O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet178/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Orttirma nisbat. Orttirma nisbat shakli quyidagilar:
-dir (-tir): chizdir, yondir, urintir;
-gaz (-giz,- g‘az, -g‘iz, -kaz, -kiz, -qaz, -qiz): ko‘rgaz, kirgiz, turg‘iz, yutqiz, o‘tqaz, ketkiz, yurg‘az;
-(i)t: o‘qit, ishlat, tugat, boshlat, yurit, kirit;
-iz: oqiz, tomiz, emiz;
-ir: bitir, uchir, pishir, qochir, ochir, shoshir, oshir, botir, qotir;
-ar: chiqar, qaytar;
-sat: ko‘rsat.
Orttirma nisbat UGMsi «harakat bajaruvchisini orttirish, jarayonga «ortiqcha» bajaruvchini kiritish va o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantirish». Orttirma nisbatda ish-harakatning subyekti ortib, ular bevosita va bilvosita subyektga ajraladi: Halim o‘qidi. Halim ukasini o‘qitdi. Birinchi gapda subyekt bitta. Ikkinchi gapda esa ikkita bo‘lib, Halim bilvosita, ukasi bevosita bajaruvchilar. Bevosita subyekt unchalik ahamiyatli bo‘lmaydi, shuning uchun u ko‘p holda ifodalanmay qolaveradi.
Orttirma nisbat shakli fe’lga birdan ortiq qo‘shilishi mumkin. Bunda avvalgi bevosita subyekt bilvosita subyektga aylanib ketaveradi: Halim to‘ladi. Halim ukasiga to‘latdi. Halim ukasiga to‘lattirdi. Jumla g‘alizligi kelib chiqmasligi uchun keyingi gapdagi bevosita subyekt tushirib qoldirilgan.
Orttirma nisbat shaklli fe’l semantikasida ma’noviy siljish ro‘y berib, unga xos morfema ajralmaydigan holga kelib qolishi ham mumkin: tuzatmoq, surishtirmoq, solishtirmoq, yaratmoq, uyg‘on, yupan, erkalatmoq, (dalil,misol) keltirmoq tipidagi fe’l ham shular jumlasidan.
Orttirma nisbat shakli o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantiradi.
Majhul nisbat. Majhul nisbat (-i)l va (-i)n shakllari yordamida hosil qilinadi: yuvildi, tozalandi, aytildi, gapirildi, olindi kabi. Bu nisbatli fe’l «subyektsizlashadi», aniqrog‘i, obyekt ustuvorlashib, ega vazifasiga o‘tadi, mantiqiy obyekt grammatik ega maqomini oladi: 1. Bu yerda chetan bilan oralgan mol qo‘rasi bor edi. (P.Qod.) 2. Boboxo‘ja domla ishdan boshatildi. (P.Tur.)
Majhul nisbat asosan o‘timli (o‘ralgan, yig‘ilgan, sochilgan, (terilgan), qisman o‘timsiz (bo‘shatilgan, tushilgan, borilgan) fe’ldan hosil qilinadi. O‘timsiz fe’ldan yasalganda egasiz gap (shaxssiz fe’l) hosil bo‘ladi: 1. Bu ko‘cha bilan ikki-uch yuz odim yurilgach, qishloq guzariga yetiladi. (H.Shar.) 2. Rasmi, yomon xotindan qochiladi, zamona shum bo‘lsa, yaxshi xotindan ham qochar ekan kishi. (A.Qah.) Ba’zan majhul nisbatda qo‘llanishi lozim bo‘lgan fe’l aniq nisbatda bo‘lsa ham, majhul nisbat ma’nosi ifodalanadi: Anchagina yurgach, o‘ng tomonda paxsa uy ko‘zga tashlanadi. (S.Nur.) Bunda shakl va ma’no muvofiqligi yo‘q. Shuning uchun nisbatni aniqlashda «Qaysi nisbat shakli yoki qaysi nisbat ma’nosi bor?» tarzidagi muqobil savoldan biri qo‘yilishi kerak. Bir-biriga bog‘langan kontakt holatdagi ikki fe’ldan ikkinchisigina majhul nisbatda bo‘ladi: Bu dori spirtda ivitilib, qiyom qilib ichiladi. (N.Saf.) Eshakka teskari mindirib sazoyi qilindi.( M.Ism.)
O‘zlik va majhul nisbat omonimik munosabatda. Masalan, osildi, tashlandi, to‘kildi fe’llarining o‘zlik yoki majhul nisbatda ekanligi qurshovda ma’lum bo‘ladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish