Informatsion tehnologiyalarga asoslangan buxgalteriya hisobi shakli.
Korxona va tashkilotlarda hisob ishlarining samaradorligini oshirish hamda vaqtni tejash maqsadida buxgalteriya hisobining zamonaviy shakli - informacion tehnologiyalarga asoslangan shakli hayotga tatbik etilib kelinmoqda. Ushbu shaklning bir qancha afzalliklari mavjud: buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi ma'lumotlarni qayta ishlashni tezlashtiradi; iqtisodiy ma'lumotlarni qayta ishlashda band bo'lgan hodimlar soniniq qisqartiradi hamda mehnat unumdorligini oshiradi; hisob ishlarida aniqlik va izchillikni ta’minlaydi; hisob ishlarini yuritish bilan bog’liq harajatlarni kamaytiradi.
Elektron hisoblash mashinalari hozirgi vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda qo’llanilishi bilan birga hisob ma'lumotlarini yigish, ularni qayta ishlash, jamlama va tahliliy hisob registrlarini tuzish, hisobot shakllarini tuldirish va boshqa bir qancha hisob ishlarini bajarishda keng qo’llanilmoqda. Amaliyotda kompyuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobini tashkil qilishning yangi usullarini vujudga keltirdi.
Buxgalteriya vazifalarini echishda informatsion tehnologiyalardan foydalanishni tashkil etish birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarning yigindisidan iboratdir.
Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot tehnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilish quyidagilarni ta'minlaydi: - foydalanuvchining ish joyida urnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu yerda vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; - Korxona (tashkilot, firma)ning turli hildagi bo'linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta'minlovchi mahalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoklarini shakllantirish;
hisoblash tehnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlari tarkibini ancha ko’paytirish;
har hil bo'linmalar uchun Korxonaning yagona taqsimlangan
birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu kogozsiz tehnologiyalarga o’tishni ta'minlaydi va hujjatlarni yigish hamda ro’yhatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi;
buxgalteriya hisobi vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash;
dialogli usulda amalga oshirish yuli bilan ahborot hizmati ko'rsatishni tashkil etish imkoniyati.
Informatsion tizimda bajariladigan tehnologik jarayon uchta bosqichdan iborat:
1-bosqich. Bu bosqich birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, ularni ishlab chiqish va hisobning har bir uchastkasi bo’yicha tahliliy hisob-ning qaydnomalari tuzilshi bajariladi. Masalan, ish haki hisoblash bo’yicha hisoblash to’lov hujjatlari, qo’shib hisoblangan va ushlab qolingan ish hakining to’plamlari hamda boshqalar tuziladi.
2-bosqich. Bu bosqich provodkalarni tuzish, ularni tahliliy va jamlama hisobni turli registrlari, hisobvaraqlarning tartib raqamlari bo’yicha qayd daftari orderlariga joylashtirishdan iborat bo’ladi.
3-bosqich. Bu bosqich yig’ma jamlama hisobni: Bosh kitobning hisobvaraqlari bo’yicha hisobot salьdo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzishdan iborat buladi, bu «Provodka-Bosh kitob-Balans» mashina dasturining asosiy moduli tomonidan ta'minlanadi. hisob vazifalarini ishlab chiqish tehnologiyalarini amalga oshirishni muhim elementi uning dasturiy ta'minlanishi bo’ladi. Kompyuter dasturlari bozorida har hil Korxonalar, firmalar, tashkilotlar uchun muljallangan buxgalteriya dasturlari variantlarining ko’pgina turlari taqdim etilgan. Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish ko’p sonli firmalar tomonidan olib boriladi, ulardan eng mashhurlari «1S:Buxgalteriya «Turbo-Buxgalteriya », «Folio», «Parus», «Hakers-Dizayn» va boshqalardir.
Horij va mamlakatimizning ushbu sohaga tegishli nazariyasi va amaliyotini o’rganish va umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, yirik Korxonalarda buxgalteriya hisobi boshqaruvining uch darajali - boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobi bo’yicha tashkil etiladi. Buxgalteriya hisobini uch darajaga - boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga ajratilgan holda tashkil qilish informatsion tehnologiyalarni qo’llashga ihtisoslashgan buxgalteriya hisobi shaklida samaralirok bo’ladi. Chunki amalda qo’llaniladigan ko’pgina kompyuter
dasturlarida boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobining ishlari alohida tashkil qilinadi. Buxgalteriya hisobining informatsion tehnologiyalarga asoslangan shaklining asosiy hususiyati kompyuter dasturlari asosida avtomatlashtirilgan tartibda hisob registrlarini tuzish imkoniyati yaratilganligidadir. Bu registrlarda hisob ma'lumotlarini Korxonani boshqarish, nazorat, tahlil qilish va buxgalteraya hisobotini belgilangan tartibda tuzish uchun zarur bo'lgan asnoda umumlashtirish, guruhlash mumkin buladi. Bu shaklni amaliyotga keng joriy qilish orqali buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini qayta ishlash jarayoni yangi bosqichga ko’tariladi. Bu jarayon hisob ma'lumotlarini avtomatik tarzda olish va uni qayta ishlash tehnologiyasini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Bunga dastlabki hujjatlar, ularni avtomatlashtirilgan qayta ishlashga moslashtirilgan ma'lumotlarni kompyuterlarda qayta ishlashga moslashtirilgan hujjatninga aylanishi, hisoblash tehnikasi ishlari dasturlari, ma'lumotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash tartibini tavsiflovchi tehnologik haritalar va boshqlarni misol kilib kiritishimiz mumkin.
Ushbu bobimizga hulosa qiladigan bo'lsak, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha subьektlar buxgalteriya hisobini yuritadi. Ushbu hisobning qay darajada to'g’ri va aniq tashkil etilishi faoliyatning davomiyligi va yuqori samaradorligiga olib keladi.