O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet176/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Nisbat kategoriyasi. Nisbat kategoriyasi harakatning subyekt (bajaruvchi)ga munosabatini ifodalaydi. Bu munosabat maxsus grammatik shakl bilan yuzaga chiqadi. Masalan, Shoir she’r yozdi gapida ega bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo‘lib, bajaruvchi va harakat munosabati nol shaklli aniq nisbat bilan ifodalangan; o‘qituvchi bolaga kitobni o‘qitdi gapida harakatning bevosita va bilvosita bajaruvchisi (o‘qituvchi bilvosita, bola esa bevosita bajaruvchi) farqlangan. Dovul chalindi gapida harakat bajaruvchisi noaniq, majhul. Demak, nisbati o‘zgarishi bilan fe’lning bajaruvchisida ham o‘zgarish yuz beradi. Nisbat kategoriyasi fe’lning bo‘sh subyekt valentligini to‘ldirib, muayyanlashtirib uni nutqqa moslaydi.
Hozirgi o‘zbek tilida fe’l nisbatining beshta ko‘rinishi ajratiladi: aniq nisbat, o‘zlik nisbati, orttirma nisbat, birgalik nisbati, majhul nisbat.
Aniq nisbat. Bu nisbatda subyektga munosabat nol shakl orqali ifodalanadi va shakl UGMsi «harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligini bildirish»dir: bildi, ko‘rdi, so‘radi, aytdi, (qaytdi) kabi. Bu nisbatdagi fe’l o‘timli (oldi) yoki o‘timsiz (uxladi) bo‘lishi mumkin.
Nol shakl UGMsida o‘zi mansub kategoriyaning mohiyatini boshqalariga nisbatan to‘laroq aks ettiradi. Ma’lumki, fe’lning barcha shakllarini ikkiga – kategoriya ichidagi shakllarning o‘zaro ziddiyatida aniq bir belgiga ega bo‘lgan belgili shakllarga (masalan, aniq nisbatdan boshqa nisbat shakllari) va bu ziddiyatda aniq belgiga ega bo‘lmagan shakllarga (masalan, aniq nisbat shakli) ajratish mumkin. Birinchi guruh shakllar o‘zlari mansub kategoriyaning UGMsidan aniq bir ko‘rinishni «xususiylashtirib» oladi. Ikkinchi guruh shakllarida xususiylashma noaniq bo‘ladi. Ikkinchi guruh shakllari (bizningcha, aniq nisbat) o‘zi mansub kategoriyaning umumiy namoyandasi bo‘ladi. Shuning uchun ular matn va sharoit talabi bilan boshqa shakllar ma’nosini ifodalashi, aniq nisbat ham belgisiz shakl sifatida boshqa nisbat shakllari o‘rnida bemalol qo‘llanaverishi mumkin. Yuqorida bunga aniq nisbatdagi fe’l (masalan, hayajonlanmoq)dan o‘zlik nisbati ma’nosi uqilib turishi misolida amin bo‘lgan edik.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish