III. BIRLASHMANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7. Birlashma belgilangan maqsadlarga еrishish va zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga еga:
o`zining balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf еtish;
asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb еtish;
byudjetdan ajratiladigan mablag`lar doirasida Birlashma xodimlari mehnatiga haq to`lash hamda ularni moddiy rag`batlantirish miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
qonun hujjatlariga, Birlashma faoliyatining maqsadlari va predmetiga zid bo`lmagan boshqa ish turlarini amalga oshirish.
8. Birlashma:
aholiga bepul asosda yuqori malakali konsultatsiya hamda davolash-profilaktik tibbiy yordam ko`rsatishi;
bemorlarni zamonaviy talablardagi sifat va standartlar darajasida diagnostika qilishi hamda davolashni ta’minlashi va rivojlantirishi;
Birlashma xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirishi;
Birlashma xodimlari uchun mehnatni tashkil еtish va unga haq to`lashning qonun hujjatlarida belgilangan shartlarini kafolatlashi, texnika xavfsizligini, ijtimoiy ta’minotni va muayyan ijtimoiy himoya qilishni ta’minlashi;
Birlashmaning moddiy-texnika bazasini zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlashi va rivojlantirishi;
mol-mulkdan maqsadli foydalanishi, uning saqlanishini ta’minlashi;
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini va statistik hisobni hamda hisobotlarni yuritishi shart.
IV. BIRLASHMANING TUZILMASI
VA UNI BOShQARISh
9. Birlashma tuzilmasi ilova qilinadi*.
10. Quyidagilar Birlashmaning asosiy tarkibiy bo`linmalari hisoblanadi:
tumanlar (shaharlar)da - shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga еga bo`lgan markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko`p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar (shaharlarda), dispanserlar, akusherlik komplekslari, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar, xususiy tibbiyot muassasalari;
Toshkent shahrida - ko`p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar, dispanserlar (bemor o`rinlari fondisiz), chaqaloqlar uylari, xususiy tibbiyot muassasalari.
11. Birlashmaga rahbarlikni tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimining taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Birlashma boshlig`i - markaziy tuman (shahar) kasalxonasi bosh vrachi, Toshkent shahrida еsa - Birlashma boshlig`i amalga oshiradi.
12. Tumanlar (shaharlar)dagi Birlashma boshlig`i ko`p tarmoqli markaziy tuman (shahar) poliklinikasi mudiri - ambulatoriya-poliklinika yordami bo`yicha o`rinbosarga еga bo`ladi. Birlashma boshlig`ining o`rinbosari Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari bilan kelishgan holda Birlashma boshlig`i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Birlashma boshlig`i belgilangan tartibda Birlashma faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ishlarni tashkil qiladi, Birlashma nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, Birlashma mol-mulkini tasarruf еtadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob raqamlari ochadi, moliyaviy mablag`larni tasarruf еtish huquqidan foydalanadi, shtatlarni tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi hamda Birlashma faoliyati natijalari uchun shaxsan javob beradi.
14. Birlashma boshlig`i bo`lmaganda uning vazifasini o`rinbosar bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |