Sintaktik shakl hosil qiluvchi qo`shimchalarni o`rganishda innovatsion metodlardan foydalanish



Download 34,48 Kb.
bet1/2
Sana28.04.2022
Hajmi34,48 Kb.
#588983
  1   2
Bog'liq
SINTAKTIK SHAKL HOSIL QILUVCHI QO’SHIMCHA


SINTAKTIK SHAKL HOSIL QILUVCHI QO`SHIMCHALARNI O`RGANISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH
TerDU PI 1-bosqich magistranti Hilola Xudoyqulova.
Annotatsiya: Maqolada ona tili o`qish savodxonligi darslarida sintaktik shakl hosil qiluvchi egalik,kelishik, bog`lamalar, shaxs-son, zamon, mayl qo`shimlarini o`ganishda innovatsion metodlardan foydalanish aniq misollar bilan yoritilgan.
Kalit so`zlar: Innovatsiya, ona tili va o`qish savodxonligi, metod, matn, asos, qo`shimcha, sintaktik, kreativlik.
Аннотация: В статье приведены конкретные примеры использования новаторских методов в изучении синтаксических форм владения, согласования, связи, лица-числа, времени, наклонения, образующих синтаксическую форму на уроках грамотности чтения на родном языке.
Ключевые слова: Нововведение, родной язык и грамотность чтения, метод, текст, основа, дополнение, синтаксис, творчество.
Annotation: The article provides specific examples of the use of innovative methods in the study of syntactic forms of ownership, agreement, connections, person-number, tense, inclination, which form a syntactic form in the lessons of mother tongue reading literacy.
Keywords: Innovation, mother tongue and reading literacy, method, text, basis, supplementary, syntactic, creativity.
Ta’lim-tarbiya tizimini yangilashga doir innovatsion harakatlarni amalga oshirish, isloh qilish, shakllantirish ta’lim sohasining rivojlanish darajasini belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biridir. “Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mihanizmlarini yaratish , eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq- atvorning andozalarini o`zgartirish, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimin1i shakllantirish O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridir ”1
Darhaqiqat mamlakatimiz ertangi kuni vorislariga ta’lim tarbiya berishda innovatsion metodlarni pedagogik faoliyatda qollash, o`quv jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayonida davr talabiga mos o`qitishning yangi usul va metodlarining ishlab chiqilishi va qo`llanilishi o`quv jarayonining samarasini, sifatini kafolatlaydi. Bugungi kun o`qituvchisi pedagogik faoliyatda ta’lim va tarbiyani rivojlantiruvchi zamonaviy vositalardan unumli foydalanishi, o`z ustida doimiy ishlashi va eng kamida ta’lim yangiliklarini amaliyotda qollashi ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o`quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliytlarini shakllantiradi, qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o`zlashtirish,o`zlashtirilgan bilimlar bazasidan hayotiy masalalarda erkin foydalanish ko`nikma va malakalarini mustaxkamlaydi. Boshlang`ich sinfda o`quvchilar tafakkurini shakllantirishda o`qituvchining mahorati, uning innovatsion metodlarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq qila olishi, ta’limning yangidan-yangi usul va metodlari ustida izlanishi, ilg`or ustozlar tajribasidan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.
“O`qitishning muammolari nafaqat pedagoglar, sotsiologlar, balki faylasuflar, psixologlarning ham e’toborini o`ziga qaratmoqda” 1
Shu xususida barcha o`quv darsliklarini organishda fanlararo integratsiya g`oyalari ilgari surilayotgan bir davrda boshlang`ich sinf ona tili va o`qish savodxonligi darslarini oqitishda ham innovatsion g`oyalar bilan majassamlashgan metod va usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Ma’lumki, kichik maktab yoshidagilarga ona tili va o`qish savodxonligi darslarida sintaktik shakl yasovchi, otlarda egalik, kelishik, fe’llarda shaxs-son qo`shimchalari so`zlarni bir-biriga bo`lovchi qo`shimchalar deb o`rganiladi. Bog`lovchi qo`shimchalarni o`rgatishda so`z tarkibi asos va qo`shimcha tushunchalarini o`quvchilar ongida shakllantirishda matn ustida ishlash va unda ishtirok etgan qoshimchalarni tahlil qilishda turli grammatik oyinlardan foydalanish 2muhim jarayon hisoblanadi. “Grammatik o`yinlar bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. O`quvchilarni tez o`ylashga, mustaqil fikrlab javob berishga, zehnli bo`lishga, har bir ishda tashabbus ko`rsatishga undaydi. Faoliyat ko`rsatishga chorlaydi. Bu mashg`ulotlar bolalarning diqqatini bir yerga to`playdi. O`quvchilarda sog`lom musobaqa ruhini tug`diradi.” 2
Xalq og`zaki ijodida ertak, hikoya, masal janrlari o`quvchilar tomonidan katta qiziqishlar bilan qabul qilinadi. “Xalq og`zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o`qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o`tkir syujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir” 1
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, O`quvchlarga qo`shimchalarni o`lashtirishda yordam beradigan qiziqarli innovatsion metodlarda ertak matnidan foydalangan holda darsni tashkil etishda “Zukkolar”, “O`yla izla top”, “Domino”, “Konvert”, ”Kerak so`zni tanlab ol” kabi metodlaridan foydalanish bolalarni topqirlikka, fikrlashga chorlaydi va ta’lim jarayonida yuqori samara beradi. Bunda bolalar avvolo matnni o`qib tushunadilar, didaktik o`yinlar shartlariga ko`ra guruhlarga bo`linib, matnda ishtirok etgan sintaktik shakl hosil qiluvchi qoshimchalarni aniqlab yozadilar, ajratib olingan qo`shimchalar yordamida boshqa sozlar asoslariga qo`shib so`zlar hosil qiladi va shu so`zlar ishtirokida o`zlari mustaqil matn yaratishga doir mashg`ulotlarni amalga oshirish orqali olingan bilimlarni tanish hamda notanish vaziyatlarda qo`llash, mustqil ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Kelajakda biror bir soha mutaxassisiga aylanganda maktabda olgan bilimlari orqali o`zbek tilida ish yuritish, nutq so`zlash, taqdimot o`tkazish yoki maqola yozishga qiynalmaydilar. Shunday innovatsion metodlardan biri “Konvert” o`yinidan foydalanish tavsiya etiladi.Bu oyinni amalga oshirishda guruhlarda ishlash qiziqarli va samarali natija beradi. Bunda o`qituvch uchta konvert ustiga 1-konvaertga, “ Baliqchi va baliq ”, 2-konvert “Bir xumcha shavla”, 3-konvert” Jimjiloq” ertagi qahramonlari rasmlarini yopishtirib. ertak matnini konvert ichiga solib tarqatadi va oyin shartlari bilan tanis3htirish, sinf taxtasi maydonini uchga taqsimlash, o`yin qatnashchilarini uch guruhga bo`linish, o`z jamoalariga nom tanlash jarayonlari o`ziga xos ko`tarinki ruhda tashkil etiladi hamda konvertlar ichidagi ertak matni guruh sardorlari tomonidan o`qib eshittirilib, qisqacha savol-javobdan so`ng boshlash buyrug`i beriladi.
1-shart: Ertak qahramonlari nomini yozish. Bu sinovda ishtirokchilar estafeta usulida qahramonlar nomini yozadilar.
2-shart: Yozilgan so`z asoslariga sintaktik shakl hosil qiluvchi qo`shimchalarni qoshib yozish.
3-shart: Hosil bo`lgan so`zlarni boshqa so`zlar bilan bog`lab so`z birikmalari hosil qilish.
4-shart: O`rganilgan ertak qahramonlarining ijobiy va salbiy sifatlarini tahlil qilish. Bu shartda ertak qahramonlarining xarakteri va axloqiy sifatlarini tahlil qilisha doir bilimlarga e’tibor qaratiladi.
Har bir shart oxirida natijalar birgalikda to`gri-noto`g`ri tartibida tahlil qilinib, har bir to`g`ri yozilgan so`z uchun 1 ball shkalasida baholab boriladi va oyin yakunida toplangan ballar jamlanib, g`olib jamoa aniqlanadi hamda uchala guruh a’zolaridan faollik ko`rsatgan a’zolari ismlari alohida tilga olinib, qarsak, olqishlar yordamida ragbatlantiriladi. Ushbu oyin orqali bolalarda birdamlik, tezkorlik, izlanuvchanlik, topqirlik, mas’uliyatlilik, kurashuvchanlik, kreativ fikrlash, badiiy asarni tahlil qilish ko`nikmalari, shoshilinch vaziyatlarda to`g`ri qaror qabul qilish kabi sifatlar rivojlantiriladi.
Zero, hozirgi zamonaviy milliy o`quv dasturida yosh avlodni muayyan til qonuniyatlarini yodlatish emas balki kundalik hayotda zarur bogan ko`nikmalarga ega bo`lgan roqobatbardosh, vatanparvar, kriativ fikrlaydigan har tomonlama yetuk barkamol shaxsni tarbiyalash hamda bilimini boyitib borish maqsadi ko`zda tutilgan.


Download 34,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish