunosligimizdagi 
gap kengaytiruvchisi, gap markazi 
atamalari faqat o‗zbek tiliga xos
atom, vodorod, natriy, leksema, 
semema 
atamalari baynalmilal. Baynalmilal atamani tarjima qilishga, 
ularga muqobil variant qidirishga urinish ma‘qul emas. 
Jargon 
ham qo‗llanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi 
(frans. 
jargon
). Кasbi, jamiyatdagi o‗rni, qiziqishi, yoshiga ko‗ra 
alohida sotsial guruhni tashkil etgan kishilarning, asosan, og‗zaki 
nutqida ishlatiladigan va ma‘nosini boshqalar ko‗p hollarda anglab 
yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Masalan, programmistlar 
jargoni, talabalar jargoni, mahbubslar jargoni, o‗g‗rilar jargoni, 
artistlar jargoni va h. 
Jargon umumxalq tilidan maxsus leksikasi va frazeologiyasi 
hamda yasovchi vositalarining o‗ziga xos tarzda qo‗llanishi bilan 
farqlanadi: 
1)
talabalar jargoni: 
yopmoq 
(sessiyani tugatmoq), 
воздух 
(stipendiya), 
yaxlamoq 
(imtihondan qaytmoq), 
quloq 
(chaqimchi), 
chizmoq, uzmoq 
(qochmoq), 
qotmoq 
(hayajonlanmoq); 
2)
yoshlar jargoni:
g„isht
(xunuk),
sindirmoq
(lol qilmoq), 
крутой
(ketvorgan),
рисовка
(ko‗z-ko‗z qilmoq),
uxlatmoq 


126 
(aldamoq), 
стрелка 
(uchrashuv), 
tashlashmoq 
(tortishmoq), 
baks 
(dollar), 
muzlatmoq 
(harakatdan to‗xtatmoq), 
dahshat 
(juda zo‗r); 
3)
harbiy xizmatchilar jargoni: 
dux 
(yangi kelgan askar), 
salyaga 
(bir-ikki oy xizmat qilgan askar), 
fazan 
(xizmatning yarmini o‗tagan 
askar) 
ded 
(xizmatdan qaytishi yaqinlashgan askar), 
diskoteka 
(oshxona naryadi). 
Jargonlar tarkibi boshqa tildan olingan o‗zlashma birlik bilan 
boyib boradi. Tez-tez yangilari bilan almashib turadi. 
Ayrim soha vakillari va soha guruhlari nutqiy tejamkorlik, 
qulaylik uchun ham jargon qo‗llaydi. 
Jargonning kelib chiqishi, qo‗llanilishi, turi kabi masalalar
– 
sotsiolingvistikaning o‗rganish manbayi. 
Argo 
(fransuz. 
argot
) ayrim professional yoki sotsial guruhning 
o‗ziga xos tili. Argo bir necha til unsurlaridan iborat qorishiq va ko‗p 
hollarda, boshqalarga tushunarsiz nutq turida namoyon bo‗ladi. Argo 
nutqda kommunikatsiya predmetini sir tutish maqsadida qo‗llanadi: 
1)
o‗g‗rilar nutqida: 
mandarin 
(tilla), 
akula 
(panjarani kesish 
uchun moslama), 
kalamush 
(o‗z yaqinlarinikiga «tushadigan»), 
urkagan 
(tajribali o‗g‗ri), 
limon, ko„k, ko„kat 
(dollar); 
2)
mahbuslar nutqida: 
maymun 
(oyna), 
shobla 
(qalloblar guruhi), 
bashli 
(pul), 
krokodil 
(qaychi), 
lebed 
(geroin), 
ment 
(militsioner), 
xafa 
qilmoq 
(zo‗rlamoq), 
pushka 
(pistolet). Argotizmlar turli koloniya
turma, guruh va hududlarda farqlanadi. 
Argo ham jargon kabi so‗zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda 
sotsial-ramziy vazifa bajarish uchun ishlatiladi. 
O‗zbek tilshunosligida jargon va argo ilmiy jihatdan to‗la tadqiq 
etilmagan. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish