Buxgalter________________ Ijrochi_________________ Memorial orderlarni ro’yhatga olish jurnali Hisobvaraq_________________
м/о
Sana
Muomala mazmuni
Summa
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli 1960 yil 1 yanvaridan joriy etilgan Buxgalteriya hisobining ushbu shakli joriy etilguniga kadar memorialorder shakli amal kilgan edi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar yig’ma va guruhlovchi qaydnomalarda (jurnal-orderlar), shuningdek yordamchi qaydnomalarda guruhlab boriladi. Buxgalteriya ga keltirilgan boshlangich hujjatlar memorial-orderlarda aks ettirilmasdan bevosita shu jurnallarning uzida aks ettiriladi, chunki buxgalteriya hisobining bu shaklida qo’llaniladigan jurnallar bir vaqtda ho'jalik muomalalarini buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiruvchi orderlar hisoblanib, memorial-orderlarni tuzish zaruriyatini yo’qotadi. Bu erda memorial-orderlarning urnini avvaldan hisobvaraqlarning korrespondensiyasi tuzib qo’yilgan mahsus hisob registrlari tuziladi. Bu registrlar yigma va guruhdovchi qaydnomalar, ya'ni jurnalorderlardir. Buxgalteriya hisobi bu shakli ning jurnal-order deb nomlanishi ham shu registrlarning nomidan kelib chiqqan. Jurnal-orderlarda birlamchi hujjatlarning ma'lumotlarini to'g’ri guruhlashtirishni ta'minlash uchun hisobvaraqlar krediti bo’yicha namunaviy korrespondensiya va oylik choraklik hamda yillik hisobotlar uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar ruyhati nazarda tutilgan. Jamlama va tahliliy hisob uchun mo’ljallangan jurnal-orderlarda, bundan tashqari, tahliliy hisobning zarur moddalari ham nazarda tutilgan.
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining asosiy hususiyatlari quyidagilardan iborat:
Jurnal-orderlarda muomalalarni ruyhatga olish tartibida yozuvlar faqat hisob
varaqlar krediti bo’yicha, debetlanuvchi hisobvaraqlar bilan korrespondensiyada amalga oshiriladi;
Jamlama va tahliliy hisob yozuvlari yagona tizimdan joy oladi;
Ho'jalik hisoblari buxgalteriya hisobida davriy va yillik hisobotlarni nazorat qilish va tuzish uchun takozo etiladigan ko'rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi;
Oldindan ko'rsatilgan hisobvaraqdan korrespondensiyasi, tahliliy hisob moddalari nomenklaturasi, davriy va yillik hisobotlarni tuzish uchun takozo etiladigan ga
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hisob registrlari shunday tartibda tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobotini tuzish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni to'g’ridan-to'g’ri shu registrlarning o’zidan olish mumkin bulsin. Buxgalteriya hisobotning hamma turlarini va jadvallarini shu hisob registrlarining ma'lumotlari asosida qo’shimcha ishlar bajarmasdan bevosita tuzish mumkin.
Tahliliy hisob moddalaridagi ma'lumotlarni bevosita buxgalteriya hisoboti jad vallariga o'tkazish mumkin. Demak buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining
hususiyat- laridan biri buxgalteriya hisobining bu shaklidagi hisob registrlarining buxgalteriya hisoboti tuzishga moslashganligidir.Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida hujjatlarning aylanishi tezlashadi, memorialorder va ruyhatga olish jurnallari tuzil- maydi. jamlama va tahliliy hisob o’xshab ketadi va hisobotni kushimcha ishlar bajarmasdan to'g’ridan-to'g’ri hisob registrlaridan tuzish mumkin va hokazo. Bularning barchasi hisob registrlaridagi yozuvlarning takrorlanishini yukotadi va ish usulinyng quyidagi holda bo'lishini ta'minlaydi: hujjatlarda rasmiylashtirilgan ho'jalik muomalalarini aks ettirish hujjatlardan hisob registrlariga ma'lumotlarni yozib olish va hisobot uchun hisob registrlarining ma'lumotlarini jamlash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida vaqtning tejalishi, hato yozuvlarning birmuncha kamayishi va ob'ektlar hakddagi ma'lumotlarning birmuncha ko’rgazmali bo'lishi ta'minlanadi
Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shakli
Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shaklida jamlama hisob registri bosh jurnal orqali yuritiladi. Ushbu shaklda hronologik va sistematik yozuvlar bir hisob registrida, ya'ni bosh jurnalda olib boriladi. Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida har bir ho'jalik muomalasiga boshlangich hujjatlar asosida memorial-order yoziladi va unga asoslangan yozuv bosh jurnalga ko’chiriladi. har bir memorial-order va unga ilova qilingan boshlangich hujjatlar asosida hisobvaraqdarga yozuvlar yoziladi. hisobot oyining ohirida esa hisob-varaqlar bo’yicha oborot qaydnomalari tuziladi. Ushbu qaydnoma jami bosh jurnaldagi tegishli hisobvaraqlar oboroti bilan taqqoslanadi.