Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon H. tufayli sodir boʻladi. Har qanday oʻzgarish — H.dir. Oʻzgarishlar faqat moddiy obʼyektlarga emas, balki maʼnaviy, gʻoyaviy obʼyektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki gʻoyaviy) obʼyektning mavjudligi undagi H. va oʻzgarishlar tufayli namoyon boʻladi. Shu sababli H. borliqning asosiy mavjudlik shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi H. shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik H. — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning H. i qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi H.i haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenning H.i), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va boshqa turlari farqlanadi. 2) fizik H. (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning H.dan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon H.igacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu H. shakliga mansubdir); 3) kimyoviy H. (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar H.i, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy H.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik H.ga va quyi yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik H. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H. (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi H. shakllari ham mavjud. Tafak-kur — fikrning H.i, informatsion H., gʻoyaning H.i, maʼnaviy H., xayoliy H. va boi|qalar shular jumlasiga kiradi. /Hning eng sodda shakli mexanik H. boʻlib, uning man-bai tashqi taʼsirda, H. murakkab shak-llarining mayabai esa ichki aloqadorliklarda- ʻQadimdan H. va uning manbalari haqida turli konsepsiyalar ilgari surilgan. H.ni olamning asosiy mohiyati deb qarash Avestovya taʼkidlangan. Qad. Misr, Bobil, Xitoy, Hin-diston, Yunoniston olimlari H.ning mohiyatiga oid maxsus asarlar yozishgan. Ular H.ning xususiyatlari, shakllari, manbai haqidagi ilk gʻoyalarni ishlab chiqishgan. Ayrim faylasuflar esa H.ning mavjudligini ham inkor etgan. Eleylik Zenon H.ning yoʻqli-gini oʻzining "Axill va toshbaqa", "Dixatomiya", "Uchayotgan kamon oʻqi" kabi mashhur aporiyalarnda isbotlashga uringan.
Sharq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo mukammal asoslab berilgan. Yangi davr falsafasida Gegel H.ning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina izohlash mumkinligini taʼkidlagan. H.ni tushuntirishda H.ning moddiy tashuvchisi, manbai haqidagi gʻoyalar muhim ahamiyatga ega. Ingliz olimi J. Toland (1670—1722) H.ni materiya bilan bogʻlab tushuntiradi. Uning fikricha, H.siz materiya boʻlmaganidek, materiya ham H.siz boʻlishi mumkin emas. Bu fikr materialistik falsafaning asosiy tamoyiliga aylandi.
H.ning moddiy tashuvchisi tushunchasi H. oʻz-oʻzicha mavjud emas, u har doim "nimaningdir" H.i, "nimaning-dir" oʻzgarishi degan maʼnoni bildi-radi. Oʻsha "nima" H.ning moddiy tashuvchisi boʻladi (u H. shakllarini ajratib koʻrsatishda taʼkidlab oʻtildi). Gʻoyaviy shakldagi H.lar toʻgʻrisida gap borganda "H.ning moddiy tashuvchisi" tushunchasi oʻz maʼnosini yoʻqotadi. Uning oʻrnini "harakatlanuvchi sistema" tushunchasi egallaydi. Bunday sistema moddiy yoki maʼnaviy shaklda boʻlishi mumkin. Inson tafak-kuri, axborotlar sistemasi, maʼnaviy sistema, gʻoyaviy sistema va shahrik. maʼnaviy shakldagi harakatlanuvchi sistemaga misol boʻlishi mumkin. H.ning manbai haqida gapirganda mutafakkirlar qadimdan ziddiyatlarni nazarda tutishadi. Ichki ziddiyatlar H.ning ichki manbaidir. Ayrim olimlar tashqi turtkini yoki dastlabki turtkini H. manbai deb bilishadi. Ularning fikricha, olamda abadiy sokinlik hukmron boʻlib, keyin dastlabki turtki tufayli u H.ga kelgan. Aslida. voqelik H.siz boʻlishi mumkin emas, u doimo H.da, oʻzgarishda. Bu oʻzgarishlar ichki va tashqi ziddiyatlar tufayli amalga oshadi. Ibn Sino jism bir joyda va bir paytning oʻzida H.da ham, sukunatda ham boʻlmaydi, H. zid-diyatlidir va uning natijasidir, deb koʻrsatgan edi. Ziddiyatlar jismni H.ga keltiradi, shu maʼnoda har qanday H.ning manbai ziddiyatdadir. H. shakllari borliqsagi oʻzaro aloqadorliklarning namoyon boʻlishidir. Oʻzaro aloqadorlik moddiy va maʼnaviy shakllarda boʻladi va olamning yaxlitligini taʼminlaydi. Moddiy dunyoning asosida 4 xil — gravitatsion, elektromagnit, kuchli va kuchsiz yadroviy oʻzaro aloqa-dorliklar yotadi. Aloqadorliklar esa qoʻshilib fazo va vaqt strukturasini tashkil etadi. H. yoki harakatlanuvchi sistema xoh moddiy koʻrinishda, xoh maʼnaviy koʻrinishda boʻlishidan qatʼi nazar, olamning oʻzgarishi va rivojlanishi asosida yotadi. H. — mavjudlik boʻlsa, hara-katsizlik-sokinlik — yoʻqlikka mos keladi. Shu sababli H. borliqning adabiy va mutlaq xususiyati, sokinlik esa oʻtkinchi va nisbiy xususiyati deb hisoblanadi. Quyidan yuqoriga boʻladigan H. rivojlanish deyiladi, aksi regressiv H.dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |