O'zbеkiston rеspublikasi



Download 57,96 Kb.
bet5/10
Sana26.04.2022
Hajmi57,96 Kb.
#584209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining registr

Daromadlar - bu hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlar oqimi yoki ko'payishi shaklida o'sishi yoki passivlarni qatnashchilarning kapitaldagi omonatlaridan farq qiluvchi o'sishiga olib keluvchi kamayishidir4;
Xarajatlar - hisobot davrida iqtisodiy foydani aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklida kamayishi, shuningdek qatnashchilar o'rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir.
Daromadlar va harajatlarni aniqlash ularning asosiy hususiyatlarini belgilaщ shu bilan birgalikda ular moliyaviy natija, ya'ni foyda yoki zararni aniqlashda alohida ahamiyat kasb etadi. hisobot davrida olingan barcha daromadlarning harajatlardan ortishi foyda sifatida e'tirof etiladi. Agar Korxonaning hisobot davridagi barcha harajatlari barcha daromadlaridan ortiq bo’lsa, u holda moliyaviy natija zarar sifatida e'tirof etiladi. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasiga binoan O'zbekistan Respublikasi hududida O'zbekiston Respublikasida ro’yhatga olingan xoh O'zbekiston Respublikasi hududida, xoh uning tashqarisida joylashgan barcha xo'jalik sub'ektlari yuridik shaxslar, ularning shu'ba Korxonalari, filiallari, vakolathonalari va boshqa tarkib bo'linmalari buxgalteriya hisobi sub'ektlari hisoblanadilar.
Yuridik shahs hisoblanmaydigan, ammo bankda schyotga va
tugallanmagan balansga ega bo'lgan ho'jalik sub'ektlari ham buxgalteriya hisobi sub'ektlari hisoblanadilar hisobni «Buxgalteriya hisobi to'g’risida»gi qonunga muvofiq yuritadilar.
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g’risida»gi qonuniga binoan maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi hamda hisobot tuzilishi lozim bo'lgan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari kuyidagilardir: ikkiyoklama yozuv; uzluksizlik; xo'jalik operatsiyalari,
aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; ehtiyotkorlik; mazmunning shakldan ustunligi; ko'rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o'z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chikarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta'minot jarayonini bosib o'tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o'rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich - moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo'ladigan ishlab chikarish bosqichidir. Bu erda ishlab chikarilgan buyumlar nafaqat tashki ko'rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chikarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo'shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo'ladi5.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga kilingan xarajatlar - sarflangan mablag’lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o'lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig’ma ko'rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o'lchovlarda ham ko'rsatiladi. Bu o'lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste'molini ham o'z ichiga oladi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tegishlicha tashkil etish uchun Korxona moliyaviy-ho'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi hamda har bir hisobvaraq tavsiflangan va ularga doir hisobvaraqlarning namunaviy korrespondensiyasi berilgan rejani qo'llash bo’yicha yo'riqnomadan to'g’ri foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi milliy andozalarini amalga tadbiq etish va bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarish maqsadida buxgalteriya hisobvaraqlarining yangi rejasi ishlab chiqildi. «Ho'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviyho'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qo'llash bo’yicha yo'riqnoma» nomli 21-son BHMS O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g’risida»gi qonunining 5-moddasiga binoan ishlab chiqilgan. Ho'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-ho'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi asosida ho'jalik muomalalari buxgalteriya hisobvaraqlari ishchi rejasini tuzadilar va u ho'jalik yurituvchi sub'ektning hisob siyosatida aks ettiriladi.

Download 57,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish