O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

GRAMMATIKA. MORFOLOGIYA 
 
Tayanch tushunchalar 
grammatika, morfologiya, sintaksis, o„rganish obyekti, milliylik, 
milliy 
mafkura, 
grammatik 
ma‟no, 
nutqni 
shakllantirish, 
umumlashma ma‟no, [WP
m
], kesimlik ko„rsatkichi, atov birligi, 
grammatik ma‟no, leksik ma‟no, GM, UGM, OGM, XGM, grammatik 
ma‟no tarkibi, UGMni ochish, so„zshakl, nol shakl, sintetik shakl, 
analitik shakl, aralash shakl, juft shakl, takroriy shakl, grammatik 
ma‟noni ifodalash usuli, grammatik shakl, grammatik shaklning 
tuzilishi, shakllarning so„zga qo„shilish tartibi, so„z yasovchi, 
lug„aviy shakl hosil qiluvchi, aloqa-munosabat shakli, pleonazm va 
tejamkorlik, grammatik kategoriya, lug„aviy shakl, aloqa-munosabat 
shakli, кesimlik kategoriyasi, egalik kategoriyasi, кelishik kategoriyasi 
 
42-§. Grammatika haqida 
 
Tilshunoslikda 
grammatika 
atamasi kabi ikki ma‘noda ishlatiladi. 
1)
keng ma‘noda tilning grammatik qurilishi; 2) tor ma‘noda 
tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o‗rganuvchi sohasi 
anglashiladi. 
Tilning o‗ziga xosligi 
– 
fonetik, leksik, grammatik strukturaning 
yaxlitligidan iboratligidir. Bu strukturalar bir-biridan ajralgan holda 
emas, yaxlit sistema sifatida mavjud. Bu yaxlitlikni zohiriy va botiniy 
tushunish mumkin. Yaxlitlikning zohiriy alomati tovushning so‗z va 
qo‗shimchani, so‗zning gap va so‗z birikmalarini tashkil etishida 
namoyon bo‗ladi. Yaxlitlikning botiniy idrokida fonetik omilning 
qo‗shimcha, so‗z, so‗z birikmalari ma‘nosini, leksik omilning shu 
tarzda fonetik, grammatik, grammatik omilning fonetik va leksik 
hodisalarni farqlashi va nutqqa olib chiqishi kabilar e‘tiborga olinadi. 
Grammatika ongda nutqiy qo‗llanishga shay turgan leksemani 
grammatik vosita bilan shakllantirib, so‗zga aylantiradi, so‗zlarni 
o‗zaro biriktiradi va fikr almashish vositasi sifatidagi vazifasini 
yuzaga chiqaradi. 
Tillar o‗zaro grammatik xususiyatiga ko‗ra ham tasniflanadi. 
Masalan, o‗zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha 


162 
bo‗laklarni o‗z atrofida uyushtirishi, eganing fakultativligi, 
sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning 
bo‗lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikkiyoqlama 
aloqaga egaligi, to‗ldiruvchi va to‗ldirilmish, hol va hollanmish, 
sifatlovchi va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir 
yoqlama aloqada ekanligi kabilar uning boshqa qarindosh tillar bilan 
birgalikda bir til oilasiga kirishini ta‘minlaydi. Ammo bu bir til 
oilasiga kiruvchi barcha tillar orasidagi farqning mavjudligini inkor 
qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o‗xshashlik, 
morfologik qurilishida esa farq ko‗proq. 
Til hamisha taraqqiyotda. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik 
sathiga beriladi. Ijtimoiy hayotning o‗zgarishi leksikada keskin 
o‗zgarish yasaydi. Yangi so‗zning vujudga kelishi, so‗zlarning 
«tirilishi», iste‘moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning 
fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o‗zgarishga befarq, unda faqat 
vaqt o‗z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o‗zgarishga 
uchragan ijtimoiy hayotning ta‘siri natijasida, masalan, o‗zbek tilining 
morfologik 
strukturasi, 
sintaktik 
qurilishida 
o‗zgarish 
kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday 
o‗zgarish bo‗lib turadi. 
Masalan, eski o‗zbek tilida 
–gu 
affiksi yordami bilan yasalgan ish 
otiga -
m, -ng 
affiksi qo‗shilib, ushbu so‗zning kesim ekanligini 
ko‗rsatgan: 
Men ko„rgum 
tipida. Bu hozirgi o‗zbek 
tilida 
kuzatilmaydi. 
Ul, alar, andin, anda, ko„zun ko„rub 
(ko‗zi bilan ko‗rib) 
kabi qator so‗zshakl fikrimiz dalili. Yoki eski o‗zbek tilida 
Bu sening, 
Bu mening 
ko‗rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo‗lgan. U hozirgi 
kunda 
Bu seniki, Bu meniki 
ko‗rinishiga ega. 
Bu vatan meningdir 
kabi 
qurilmalar uning «qoldig‗i». 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish