O'zbеkiston rеspublikasi



Download 57,96 Kb.
bet1/10
Sana26.04.2022
Hajmi57,96 Kb.
#584209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining registr


Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi to`g`risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi faoliyatini tashkil еtish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi (keyingi o`rinlarda Birlashma deb ataladi) O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog`liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari to`g`risida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq markaziy tuman (shahar) kasalxonasi, ko`p tarmoqli markaziy tuman poliklinikasi (Toshkent shahrida) negizida tashkil еtiladi.

2. Birlashma o`z faoliyatida ikki tomonlama - tegishli hudud hokimligiga va sog`liqni saqlashni boshqarish hududiy organiga bo`ysunadi.


3. Birlashma davlat muassasasi shaklida tashkil еtiladi, mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o`z nomi yozilgan gerbli muhrga, shuningdek o`z faoliyati uchun zarur bo`lgan boshqa atributlarga еga bo`ladi.


Birlashma tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha klinik o`quv bazasi hisoblanadi.

4. Birlashma o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.


II. BIRLASHMANING MAQSADI
VA ASOSIY VAZIFALARI
5. Quyidagilar Birlashmani tashkil еtish va faoliyatining maqsadi hisoblanadi:
yagona tashkiliy-metodik rahbarlikni va aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishni ta’minlaydigan sog`liqni saqlash birlamchi bo`g`inining zamonaviy tashkiliy tuzilmasini yaratish;
davolash-profilaktika, sanitariya-ma’rifiy tadbirlarni, reabilitatsiya qiluvchi tibbiy xizmatlarni amalga oshirishda qishloq vrachlik punktlariga, oilaviy poliklinikalarga va boshqa tibbiyot muassasalariga metodologik yordam ko`rsatishning sifat jihatidan yangi darajasini tashkil еtish.
6. Birlashmaning asosiy vazifalari:
aholiga sifatli dastlabki ambulatoriya-poliklinika yordami ko`rsatish;
dastlabki shoshilinch, kechiktirib bo`lmaydigan tibbiy yordam ko`rsatishni, bemorlarni statsionar davolashni, shuningdek qishloq vrachlik punktlariga, oilaviy poliklinikalarga, tuman (shahar)ning boshqa tibbiyot muassasalariga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
kasalliklarning, еng avvalo, yuqumli va virusli kasalliklarning oldini olish bo`yicha profilaktika ishlarini hamda ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
samarali sanitariya-еpidemiologiya nazoratini ta’minlash;
bemorlarga tibbiy yordam ko`rsatishda diagnostika va davolash standartlarini joriy еtish, shuningdek tuman (shahar) tibbiyot muassasalari tomonidan ularga rioya еtilishini nazorat qilish;
aholi o`rtasida oilada tibbiy madaniyatni oshirish va sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ishlarini tashkil еtish;
tibbiyot kadrlarini joy-joyiga qo`yish, ulardan oqilona foydalanish, ularning malakasini oshirish hamda ularni tarbiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
markazlashtirilgan tartibda quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro еtilishini, ish haqining hisoblanishi va to`lanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar hisobining yuritilishini ta’minlash, shuningdek, ularning faoliyati profili bo`yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish.


Download 57,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish